I bob. Adabiyotlar sharhi



Download 0,81 Mb.
bet1/6
Sana10.12.2019
Hajmi0,81 Mb.
#29206
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fenol formaldeg

Fenol formaldegid smolasini olish va xossalarini o’rganish
Mundarija

KIRISH

I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI

1.1. Konfigurasion va konformasion izomeriyalar…………………………7

1.2. Polimerlar eritmalari nazariyasi……………………………………….16

1.3. Polimerlarning bo’kishi……………………………………………….19

1.4. Polimer eritmalarini tayyorlash va tozalash…………………………...25

1.5. Amino-aldegid smolalarini olish va xossalarini o’rganish.....................27

1.6. Plyonka hosil qiluvchi smolalarga erituvchilar tanlash .........................33

II BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI

2.1. Smolalarni tozalash va erituvchi turiga qarab plyonka hosil qilish xususiyatini o’rganish...........................................................................................35

2.2. Fenolformaldegid smolalarini sintezlash usullari va fizik-kimyoviy xossalari.................................................................................................................37

2.3. Plyonka hosil qiladigan erituvchilarni tanlash va smolalar olish texnologiyasini o’rganish......................................................................................43

2.4. Olingan smolalarni fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish usullari...........48

III BOB. TAJRIBA QISMI

3.1. Fenolning formaldegid bilan polikondensatlanishi (novolok smolasini hosil bo’lishi ..................................................................................................................50

3.2. Fenolning formaldegid bilan polikondensatlanishi (rezol smolasini hosil bo’lishi ..................................................................................................................50

3.3. Smola va plyonka olish uchun erituvchilar tanlash....................................51

3.4. Polikondensasiya va etirifikasiya reaksiyalarining tezligi hamda monomerlar miqdorining muqobil sharoitlarini o’rganish.........................................................54

XULOSA...............................................................................................................59

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.............................................................60


KIRISH
Hurmatli prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida “Mamlakatimizni modernizat-

siya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimizdir” mavzusida fikrlarini bayon etdilar.

Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyatida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlarni, qulay investission muhitini shakllanti-

rish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, bank moliya tizimini rivojlantirishni normativ huquqiy jihatdan ta`minlash masalalari alohida o`rin egalladi.

Iqtisodiy islohatlarni qonuniy jihatdan ta`minlashga yo’naltirilgan bir qator tadbirlar 2009-2012-yillarga mo’ljallangan, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirilishiga qaratilgan inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalgam oshirishni huquqiy ta`minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O’zbekiston iqtisodiyotning barqaror o’sish sur`atlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini beradi [1].

Uzoq muddatli istiqbolga moljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatboshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish, bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infra tuzilma kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat.

Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi huquq hamda vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalasi ustuvor yo’nalishga aylanishi zarur [2].

Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 2010-yilda o’z oldimizga qo’yayotgan yuksak maqsad, vazifa va rejalar qanday og’ir bo’lmasin, bularning barchasi, avvalo mamlakatimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoriga chiqishi yangi qadamdir.

Sintetik smola eritmasidan plyonka hosil qilishda mochivena va melaminformaldegid, epoksid, akrilat moddalaridan foydalanib sintezlanadi. Melaminformaldegid, fenol formaldegid va mochivenadan olingan smolalardan tayyorlanadigan plyonkalarni ishlab chiqarish va ularni fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish katta ahamiyatga egadir. Respublika kimyo sanoati potinsialining dunyo bo’yicha mavqiyi yuqori bo’lishiga qaramasdan, mebellar uchun yuqori sifatli laklar ishlab chiqish va avtomobil emallarini ishlab chiqarishga bo’lgan talab yil sayin oshib bormoqda.

Bir qancha mamlakatlarda mochevina,akrilonitril, akrilatlar bilan bir qancha aldegidlar, furfurol, furil spirti, furanlar yordamida lak va emallar ishlab chiqarilmoqda.

Hozirgi vaqtda texnologik ishlab chiqarishda yuqori sifatli lak va emallar ishlab chiqarish uchun mochevina, formaldegid yoki furfurol, turli xil modifisirlangan spirtlarining miqdorlarini turlicha olib, har xil smolalar tayyorlanmoqda [15].

Doimo shu muommoni hal qilish maqsadida kimyoviy ishlab chiqarish labaratoriyalari va korxonalari turli xil yangi smolalarni sintezlab uni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq qilmoqda.

,,O’zkimyosanoat’’ aksionerlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy smolalar formaldegid, metanol, melamin geksometilentetramin, monoxlor sirka kislota asosida ishlab chiqariladi. Bu ishlab chiqarilgan smolalarni jahon miqyosida eksport va import qilish uchun, jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqish hozirgi kunda asosiy masalalardan biri bo’lib kelmoqda.

Smolalar va ularning modifikatsiyalari to’g’risida ilmiy ishlar va maqolalarning ko’p qismi potentlangandir. Olib borilgan ilmiy ishlar va potentlar shuni ko’rsatadiki, mochevina va melaminoformaldegid, fenol formaldegid, melamin furfurol smolalarni va ularning modifikatsiyalari to’g’risida ilmiy ishlarning kamligi, ular ustida texnologik ishlab chiqarish jarayonlarining kam o’rganilganligidan dalolat beradi. Shu maqsadda melomen-furfurol smolasi melomen-formaldegid va mochivena-furfurol, fenol-formaldegid smolalari ustida bitiruv malakaviy ish olib borishni maqsad qilib qo’ydik. Bitiruv malakaviy ishimizda bu smolalarni sintezlash va ularni sifatini o’rganish, ular yaxshi eriydigan erituvchilar topish hamda ularni sopolimerlab, sintetik lak olish maqsadida bir qancha ishlar olib borildi.

Aminoaldegidli oligomerlar asosan aminlarni aldegidlar bilan kondensasiyasi natijasida olinadi. Bu olingan smolalar asosan mebillarda laklovchi kraska sifatida ishlatiladi. Daraxtdan tayyorlanga mebellarga yupqa plastinka hosil qilib, himoyalovchi vosita vazifasini bajaradi [6]. Hozirgi kunda bu smolalardan 1 yilda mebel ishlab chiqarish uchun 2,5 ming tonna ishlatiladi. Respublikamizda ishlab chiqiqladigan smolalar 1 yilda 2,5 ming tonnani tashkil qiladi. Bu ko’rsatgichlardan shuni ko’rish mumkinki, bunday smolalarni ishlab chiqarish va sifatini yanada oshirishga bo’lgan talablar yil sayin oshib bormoqda.

Bu muammolarni hal qilish maqsadida, raqobatbardosh mochevina, melamin- formaldegid, melamin-furfurol, fenol-formaldegid smolalaridan yuqori sifatli emal va lak olishni maqsad qilib, bu ishlar yuzasidan ko’plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borishimiz kerak bo’ladi.



Mavzuning dolzarbligi. Respublika kimyo sanoatining dunyo bo’yicha mavqiyi yuqori bo’lishiga qaramasdan zamonaviy mebellar hamda avtomobillar ishlab chiqarishda turli xil xossalarga ega bo’lgan lak va emallarga bo’lgan talablar kun sayin oshib bormoqda. Hozirgi kun talabiga javob beradigan yuqori sifatli laklar va emallar sintezlash hamda eng yaxshi erituvchilarni tanlash, fizik-kimyoviy xossalarni o’rganish hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Bitiruv malaka ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malaka ishining asosiy maqsadi; fenol formaldegid smolalari sintezlashda qulay va muqobil sharoitlarni tanlash, yuqori unumda smola sintezlash, kompozitsion materiallar, laklar va emallar olish uchun eng yaxshi erituvchilar tanlash, hamda texnologik jarayonlarning ketma-ketligini o’rganishdan iboratdir.

Bitiruv malaka ishining vazifasi esa, sintez qilingan fenol formaldegid smolasining fizik-kimyoviy xossalarini zamonaviy usullar yordamida o’rganishdan iboratdir.

Bitiruv malaka ishining ilmiyligi. Respublika kimyo sanoati dunyo bo’yicha mavqei yuqori bo’lishiga qaramasdan mebellar uchun yuqori sifatli laklar va avtomobillar uchun emallar ishlab chiqarish asosiy muommolardan biri bo’lib kelmoqda. Ilmiy izlanishlar shuni ko’rsatadiki, melamin-formaldegid va ularning modifikatsiyalari to’g’risida ilmiy ishlarni, texnologik jarayonlarni kam o’rganilganligidan dalolat beradi.

Shuning uchun yuqori sifatli lak va emallarni yuqori unum bilan sintezlashning muqobil sharoitlarini o’rganish, plyonkalar, kompozitsion materiallar olish uchun eng yaxshi erituvchilarni tanlash, smola va lak olishning texnologik ketma-ketligini o’rganish, sintez qilingan lak va smolalarni fizik-kimyoviy xossalarini zamonaviy usullar yordamida o’rganish ilmiy jihatdan katta ahamiyatga egadir.



I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI

1.1. Konfeguratsion va konformatsion izomeriyalar

Molekula o’z o’qi atrofida erkin aylanadi, deb faraz qiladigan bo’lsak, bunda vodorod atomlarining fazodagi o’rni C-C bog’ o’qi atrofida o’zgarib, etin molekulasi turli konformatsion shaklga ega bo’lishi mumkin. Bir holatda birinchi metil gruppadagi vodorod atomlari ikkinchi metil gruppadagi vodorod atomlari ustiga aniq tushsa (tsis-holat, boshqa bir holatda vodorod atomlarining fazoda joylanishi biri ikkinchisiga nisbatan 600 siljigan bo’lsa, trans-holat bo’lib, uglerod atomlarining o’rni o’zaro o’zgarmay qoladi.

Molekula bir holatdan ikkinchi holatga o’tganda, uning potentsial energiyasi U burilish burchagi φ ga mos ravishda o’zgaradi, ya’ni U=f (φ) bo’ladi. Agar etan molekulasini (a) holatdagi potentsial energiyasini U1, (b) holatdagi potentsial energiyasini U2 desak, ular bir-biriga teng bo’lmaydi. Etan molekulasining potentsial energiyasini burilish burchagiga bog’liq holda o’zgarishi mumkin.

Makromolekula o’z konformatsiyasini faqat issiqlik ta‘sirida o’zgartirmay, balki turli tashqi kuchlar ta‘sirida ham o’zgartira oladi. Bu holda makromolekulaning qayishqoqligi kinetik segmentning o’lchamlari bilan xarakterlanadi.

Endi qayishqoqlikka makromolekula tarkibidagi atomlar tabiati, makromolekulalararo ta‘sir kuch, zanjir uzunligi, tashqi harorat kabi omillarning ta‘sirini ko’rib chiqamiz.

Chiziqsimon poliuglevodorodlarning makromolekulalari eng katta egiluvchanlikka ega, chunki CH3― va CH2―guruhlarda o’zaro ta‘sir kuch kamligidan energetik to’siq qiymati uncha katta bo’lmaydi. Bunday polimerlarga polietilen, polipropilen, tabiiy va divinil kauchuklar hamda polizobutilenlar misol bo’la oladi.

Agar makromolekula tarkibida -CI, -OH, -CN, -COOH kabi qutbli guruhlar o’zaro yaqin joylashgan bo’lsa, ularning o’zaro ta‘siridan energetik to’siq ko’rsatgichi oshib ketadi. Bu o’rinbosarlar makromolekulaning ichki energetik to’sig’ini oshiribgina qoymay, qo’shni makromolekulalar qutbli gruppalarning bir – biriga ta‘sirini ham oshiradi, goho vodgorod bog’ vujudga keladi (masalan, poliakril kislotadagi karboksil gruppalar orasidagi vodorod bog’). Bularning hammasi makromolekla qayishqoqligini kamaytirib, polimerning dag’alligini oshiradi.

O’rinbosarlarning zanjir boylab qay holatda taqsimlanishi ham makromolekula qayishqoqligiga ta‘sir qiladi. Masalan, polivinilxlorid va polixlorpropen xlorli polimerlar bo’lsa–da, xlorprenda xlor atomlar bir–biriga ta‘sir eta olmaydigan masofada joylashganligi uchun unda potentsial g’ov energiyasi kichik, demak, polixlorpren makromolekulasining qayishqoqligi polivinilxloriddagidan kattadir.

Makromolekulaning zanjir boylab qay holatda tarmoqlanganligi ham uning qayishqoqligiga ta‘sir qiladi. Yon tarmoq qisqa bo’lib, tez–tez takrorlansa, alohida halqalarning energetik to’sig’i oshadi, natijada makromolekula dag’allashadi. Yon tarmoqlar uzun bo’lsa, kam takrorlansa, molekulalararo ta‘sir kamligidan makromolekulaning qayishqoqligi ortadi. Qayishqoqlikka erituvchi molekulalari ham ta‘sir etadi. Juda oz miqdorda erituvchilar ( plastifikatorlar qo’shib molekulalararo ta‘sir kuchini kamaytirish hisobiga polimer qayishqoqligini oshirish mumkin. Bu tadbir polimerlarni p l a s t i f i k a t s i y a l a sh deyiladi.

Potentsial to’siq kattaligi bir xil bo’lgan zanjirlarning qayishqoqligi molekulyar massasiga qarab o’zgaradi. Masalan, 10―30 bo’g’indan iborat zanjirni olaylik. Bo’g’inlar soni ortishi bilan molekuladagi konformatsion shakl―o’zgarishlar soni ham ortadi. Demak, uzun zanjirning qayishqoqligi xuddi shunday ximiyaviy tuzilishiga ega bo’lgan qisqa zanjir qayishqoqligidan katta bo’ladi. Harorat past bo’lsa, makromolekulaning potentsial energiyasi qiymati energetik to’siq ko’rsatgichidan ancha kichik bo’ladi, bunda bo’g’inlar muvozanat holat atrofida faqatgina tebranma harakat qila oladi. Harorat ortishi bilan issiqlik harakat energiyasi oshadi, bunda tebranma harakat kuchayib, alohida bo’g’inlarning aylanishiga imkoniyat yaratiladi. Shu sababdan zanjir qayishqoq bo’lib, materialning elastikligi oshadi. Masalan, polistirol yoki polimetilmetakrilat uy temperaturasida dag’al bo’lib, 800 da esa elastiklikka ega bo’ladi. Shuningdek, xona temperaturasida cho’ziluvchan bo’lgan elastik tabiiy kauchuk harorat pasaygach, dag’al va mo’rt bo’lib qoladi. Uzun polimer zanjiri turlicha konfigurasiya va konformasiya shakllarida bo’lishi mumkin. Masalan, 1-4 holatda izopren qoldiqlaridan tuzilgan zanjir ikkita barqaror konfigurasiyada: tsis–konfigurasiya (tabiiy kauchuk) va trans–konfigurasiyada (guttapercha) bo’lishi mumkin:


H3C H3C

\ \

C = CH CH2 CH2 C = CH tsis – izomer (tabiiy kauchuk)



/ \ / \ / \ / \

- CH2 CH2 C = CH CH2 CH2 -

/

H3C



H3C CH2 -

\ /


H3C CH2 C = CH

\ / \ / trans – izomer (guttapercha)

H3C CH2 C = CH CH2

\ / \ /


C = CH CH2

/

- CH2



Polimer zanjirining konformasiyasi haqidagi tasavvurlar birinchi marta B.Kun va E.Gut tomonidan kiritildi. Ularning fikricha polimer zanjirining har xil konformasiyasi kimyoviy bog’lar uzilmagan holda zvenolarning bir-biriga nisbatan erkin aylanishidir.

Etan molekulasining potentsial energiyasini burilish burchagiga bog’liq holda o’zgarishi mumkin.

Dixloretan molekulasining simmetrik darajasi etan molekulasinikidan kam bo’lganligi uchun, atomlar gruppalarining bir – biriga nisbatan fazoda erkin aylanishi natijasida bir xil ehtimollikka ega bo’lgan 4 xil shakl o’zgarishi sodir bo’lishi mumkin. Qolgan shakl holatlari shu shakl o’zgarishining ko’zgudagi aksidir. Bunda molekulaning potentsial energiyasining burilish burchagiga bog’liq holda o’zgarishi, etan molekulasidagiga qaraganda ancha murakkab bo’lib φ burchakning 00, 1200, 2400 qiymatlarida minimumga ega bo’ladi. Energiyaning maksimum va minimum holati orasidagi farq energetik yoki potensial g’ov (to’siq) deb ataladi.

Etan molekulasi uchun energetik g’ov 11,7 k/mol ga teng. Demak, etan molekulasida ham ichki aylanish chegaralangan bo’lib, u potentsial g’ov tufayli erkin bo’lolmaydi. Muvozanat holat atrofida esa metil gruppalar minimum potentsial energiya bilan tebranishi mumkin.

Uglevodlar va ularning hosilalarida uglerod atomlarining sonini ortib borishi, ular molekulasining fazoda turli xil holatlarda joylanish imkoniyatini yana ham oshiradi.

Issiqlik harakati natijasida uzunligi yetarlicha katta bo’lgan makromolekula fazoda asta–sekitn har xil shakllarni, ya‘ni cho’zinchoq yoki chigal tartibsiz g’ujanak shakllarni olishi mumkin.

Polimer zanjirlarining issiqlik harakati tufayli hosil bo’lgan bunday aylanish iz omerlari makromolekulalarning konformasiyalari deb ataladi.

Makromolekulada konformasiyalar soni shu molekulaning fazoda joylashgan uchlari orasidagi masofa uzunligiga bog’liq. Masofa uzunligi qancha kichik bo’lsa, makromolekulaning shakl o’zgarishi shuncha ko’p va alohida olingan har qaysi konformasion holat barqaror bo’ladi. Demak, makromolekula uchlari orasidagi masofa uzaygan sari konformatsiyalar soni kamayib boraveradi va bu masofa molekulaning xususiy uzunligiga teng bo’lganda, konformatsiya soni birga teng bo’ladi. Bunday holat tashqi energiya hisobiga molekulani uchlaridan cho’zib, atomlarni bir chiziqqa tizilganda sodir bo’lishi mumkin. Amalda u kamdan – kam hollarda royobga chiqadi. Aksincha, makromolekulaning chigal, tartibsiz g’ujanak holati ko’proq uchraydi.




Bir vaqtning o’zida makromolekulalar elementar bo’g’inning tuzilishi, kimyoviy tarkibi bir xil bo’lishiga qaramay, atomlarning o’zaro fazoviy joylanishi bilan farq qilishi mumkin. Makromolekula strukturasidagi fazoviy farqning bunday turi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda makromolekulaning tuzilishi yaqin tartibli yoki uzoq tartibli konfiguratsiyalardan iborat bo’lishi mumkin.

Makromolekulalarning har xil konformatsiyalarga o’tish xussiyati makromolekula qayishqoqligini xarakterlaydi. Makromolekula qayishqoqligini statik buralgan zanjir uchlarining kvadrat masofasi bilan belgilash mumkin. Zanjir qanchalik qayishqoq bo’lsa, shuncha kichik bo’ladi. Aksincha bo’lganda esa, ya‘ni zanjir qanchalik qattiq bo’lsa, uning qiymati shunchalik katta bo’ladi.

Makromolekula qayishqoqligini miqdoriy xarakterlash uchun segment tushunchasi kiritiladi. Bu tushunchaning mohiyati quyidagicha. Chegaralangan aylanma harakat tufayli makromolekula zanjiridagi ayrim guruhlar va bo’g’inlarning aylanishi erkin bo’lmaydi. Ularning aylanishiga har xil energetik to’siqlar qarshilik qiladi. Biroq makromolekula zanjirining shunday modelini ko’zimiz oldiga keltirish mumkinki, unda zanjirning ayrim qismlari erkin aylana olsin. Ammo bunday uchastkaning kattaligi haqiqiy bo’g’inning o’lchamidan katta bo’ladi. Bunda makromolekuladan paydo bo’ladigan konformatsiyalar soni har ikki qism uchun ham bir xil bo’ladi.

Boshqacha aytganda, makromolekulada bir bo’g’inning tebranish kengligi (amplitudasi) 100 qiymatga teng deb faraz qilganimizda ikkinchi bo’g’in birinchiga nisbatan 200 kenglik bilan, uchinchi xalqa esa 300 li kenglik bilan tebranadi va hokazo. Bo’g’inlar soni ortishi bilan bir–biridan uzoqlashayotgan bo’g’inlar orasidagi bog’liqlik yo’qola boradi va nihoyat, 36–bo’g’in birinchiga nisbatan erkin aylana oladi. Demak, bo’g’inlar butunligicha erkin aylanish o’rniga makromolekulaning qandaydir bir qismi (segmenti) erkin aylana oladi. Ana shu segmentlarning erkin aylana olishi makromolekuladagi qayishqoqlikni xarakterlaydi. Shunday qilib, segment makromolekula qayishqoqligining o’lchovi bo’lib, u polimerlarning fizikaviy xossalarini ideal sistemalar qonunlari bilan ifodalash uchun kiritilgan matematik abstraktsiyadir. Agar ideal holda faraz qilinganidek makromolekula zanjiridagi har bir alohida bo’g’in bir–biriga nisbatan erkin aylanma harakat qilsa, unda segmentning uzunligi bir bo’g’in uzunligiga teng bo’lar edi. Real molekulalarda bunday bo’lmaydi. Shuning uchun polimerlarning qayishqoqligi segmentning uzun–qisqaligiga bog’liq. Segment qancha qisqa bo’lsa, makromolekula shuncha egiluvchan bo’ladi.

Makromolekulalar faqat issiqlik harakatida bo’lib, polimer materialga hech qanday tashqi kuchlar ta‘sir etmasa, makromolekula qayishqoqligi statistik segment o’lchami bilan xarakterlanadi. Statistik segment o’lchovi makromolekulaning kimyoviy tuzilish xususiyatlari asosiy polimer zanjirning tuzilishiga, yon gruppalarning qutbligiga va ularning katta – kichikligiga bog’liq bo’ladi.

Uglerod atomlari faqat ϭ–bog’lar bilan bog’langan alohida olingan polimer zanjirini ko’rib chiqaylik. Bunday zanjir zvenolari issiqlik harakatida bo’ladi, ya’ni bir zveno qo`shni zvenoga nisbatan aylana oladi. Bunday zanjirning valent burchaklari fiksasiyalanmagan bo’lib, aylaninish ϭ-bog`lar atrofida erkin bo`lsin deb faraz qilaylik. Bunday zanjir erkin a`zolangan deb atalib, fazoda qo`shni zvenolar holatidan qat`iy nazar har qanday holatni egallashi mumkin, yani u o`ta bukiluvchandir. Polimerlarning real zanjirli molekulalarida valent burchaklar aniq qiymat [109028`] ga ega bo`lib, zvenolarning aylanma harakati natijasida o`zgarmaydi.Shuning uchun erkin aylanish bo`ladi deb faraz qilganimizda ham bunday zanjir erkin a`zolangan zanjirga qaraganda kam sonli konformatsiyani egallaydi, lekin u ham yaxshi bukilish xususiyatiga ega bo`ladi.

Erkin a’zolangan zanjir konformasiyalari Fiksasiyalangan valent burchakli

zanjir konformasiyalari





Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish