I-bob. Antibiotiklar haqida umumiy tushuncha Antibiotiklar va ularning tarixi


II-bob.Antibiotik sintezlovchi mikroorganizmlar



Download 42,61 Kb.
bet4/10
Sana07.07.2022
Hajmi42,61 Kb.
#754456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi antibiotiklar 2

II-bob.Antibiotik sintezlovchi mikroorganizmlar
2.1. Aktinomitsitlar sintez qiladigan antibiotiklar
Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng ko‘p sonli antibiotiklar, demak sanoatda ishlab chiqariladigan, aktinomisetlar xosil qiladigan biologik faol moddalarga kiradi. Bu antibiotik moddalar turli xil kimyoviy tuzilishga va keng spektrli biologik ta’sirga ega bo‘lgan bir qancha gurux birikmalardan iborat: 1-gurux. Aminoglikozidlar. Bu gurux aktinomisetlar antibiotiklari molekulasida glikozid bog‘i bor moddalardir: streptomisin, Streptomyces griseus xosil qiladi. Streptomyces fradiae, Str.albogriseolus lar ishlab chiqaradigan neomisinlar; Str.kanamyceticus sintezlaydigan kanamisinlar; Micromonospora purpurea ishlab chiqaradigan gentomisinlar; Micromonospora olivoasterospora sintezlaydigan fortimisin; Saccharopolyspora hisuta subsp.kobensis sintezlaydigan sporarisin, Str.sannanensis sintezlaydigan sannamisinlar va boshqa bir qancha moddalar. Kanamisin - streptomisinga nisbatan Mycobacterium tuberculosis larga ta’siri bo‘yicha bir qadar faol bo‘lib, tuberkulyozga qarshi antibiotik xisoblanadi. 1972 yil kanamisinning kimyoviy modifikasiyalangan varianti - amikasin olindi. Bu polisintetik antibiotik kanamisin, gentamisin va qator aminoglikozidlarga rezistentli bo‘lgan patogen bakteriyalarning o‘sishini to‘xtatadi. Fortimisinlar - dastlab 1976 yili Xirosima (ßponiya) shaxri tuproqlaridan Micromonospora olivoasterospora kulüturasidan ajratilgan bo‘lib, fortimisin A va fortimisin V kabi antibiotiklar grammanfiy patogen bakteriyalarni o‘sishini to‘xtatadi. 2-gurux. Tetrasiklinlar- ushbu antibiotiklariga: xlortetrasiklin-Streptomyces aureofaciens xosil qiladi; Str.rimosus kulüturasi sintez qiladigan oksitetrasiklin; Str.aureofaciens ning ma’lum shtammlari ishlab chiqaradigan tetrasiklin olingan. Tabiy xolda tetrasiklinlar xosil qiladiganlarni kimyoviy modifikasiya qilish orqali antimikrob xususiyati o‘zgargan antibiotik preparatlar olish imkoniyati aniqlandi. Masalan, oksitetrasiklin molekulalarini modifikasiyalab yangi antibiotiklar metasiklin (rondomisin) va doksisiklin, 6-metiltetrasiklinning molekulasi o‘zgartirilish natijasida esa- minosiklin olingan. Biologik va kimyoviy sintez birlashmasi natijasida olingan bu yangi antibiotiklar odatdagi tetrasiklinga chidamli bir qancha mikroorganizmlarni o‘sishini to‘xtatish qobiliyatiga ega. 3-gurux. Aktinomisinlar - antibiotik aktinomisinlar katta (yuzdan ortiq preparatlar) gurux bo‘lib, kimyoviy tuzilishi jaxatidan bir biriga yaqin 20 dan ortiq tur 79 aktinomisetlar, jumladan Streptomyces antibioticus, Str. chrysomallus, Str.flavus xosil qiladigan moddalardir. Aktinomisinlar kimyoviy tuzilishi bo‘yicha xromopeptidlarga kiradi, bu antibiotiklar uchun umumiy bo‘lgan fenoksazin xromofor guruxli va ikkita polipeptiddan iborat. Xar bitta polipeptid tarkibiga lakton sikli kiradi, buning uzilishi preparatni biologik faolligini yo‘qotishga olib keladi. Aktinomisinlarning xilma-xilligi polipeptidlar molekulasi tarkibiga kiradigan aminokislotalarni xilma-xilligiga bog‘liq. Bu guruxga kiradigan antibiotiklarning muxim xususiyati ayrim aktinomisinlar rak xosil qiluvchi xujayralar rivojini to‘xtatish qobiliyatiga egaligidir. 4-gurux. Makrolidlar - bir qancha sonli birikmalarni birlashtiradi, shular ichida eng muximlari eritromisin, magnamisin, oleandomisin va boshqalar. Biologik ta’siri bo‘yicha makrolidlarni ikki guruxga bo‘lish mumkin: grammusbat bakteriyalarning taraqqiyotini to‘xtatuvchi antibiotiklar va zamburug‘larga qarshi faollikka ega, bakteriyalarga kam ta’sir qiladigan antibiotiklar. Birinchi guruxga: Str.erythreus xosil qiladigan eritromisin, oleandomisin (Str.antibioticus sintezlaydigan), Str.halstedii kulüturasidan ajratilgan magnomisin va boshqalar; Ikkinchi guruxga: Str.filipensis sintezlaydigan filipin, Str.notalensis dan olingan pimorisin va boshqalar. Antibiotik -makrolidlar penisilin, tetrasiklin va streptomisinga chidamli bakteriyalarning o‘sishini to‘xtatadi. 5-gurux. Anzamisinlar - bunga kiruvchi antibiotiklarni aktinomisetlar, nokardiyalar, ayrim tur yuksak o‘simliklar sintezlaydi. Bu gurux antibiotiklar o‘zining nomini molekulasining xarakterli to‘zilishidan olgan. Guruxdagi birikmalar aromatic yadroga u bilan bog‘langan makrosiklik alifatik bog‘ga ega, uni anza- bog‘ deb aytiladi (anda-lotinchada qalam degani). SHuni aytib o‘tish kerakki, anzamisinlarning makrolid antibiotiklardan farqi ularni lakton bog‘iga ega emasligidir. Anzomisinlar, bakteriyalarga nisbatan ayrim viruslarga va birqancha eukariotlarga biologik ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lum tabiiy anzomisinlar ichida quyidagilarni aytish mumkin: streptovarisinlar (Str.spectabilis kulüturasi xosil qiladi); rafomisinlar (Nocardia mediterranea, Micromonospora ning ayrim turlari xosil qiladi); tolipomisinlar (Str.tolypophorus sintezlaydi); galamisinlar (Micromonospora halophytica sintezlaydi); maytanzinoidlar (Nocordia va ayrim o‘simliklar turlari sintezlaydi: Mautenis, Colubrina); naftomisin Str.collinus sintezlaydi; gelüdanamisin (Str.hygroscopicus xayot faoliyatidagi maxsulot) va boshqalar. Eng katta amaliy qiziqishga ega rafamisinlardir, bular juda katta guruxni tashkil qiladi (mingga yaqin), tabiiy va yarim sintetik preparatlardir. Bu anzamisinlar ichida rafamisin SV (rifosin); rifampisin va rifamid keng spektr ta’sirga ega antibiotiklardir, bular tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Rifampisin klinikada tuberkulyozga qarshi qimmatli preparat sifatida qo‘llaniladi. Bu antibiotik bakteriya DNK siga bog‘liq bo‘lgan RNK-polimerazani sintezini to‘xtatadi. Novobiosin. Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklardan muxim amaliy axamiyatga ega bo‘lgan novobiosinni albatta aytib o‘tish lozim bo‘ladi. Bu antibiotikni Streptomyces spheroides kulüturasidan olingan. U grammusbat va ayrim grammanfiy baktriyalarni o‘sishini to‘xtatadi. Antibiotikni muxim xususiyati penisillinga, streptomisinga, eritromisinga, tetrasiklinga, neomisinga chidamli bakteriyalarni o‘ldiradi. Novobiosin pnevmoniyaning turli xil shakllarini davolashda, enterokokklarga, flegmon, anginalarga va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ishlatiladi.

Download 42,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish