I bob. Auto cad dasturi va qirqim turlari haqida


-§. Aksonometriyada qirqim bajarish



Download 7,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana20.02.2022
Hajmi7,64 Mb.
#461203
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
qirqim mavzusini tasvirlashda auto cad grafik dasturidan foydalanish usullari

1.4-§. Aksonometriyada qirqim bajarish 
Mashina detallarini yasash uchun shu detallarning ish chizmalaridan 
foydalaniladi. Lekin ish chizmasining asosiy kamchiligi shundaki, unda detalning 
ko`rinishlari alohida – alohida tasvirlanadi. Bu esa chizmaning o`qilishini 
qiyinlashtiradi. Shuning uchun amalda, detallarning ish chizmasi bilan birga uning 
ko`rgazmali tasviri ham beriladi. Yaqqol tasviri, ya`ni aksonometrik proyeksiya 
berilgan ish chizmalari tez va oson o`qiladi (45-shakl). 
Detallar, aynan kompleks chizmalardagidek, aksonometriyada ham qirqim 
berib tasvirlanadi 46-shakl, a da qirqimlarni shtrixlashning yonalishini aniqlash 
ko`rsatilgan. Buning uchun izometriya o`qlari yasaladi, O nuqtadan boshlab har qaysi 
o`qqa ixtiyoriy, lekin bir-biriga teng kesmalar o`lchab qo`yiladi; A, B va C nuqtalarni 
ketma-ket birlashtirib, teng tomonli uchburchaklik hosil qilinadi, shtrixlash chiziqlari 
shu uchburchaklik tomonlariga parallel qilib o`tkaziladi yoki gorizontal chiziqqa 
nisbatan 60
0
burchak ostida shtrixlanadi.
45-shakl 


45 
46-shakl 
47-shakl 
Qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiyada shtrixlashning yonalishini aniqlash 
uchun ham uchburchaklik chiziladi. Lekin, bu holda Y o`qqa X va Z o`qlarga 
qo`yilgan kesmaning yarmi o`lchab qo`yiladi (46-shakl, b). Aksonometrik 
proyeksiyalarda ikki usul bilan qirqimlar chizish mumkin. 


46 
1-usul. Avval narsaning to`la aksonometrik proyeksiyasi yasaladi, so`ngra 
qirqim beriladi va narsa tasvirining kuzatuvchi ko`zi bilan kesuvchi tekisliklar 
orasida joylashgan qismi olib tashlanadi. Bu 47-shakl, a va b larda ko`rsatilgan. 
2-usul. Narsaning berilgan kompleks chizmasi bo`yicha avval kesim 
shaklining aksonometrik proyeksiyasi chiziladi, so`ngra narsa tasvirining kesuvchi 
tekisliklar orqasida joylasgan qismi chiziladi. 48-shakl, a da berilgan chizma bo`yicha 
izometrik proyeksiyaning kesim shakli (48-shakl, b), 48-shakl, v va g da esa uning 
izometrik proyeksiyasi tasvirilangan, 48-shakl, d da izometrik proyeksiyani taxt 
qilish ko`rsatilgan. 
Ikkinchi usul aksonometrik proyeksiya chizisni birmuncha osonlashiradi, 
chizmada ortiqcha chiziqlar bo`lmaydi hamda narsa shakli va tasvirini o`rganish oson 
bo`ladi. Narsaning yaqqolligini ko`rsatish ucun uni shtrixlashda yorug`lik nuri 
narsaga o`ngdan va yuqoridan yoki chapdan va yuqoridan tushadi deb hisoblanadi. 
Yoritilgan sirtlar oralari bir-biridan uzoqroq bo`lgan ingichka chiziqlar bilan, soya 
tushadigan sirtlar esa bir-biriga yaqinroq chiziqlar bilan shtrixlanadi. 
Agar bo`ylam kesuvchi tekislikka detalning yupqa devori yoki qovurg`asi 
to`g`ri kelsa, u holda bu elementlarning yuzalari aksonometrik proyeksiyada (49-
shakl) shtrixlanadi, to`g`ri burchakli proyeksiyalarda esa shtrixlanmas edi Aylanish 
sirtlarni dimetrik proyeksiyada qaratasvirlash qulay bo`lishi ucun to`g`ri burchakli 
proyeksiyada bog`lab chizish shart emas, chunki ellips chizishga qaraganda aylana 
chizish qulayroq, 49-shakl, a da narsaning to`g`ri burchakli proyeksiyalari berilgan, 
uning qiyshiq burchakli dimetrik proyeksiyasini chizish qulay bo`lishi uchun 
balandligi (OZ o`qini) OY o`qiga almashtiriladi (49-shakl, b). Kesim yuzasining 
shtrixlanishi hamma dimetrik proyeksiaylar uchun bir xil.
Aksonometrik proyeksiyalarga qirqim berganda detalning yaqqolligiga katta 
e`tibor berish kerak, agar to`g`ri burchakli proyeksiayalar singari qirqim berilsa, 
daetalning yaqqoligi yoqoladi. Shuning uchun aksonometrik proyeksiayada qirqim 
berishda kesuvchi tekislikning qulay vaziyatini tanlash zarur. 


47 
50-shakl, a va b dagi chizmada qirqimlar o`zqro taqqoslangan, bunda 20-
shakl, b dagi qiriqm noqulay, ya`ni detalning yaqqolligi yoqolgan, 20-shakl, a da esa 
detalning yaqqolligi saqlangan holda qirqim berilgan. 
48-shakl 
49-shakl 


48 
49-shakl 
50-shakl 

Download 7,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish