I bob birikmalar. Ajralmaydigan birikmalar



Download 0,6 Mb.
bet5/21
Sana14.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#448687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR

PARCHIN MIXLI BIRIKMALAR
Parchin mixli birikmalardan turli injenerlik inshootlarida: kemalar, qozonlar, kranlar, ko’priklar va boshqalarda keng foydalaniladi. yengil qotishmalardan tayyorlangan konstrukstiyalarda va aviastiya soxasida parchin mixli birikmalardan keng ko’lamda foydalaniladi.
Parchin mixli birikmalar va ularni xisoblash usullari xaqida mazkur kitobning birinchi bobida ba’zi-bir ma’lumotlar keltirilgan. Xozir biz ularni umumlashtirib muxandislik tajribasida uchraydigan tomonlarini batafsil ko’rib chiqamiz.
Parchin mix (1-shakl, a) doiraviy ko’ndalang kesimli stilindrik sterjen 1 bo’lib, uning uchida qo’ndirma kallagi 2 bor. Parchinlash jarayonida stilindrik sterjenning chiqib turgan uchi qisqich 4 bilan boshqa, tutashtiruvchi kallak deb ataluvchi kallak 3 ga aylantiriladi (1-shakl, b).

a) b)
1-shakl.
Parchin mixlar kallaklarining shakli bilan farq qiladi. Yarim doiraviy kallakli parchin mixlar eng ko’p ishlatiladi (2-shakl, a). Detaldan kallaklarning chiqib turishiga yo’l qo’ymaslik xollarida yashirin kallakli parchin mixlar ishlatiladi (2shakl, b). Samolyotsozlikda va sanoatning boshqa tarmoqlarida maxsus tipdagi parchin mixlar (pistonlar) ishlatiladi (2-shakl, d).

a) b) d)
48-shakl.
Parchin mix uchun material sifatida, chokning vazifasiga va parchinlanadigan detallarning materialiga qarab, tarkibida ko’mir miqdori oz bo’lgan po’latlar (ST2 ST3), mis, alyuminiy va boshqalar ishlatiladi.
Detallarning parchin mix bilan biriktiriladgan joyi parchin mixli chok deyiladi. Bajaradigan vazifasiga qarab parchin mixlar quyidagicha bo’ladi:

  • mustaxkam choklar (2-shakl, a) – bu choklardan faqat mustaxkamlik talab qilinadi (balkalar, fermalar va boshqa muxandislik inshootlari);

  • jips choklar (2-shakl, b) – bu choklar mustaxkamligidan tashqari konstrukstiyalarning (rezervuarlar, bug’ qozonlari, stisternyalar) germetikligini ta’minlashi kerak.

To’la germetikli bo’lishi uchun chokka zarb beriladi (chekanka qilirshadi). Maxsus asbob – chekan bilan parchinlanadigan detalning chetining bir qismi ularning o’zaro siqilib turishi uchun cho’ktiriladi.
Parchin mixlarni joylashuviga qarab choklar bir qatorli va ko’p qatorli choklarga bo’linadi.
Parchin mixlar shaxmat tartibida yoki parallel qatorlar tarzida joylashtirilishi mumkin.
Parchin mixli birikmani xisoblashda eng avvalo tashqi berilgan kuch va uning ta’sirini aniqlash kerak bo’ladi. Ularni xisoblash parchin mix sterjening diametri yoki mixlar sonini aniqlashdan iborat.
Parchin mixli birikmani xisoblashda berilgan tashqi kuch xamma parchin mixlarga bir xil ta’sir qiladi va biriktirilayotgan detallar orasida ishqalanish kuchi yo’q deb tasavvur qilinadi.
Eng avvalo parchin mixning diametri tanlab olinadi va berilgan kuch ta’siriga bardosh beradigan parchin mixlar soni aniqlanadi. Ba’zan teskari masala xal qilinadi, ya’ni parchin mixlar soni tanlanadi, so’ngra berilgan kuchga bardosh beradigan parchin mix diametri xisoblanadi.
Hisoblash quyidagi formula orqali olib boriladi:
P  d 2  z к
4
bu erda Pparchin mixli chokka ta’sir etuvchi kuch; d parchin mix sterjenining diametri; z parchin mixlar soni; к parchin mix materialining kesilishga xisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishi.
Yuqoridagi formula orqali parchin mix sterjenining diametri topiladi va uni GOST ga muvofiq yaxlitlanadi. Qabul qilingan diametr, agarda yopishtirilayotgan detallarni eng kichik qalinligi  dan katta bo’lsa, u xolda bu sterjen tanasini ezilishga chidamliligi tekshiriladi.
Ezilish xodisasi ro’y bermasligi quyidagicha xisoblanadi p
эз  эз d z
ST2 va ST3 materiallar uchun эз  21002400 кг2 bo’lsa, va mabodo xaqiqiy м
kuchlanishlar qiymati ruxsat etilgan kuchlanishdan katta bo’lsa, u xolda xisoblashni qaytadan ko’rib chiqiladi. Bunda z ning qiymatini o’zgartirishga to’g’ri keladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish