I bob bino va inshoat kadastri



Download 0,81 Mb.
bet4/5
Sana27.06.2022
Hajmi0,81 Mb.
#710256
1   2   3   4   5
Bog'liq
Toshkent shaxar Shayxontohur tumani bino va inshoatlar kadastri

BINOLAR VA INSHOOTLAR
KADASTRI TARKIBI, MAZMUNI

12. Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter ma’lumotlaridan iborat bo`ladi.


13. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an’anaviy (kadastr daftarida ro`yxatdan o`tkazish, kadastr rejasiga kiritish), ham avtomatlashtirilgan (ma’lumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda amalga oshiriladi.
14. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich - binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xo`jalik va arxitektura-qurilish maqomi to`g`risida ma’lumotlar to`plash va kadastr daftarida ro`yxatdan o`tkazish;
2-bosqich - ob’ektlarni chizmada joylashtirib kadastr rejasini tuzish;
3-bosqich - oldingi bosqichlarda olingan ma’lumotlarni hisobga olgan holda ma’lumotlar kompyuter bazasini yaratish.
15. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari tumanlar, shaharlar bo`yicha tuziladi, ularning hududi hisobga olish uchastkalariga bo`linadi.
Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastrga oid bo`linishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud shahar, qo`rg`on chegaralarini hisobga olish uchastkalariga bo`lishni bildiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasiga, viloyatlarga, Toshkent shahriga, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish uchastkalariga yagona tizim bo`yicha kadastr kodi (raqami) beriladi.

BINOLAR VA INSHOOTLAR
DAVLAT KADASTRINI YURITISh
16. Binolar va inshootlarning kadastr yig`majildi ma’lumotlari binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlarining asosini tashkil qiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrida ma’lumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida ularning qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular bo`yicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga olinadi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda kadastr daftarida binolar va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo`lishi, boshqa shaxsga o`tishi, cheklanishi va to`xtatilishi) to`g`risidagi, shuningdek ob’ektni tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar qayd еtiladi.
Maxfiylik rejimiga еga bo`lgan binolar va inshootlar to`g`risidagi ma’lumotlar maxsus kadastr daftarida qayd еtiladi, ushbu daftarni yuritish xususiyatlari va mazkur ob’ektlarni ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha ma’lumotlardan foydalanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
17. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda binolar va inshootlarning huquqiy, xo`jalik va arxitektura, qurilish maqomi to`g`risidagi ma’lumotlar kadastr daftariga ilovaga muvofiq kiritiladi.
Binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning mulkiy huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu huquqlarning paydo bo`lish asoslari va muddatlari, ularning to`xtatilish muddatlari, mulkiy huquqlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu ob’ektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari to`g`risidagi ma’lumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati to`g`risidagi ma’lumotlar hisoblanadi.
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu ob’ektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari, ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va boshqa ma’lumotlar binolar va inshootlar xo`jalik maqomining asosini tashkil еtadi.
Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, shaharlarning bosh rejalariga, aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), еgallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi to`g`risidagi va boshqa texnik ma’lumotlar binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi hisoblanadi.
18. Kadastr ma’lumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi boshqa ma’lumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.
19. Har bir bino va inshoot kadastr daftariga muayyan kadastr raqami ostida yozib qo`yiladi.
20. Kadastr daftaridagi yozuvlarni tuzatishga yoki to`ldirishga yo`l qo`yilmaydi. Agar kadastr daftariga yozilgan ma’lumotlarni o`zgartirish yoki to`ldirish zaruriyati paydo bo`lsa, u holda ilgarigi yozuvlar bekor qilinadi va ob’ekt to`g`risidagi yangi ma’lumotlar bilan aynan shu kadastr raqami ostida to`ldiriladi
21. Mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar to`plangach va ro`yxatidan o`tkazilgach bino yoki inshoot kadastr rejasida belgilanadi. Kadastr rejasi xaritalar va rejalarning 1:100 dan 1:10000 gacha bo`lgan masshtab qatoridan iborat bo`ladiki, bu ro`yxatdan o`tkaziladigan ob’ektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining ko`rgazmali chizma belgilanishini ta’minlaydi.
22. Bino va inshootlar ma’lumotlari asosida tuman, shahar geofondlari yuritiladi. Tuman, shahar geofondlari - binolar va inshootlarning topografiya-geodeziya, kartografiya, mahandislik-geologiya, gidrogeologiya, еkologiya, sanitariya-gigiyena, sotsiologiya, loyihalash-rejalashtirish, tarixiy-madaniy, stixiyali ofatlar va texnogen falokatlari, texnik inventarizatsiyalanganligi va pasportlashtirilganligi, mikroseysmik rayonlashtirilganligi va seysmik turg`unligiga oid zamonaviy va tarixiy geoaxborot ma’lumotlari omboridir.

23. Tuman, shahar binolari va inshootlari to`g`risidagi kadastr ma’lumatlarining kompyuter bazasi tuman, shahar binolari va inshootlarining kadastr daftariga kiritilgan ma’lumotlari asosida tuziladi.


Binolar va inshootlar to`g`risidagi kompyuter ma’lumotlari Qorqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo`yicha yilning har choragida umumlashtiriladi va bir tizimga solinadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining binolar va inshootlar to`g`risidagi kompyuter kadastr ma’lumotlari asosida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha binolar va inshootlar to`g`risidagi kadastr ma’lumotlarining bir tizimga solingan kompyuter bazasi shakllantiriladi.
Ma’lumotlarning kompyuter bazasi binolar va inshootlarni klassifikatsiyalashning quyidagi belgilar bo`yicha ob’ektlarning guruhlari bo`linishi asos qilib olinadigan yagona tizimi bo`yicha shakllantiriladi: binolar va inshootlarning maqsad yo`nalishi, mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda, shuningdek qurilish-texnik tavsiflari bo`yicha hududiyligi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi.
24. Binolar va inshootlarning 31 dekabrdagi holati bo`yicha kadastr ma’lumotlari "Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasi tomonidan har yili tumanlar, shaharlar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va O`zbekiston Respublikasi bo`yicha nashr еtiladi.



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish