I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari



Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/115
Sana08.06.2022
Hajmi5,34 Mb.
#644500
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115
Bog'liq
I bob. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

 
Apple Talk protokoli 
Apple Talk protokoli Apple Computer kompaniyasining mulki boʻlib, u 
Makintosh kompʻyuterlari bilan aloqa oʻrnatish uchun yaratilgan. TCP/IP kabi 
Apple Talk ham protokollar toʻplamidan iborat boʻlib, ulardan har biri ISO/OSI 
modelining har birining ishi uchun javobgardir.
TCP/IP va IPX/SPX protokollaridan farqli Apple Talk protokoli jismoniy va 
kanal bosqichlarini oʻzi ijro etadi. 
6.3. IPv4 va IPv6 protokoli 
IPv4 protokoli 
IPv4 protokoli oʻtgan asrning 70-yillarida ishlab chiqilgan. 232 ta manzillarini 
taqdim eta olish imkoniga ega boʻlgan bu protokol bir qancha kamchiliklarga ega. 
Eng asosiysi, manzillar soni barcha ehtiyojlarni qondirish uchun kamlik qiladi. 
Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari ushbu protokolda koʻrib chiqilmagan. 
 
IPv4 paketlar formati 
IPv4 paketlar formati 6.5-rasmda koʻrsatilgan. Sarlavha maydonlarining 
funksional vazifasi quyidagilardan tashkil topgan: Versiya maydoni (Version) 
mazkur tarmoqlararo protokol versiyasini koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda protokolning 


145 
4-versiyasi bilan birgalikda (yaʻni 0100 maydonida) protokolning 6-versiyasidan 
(yaʻni 0110 maydonida) foydalanish boshlanadi. Sarlavha uzunligi maydoni 
(Header Length) tarmoqlararo diagramma sarlavhasining 32 razryadli soʻzlardagi 
uzunligini koʻrsatadi. Eng kam (minimal) uzunlik — beshta soʻz, eng katta 
(maksimal) uzunlik — 32-razryadli soʻzlardan oʻn beshtasi. Servis turi maydoni 
(Type of Service) xizmat koʻrsatishning talab etiladigan sifati parametrlarini 
koʻrsatadi. Ustuvorlik esa, har bir deytagrammaga ustuvorlik kodini berish orqali 
paketlarni uzatilishida unga ustunliklar beradi. Bitlar: 12 — D (delay) — 
kechikish, 13 — T (throughput) — samaradorlik (oʻtkazish qobiliyati), 14 — R 
(reliability) — ishonchlilik, S (cost) — narxi. 
Paketning toʻliq uzunligi maydoni (Total Length) deytagrammaning sarlavha 
va foydali ish yuki bilan birga, oktet(bayt)lardagi umumiy uzunligini belgilaydi. 
Paketning toʻliq uzunligi 65535 bayt (216-1 65 535)gacha yetishi mumkin. 
Umumiy identifikator maydoni (Identification) tarmoqlararo deytagrammalar 
fragmentlarini 
yigʻish 
uchun 
moʻljallangan. 
Bayroq 
(Flag) 
maydoni 
deytagrammalarni 
fragmentatsiyalash 
imkoniyatini 
taʻminlaydi 
hamda 
fragmentatsiyadan 
foydalanishda 
deytagrammaning 
soʻnggi 
fragmentini 
identifikatsiyalash imkonini beradi. «Flaglar» maydonining 0 biti zahirada boʻlib, 1 
esa paketlarni fragmentatsiyasini boshqarish uchun xizmat qiladi (0 — 
fragmentatsiyalash ruhsat etiladi; 1 — taqiqlanadi), 2 biti mazkur fragment 
soʻnggisi yoki soʻnggisi emasligini aniqlaydi (0- soʻnggi fragment; 1 — davomini 
kutmoq lozim). 
Fragmentli 
siljitish 
maydoni 
mazkur 
fragmentning 
tarmoqlararo 
deytagrammadagi oʻrnini koʻrsatadi. Birinchi fragment nolga teng siljishga ega. 
Qandaydir sabablar natijasida ushlab (kechiktirib) qolingan paketlarni tarmoqdan 
bartaraf etish uchun sarlavhadagi yashash vaqti maydonida paket tarmoqda mavjud 
boʻlishi lozim boʻlgan vaqt koʻrsatiladi. 
Ushbu vaqt qiymati paketning tarmoq boʻylab qurilmalardan oʻtishi sayin 
kamayib boradi. U tamom boʻlganida, joʻnatuvchi tegishli ICMP-xabar bilan 
xabardor qilingan holda, paket yoʻq qilinadi. Bunday chora tarmoqni siklik 


146 
marshrutlardan va haddan tashqari ish bilan yuklashdan himoya qiladi. «Yashash 
vaqti» soniyalarda — koʻpi bilan 255 soniya (taxminan 4,3 daqiqa) etib beriladi 
[2]. 
6.5-Rasm. IPv4 paket formati 
Protokol turi (Protocol) maydoni foydalaniladigan yuqori sath (ICMP — 1, 
IGMP — 2, TCP — 6, UDP — 17) protokolini aniqlaydi. Sarlavhaning nazorat 
yigʻindisi maydoni (Header Checksum). Paketning manzil (manzil) qismi buzib 
koʻrsatilish ehtimolini kamaytirish va uning natijasi — uning aynan manzilga 
yuborilmasligi (va yoʻqolishi)ning oldini olish uchun, sarlavha paketi 2 bayt oʻrin 
egallaydigan va butun sarlavha boʻylab hisoblanadigan tekshirish ketma-ketligi — 
nazorat 
yigʻindisi 
bilan 
yuboriladi. 
Sarlavhada 
boʻlgan 
IP-manzillar 
(joʻnatuvchining IP-manzili (Source Address) qabul qilib oluvchining IP-manzili 
(Destination 
Address) 
tarmoq 
obyektlari 
— soʻnggi koʻrsatma va 
marshrutlashtiruvchilarning 32-bitlik identifikatorlari boʻlib xizmat qiladi. IP ning 
yordamchi koʻrsatkichlari maydoni (IP optsiyalari) (Options) — qoʻshimcha 
xizmatlar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. Oʻzgaruvchan uzunlikka ega va 
tarmoqlararo deytagrammada boʻlishi va boʻlmasligi mumkin. Toʻldiruvchi 
maydon (Padding) sarlavhani 32-razryadli chegaraga moslashtirish (toʻgʻrilash) 
uchun qoʻllaniladi. [2] 


147 

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish