Beruniy (973-1048)
ta’kidlashicha, tabiat 5 ta elementdan:
bo’shliq, havo, olov, suv va tuproqdan yaratilgan. U
Ptolomeyning
Yer
olamning
markazi
bo’lib,
u
harakatlanmaydigan sayyoradir, degan ta’limotiga tanqidiy ko’z
bilan qaragan. Beruniy Yer quyosh atrifida harakatlansa ajab
emas, deb o’ylagan va u yumaloq shaklga ega degan. By dalillar
Beruniy Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining
tuzlishi asoslarini to’g’ri tasavvur qilganligidan darak beradi.
Beruniy “Hindiston” va “Geodeziya” nomli asarlarida yevropaliklardan taxminan 450 yil
oldinroq Yer kurrasining g’arbiy pallasida yaxlit bir quruqlik (keyinchalik Amerika deb
nomlangan qit’a) mavjudligini aytib o’tgan. Uning fikriga ko’ra, Yer yuzasida doimo
o’zgarish sodir bo’lib turadi. Jumladan, suvsiz joylardan asta-sekinlik bilan daryolar,
dengizlar paydo bo’ladi, ular ham o’z navbatida, joyini o’zgartiradi va hokazo.
Beruniyning biologiya sohasidagi fiklari ayniqsa qiziqarlidir. Uning mulohazasiga
ko’ra, hayvonlar, o’simliklarning rivojlanishi uchun Yerda sharoit cheklangan. Shu
sababli tirik mavjudotlar orasida yashash, cheksiz ko’payish uchun kurash boradi.
O’simliklar, hayvonlar o’rtasidagi kurash, ko’payish va nasl qoldirish uchun intilish tirik
mavjudotlar hayotining asosini tashkil etadi. Agar tevarak-atrof tabiati o’simliklar va
hayvonlarning biror turi bemalol urchishiga monelik ko’rsatmaganda edi, bu tur butun
Yer yuzasini egallagan bo’lar edi. Biroq bunday urchishga boshqa organizmlar monelik
ko’rsatadi va ular orasidagi kurash ko’proq moslashgan organizmlarni ro’yobga
chiqaradi. Beruniyning “Hindiston” nomli kitobida tabiat daraxtdagi eng baquvvat va
sog’lom novdalarning o’sishiga imkon beradi, qolganlarini esa kesib tashlaydigan
bog’bon kabi ish ko’radi, deb yozgan edi.
Beruniyning fikriga ko’ra, tabiatda hamma narsalar tabiiy qonunlarga bo’ysungan
holda yashaydi va o’zgaradi. U shunday degan edi: “Barcha harakatlar materiyaga
tegishlidir. Materiyaning o’zi jismlar shaklini vujudga keltiradi va o’zgartiradi.
Binobarin, materiya – yaratuvchidir”. Olim tabiatda go’yo sirli bir kuch bor, deb o’ylash
va unga ishonish tabiat qonunlarini bilmaslikdan kelib chiqadi, deb taxmin qilgan.
Anomal rivojlangan organizmlar, masalan, bir ko’zli echki, ikki tumshuqli jo’ja, bir-
biriga yopishib qolgan hayvonlar tug’ilishi va shunga o’xshash tabiat hatolari
yaratuvchisiz ro’y beradi, deb tushintiradi. Shu bilan bir qatorda Beruniyning ayrim
fikrlari hatodan holi emas edi. Masalan, u xudo tabiat hodisalarining dastlabki sababchisi
va yaratuvchisidir, deb yozgan edi. U tirik tabiatning tarixiy rivojlanishini aniqlamagan.
Shuning oqibatida o’z asarlarida asalarilar o’simliklardan, qurtlar go’shtdan, chayonlar
anjirdan paydo bo’lgan, deb faraz qilgan. Beruniy fiklaridagi bunday qarama-qarshiliklar
o’sha davrdagi fanning rivojlanish darajasi, diniy g’oyaning hukmronligi, ijtimoiy-
iqtisodiy shart-sharoit bilan izohlanadi.
O’rta Osiyoning mashhur olimi
Do'stlaringiz bilan baham: |