I bob. Asosiy makroiqtisodiy modellar va ularning ahamiyati


O`zbekistonda makroiqtisodiy modellarni qo`llash bilan bog`liq muammolar va ularni hal etish yo`llari



Download 130,43 Kb.
bet13/15
Sana21.06.2022
Hajmi130,43 Kb.
#688249
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
I bob. Asosiy makroiqtisodiy modellar va ularning ahamiyati

O`zbekistonda makroiqtisodiy modellarni qo`llash bilan bog`liq muammolar va ularni hal etish yo`llari

O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida makroiqtisodiy kompleksda o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar mavjudki, Harakatlar strategiyasida ushbu muammolarni bartaraf etish ko‘zda tutilgan.
Bunday muammolarga milliy valyuta va ichki baholarning barqarorligi, valyuta kursining mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etishi, tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z ixtiyoridagi xorij valyutadan erkin foydalana olmayotgani, naqd va naqd pulsiz to‘lovlarda farqning mavjudligi, tijorat banklarining barqarorligi va moliyaviy holatini mustahkamlash, aholining banklarga bo‘lgan ishonchini oshirish kabilar iqtisodiy rivojlanishga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda bu borada qator chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilmoqda.
2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
Makroiqtisodiy tahlilda matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishidagi makroiqtisodiy modellardan foydalaniladi. Iqtisodiyotdagi barcha muammolarni o‘rganish imkonini beradigan yagona model mavjud emas. Shuning uchun ham makroiqtisodiy tadqiqotlarda o‘zaro bir birini to‘ldiradigan ko‘pgina modellardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tizimni boshqarishdan maqsad o‘zgaruvchan sharoitda faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektning oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishishni ta’minlashdan iboratdir. Bu o‘z navbatida ob’ektning kerakli tuzilmasini yaratish va uning faoliyat ko‘rsatishini tashkil qilishdan iboratdir.
Iqtisodiy ob’ektning tuzilmasini va uning qanday faoliyat ko‘rsatishini boshqaruv tizimi aniqlaydi. Iqtisodiy ob’ektni tashkil qilishda uning boshqaruv sohasiboshqarilish ob’ekti (BO), boshqariluvchi elementlarining to‘plami – boshqariluvchi tizim (BT) bo‘ladi. BO va BT o‘z faoliyatlarini birgalikda axborot bog‘liqliklari orqali amalga oshiradi.
Boshqarish jarayoni o‘zaro yaqin bog‘langan ikki bosqichdan iboratdir.
Birinchisi boshqarish dasturini yaratish va ikkinchisi boshqarishni amalga oshirish. Iqtisodiy ob’ektning murakkab dinamik tizimi ierarxik ko‘rinishda bo‘ladi.
Iqtisodiy tizimlarni boshqarishda ikki turdagi modellar mavjud:
a) boshqariladigan ob’ekt modeli.
Bu model mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni ifodalaydi;
b) boshqaruv jarayoni modeli, bu axborotlar xarakati va ularni qayta ishlash asosida qarorlar qabul qilishdan iboratdir.

Download 130,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish