*)Strelkalar bilan kadastr axboroti harakati yo‘nalishlari belgilangan.
5-rasm. Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish sxemasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kompyuter kadastr ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarining bir tizimga solingan kompyuter bazasi shakllantiriladi.
Ma’lumotlarning kompyuter bazasi binolar va inshootlarni klassifikatsiyalashning quyidagi belgilar bo‘yicha obyektlarning guruhlari bo‘linishi asos qilib olinadigan yagona tizimi bo‘yicha shakllantiriladi:
- binolar va inshootlarning maqsad yo‘nalishi;
- mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlari;
- qurilish-texnik tavsiflari;
- hududiyligi;
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi.
Binolar va inshootlarning yilning 31 dekabr holati bo‘yicha kadastr ma’lumotlari Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan har yili tumanlar, shaharlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha nashr etiladi.
Bino va inshootlar davlat kadastrini tuzish va foydalanish tartibi:
1. Turar uy-joy, bino va inshootlarning mulkdorlari foydalanuvchilari o‘zlariga mulkiy huquq bilan tegishli bo‘lgan obyektlar bo‘yicha kadastr axborotlarini Tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmatlariga taqdim etadilar.
2. Tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari obyektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan turar-joy, bino va inshootlar bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi, o‘z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, ular bo‘yicha kadastr axborotlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga beradi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari yer uchastkalari, bino va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni ma’lumotlar bazasiga kiritib ularni Davyergeodezkadastr qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasiga beradi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari so‘rov bo‘yicha Davyergeodezkadastr qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan yer uchastkalari, bino va inshootlar bo‘yicha axborotlarni olishi mumkin.
5. DKYATdan foydalanuvchilar so‘rov bo‘yicha Davyergeodezkadastr qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan yer uchastkalari, bino va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |