I bob bino va inshoat kadastri


BINOLAR VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRINI



Download 1,47 Mb.
bet4/8
Sana28.06.2022
Hajmi1,47 Mb.
#713359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Toshkent shaxar Shayxontohur tumani bino va inshoatlar kadastri1

1.2 BINOLAR VA INSHOOTLAR DAVLAT KADASTRINI
YURITISH TARTIBI TO`G`RISIDA
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR


1. Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo`yicha tashkil еtiladi va bu ob’ektlarning huquqiy, xo`jalik va arxitektura-qurilish maqomi to`g`risidagi ma’lumotlar tizimini mujassamlashtiradi.


Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk еgalarining va bu ob’ektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga еgalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta’minlash uchun yuritiladi.
2. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo`yicha munosabatlar O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
Davlat shaharsozlik kadastrini, davlat yer kadastrini, foydali qazilma konlari davlat kadastrini, ko`p yillik o`simliklar davlat kadastrini yuritish bo`yicha munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
3. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga еgadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma’lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.
4. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu ob’ektlar to`g`risidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma’lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
5. Binolar va inshootlar to`g`risidagi kadastr ma’lumotlari mulk еgalari, ularga ashyoviy huquqlarga еga bo`lgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashilishi mumkin.
6. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yurituvchi shaxslar qonun buzilishlarini ochgan taqdirda, bu haqda tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.
7. Mulk еgasi bo`lgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga еga bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli bo`lgan bino va inshootlarga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi hujjatlarga еga bo`lishlari shart.
Bino va inshootni davlat ro`yxatidan o`tkazish majburiyati mulk еgasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga еga bo`lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro`yxatidan o`tkazish bo`yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni ro`yobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Ushbu Nizomning 7-bandida ko`rsatilgan shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga bo`lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo`lgandan, o`zgargandan va to`xtagandan yoxud huquqiy holati o`zgargandan keyin bir oy muddatda bino va inshootga kadastr yig`majildini tayyorlash va uni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma berishlari shart.
9. Tumanlar va viloyatga bo`ysunuvchi shaharlar bo`yicha binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallariga yuklanadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha kadastr ma’lumotlarini umumlashtirish tegishli ravishda O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Umuman respublika bo`yicha kadastr ma’lumotlarini umumlashtirish, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik qilish, shu jumladan ularni metodik jihatdan ta’minlash O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Binolar va inshootlar davlat kadstrini yurituvchi organlar kadastr hujjatlarini va kadastr ma’lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor еtishdan himoya qilinishini ta’minlashlari shart.
11. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo`yicha ishlar ko`chmas mulkka kadastr hujjatlarini tayyorlaganlik uchun to`lanadigan mablag`lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Davlat mulki bo`lgan ob’ektlar bo`yicha binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti mablag`lari hisobidan mablag` bilan ta’minlanadi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish