I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Paketlar va ularning tuzilishi



Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/115
Sana30.03.2022
Hajmi5,34 Mb.
#519514
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
tarmoq texnologiyalari (1)

 
4.4. Paketlar va ularning tuzilishi 
 
Mahalliy hisoblash tarmoqlarda axborot odatda, alohida qism, boʻlaklarda 
uzatiladi, ularni turli manbalarda turlicha paket, kadr yoki bloklar deb ataladi. 
Paketlarni ishlatilishining asosiy sababi shundan iborat, tarmoqda odatda bir 
vaqtning oʻzida bir necha aloqa seansi amalga oshiriladi («Shina» va «halqa» 
topologiyalarida), yaʻni turli juft abonentlar oʻrtasida bir vaqt oraligʻida ikki va 


69 
undan ham ortiq axborot uzatish jarayoni kechishi mumkin. Faqat paketlargina 
axborot uzatayotgan abonentlar oʻrtasida tarmoq vaqtini taqsimlay olishi mumkin.
Agarda hamma zarur axborot birdaniga uzluksiz, paketlarga boʻlinmasdan 
uzatilganda edi, bu holda uzoq vaqt davomida bir abonent tomonidan tarmoq 
vaqtini butkul ravishda egallab turishga olib kelar edi. Boshqa hamma abonentlar 
barcha axborot uzatilib boʻlishini kutishga majbur edi, qator hollarda oʻnlab 
sekundlar va hatto minut zarur boʻlar edi (masalan, qattiq diskda yozilgan barcha 
axborotni koʻchirish uchun). Abonent huquqlarini birdek qilish uchun, shuningdek, 
tarmoqqa bogʻlanish vaqtini taxminan tenglashtirish uchun va barcha abonentlar 
uchun axborot uzatishning integral tezligini tenglashga aynan paketlardan (kadrlar) 
foydalaniladi. Paket uzunligi tarmoq turiga bogʻliq, lekin u odatda bir necha oʻnlab 
baytdan to bir necha kilobaytgacha tashkil topgan boʻlishi mumkin. Yaʻni muhimi 
shuki, katta axborot massivi uzatilayotganda toʻsiq va uzilishlar sababli xato qilish 
ehtimoli yuqoridir. Masalan, mahalliy tarmoqlarga xos boʻlgan bittali xato boʻlish 
ehtimolining kattaligi 10 -8 ni, paket uzunligi 10Kbit boʻlgan 10 -4 xatolikka yoʻl 
qoʻyilishi ehtimoli bilan, 10 Mbit uzunlikdagi massiv esa 10 -1 ehtimoli bilan 
uzatiladi. Shuningdek, bir necha megabaytli massivda xatolikni topish bir necha 
kilobaytdan tashkil topgan paketda xotolik topishga qaraganda ancha murakkab. 
Xato topilganda butun massiv axborotini qaytadan uzatish kerak boʻladi, bu esa 
ixcham paketni uzatishga qaraganda bir muncha murakkabdir. Katta massiv 
axborotni qaytadan uzatganda yana xatolikka yoʻl qoʻyish ehtimoli yuqoridir va bu 
jarayon katta massiv boʻlsa cheksiz davom etishi mumkin. Boshqa tomondan olib 
qaraganda, baytlab (8 bit) yoki soʻzlab (16 bit yoki 32 bit) axborot uzatishga 
qaraganda, paketlab axborot uzatish afzalliklarga ega, yaʻni tarmoqdan foydali 
axborot oʻtishi orqali, xizmatchi axborotlarni kamayishi hisobiga erishiladi. Bu bir 
necha baytga ega boʻlgan uzunliklardagi paketlarga ham taalluqlidir. Chunki 
tarmoqdagi uzatilayotgan har bir paket tarkibida albatta tarmoqda axborot 
almashinuviga tegishli boʻlgan, shuningdek, bitlar bor (axborot almashinuvini 
boshlash biti, manzil bitlari, paket turi va nomerini koʻrsatuvchi bitlar va hokazo).


70 
Kichik paketlarni tarmoqdan uzatilganda xizmatchi axborotlarning nisbati 
keskin oshib boradi, bu vaziyat tarmoq abonentlari oʻrtasidagi axborot 
almashinuvining integral tezligini (oʻrtacha) kamaytirishga olib keladi. 
Paketlarning qandaydir optimal uzunligi mavjud (yoki paketlar uchun optimal 
uzunlik oraligʻi), bunday paketlar tarmoq orqali uzatilganda tarmoqning oʻrtacha 
tezligi maksimal darajasiga etadi. Bu uzunlik oʻzgarmas uzunlik emas, u axborot 
almashinuvini boshqarish usuliga, tarmoqdagi abonentlar soniga, uzatilayotgan 
axborot koʻrsatkichlariga va bundan tashqari koʻp faktorlarga bogʻliq.
Paketning tuzilishi, avvalambor, tarmoqdagi barcha qurilmalar xususiyatiga, 
tanlangan tarmoq topologiyasiga va axborot uzatish muhitining turiga, shuningdek, 
sezilarli darajada ishlatiladigan protokolga bogʻliqdir (axborot almashinuvining 
tarkibi). Xulosa qilib aytganda har bir, tarmoqda paket uzunligi oʻzgachadir. Lekin 
paket uzunligini aniqlashning qandaydir umumiy prinsiplari mavjud, bu har 
qanday mahalliy tarmoqdagi axborot almashinuvining xususiyatlaridan kelib 
chiqadi. Koʻpincha paket tarkibi asosiy maydon qismlaridan tashkil topadi (4.4-
rasm): 
4.4-rasm. Paketning koʻp tarqalgan tuzilishi. 

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish