21-§. Rossiyada Davlat dumasining tashkil etilishi
Rossiyada tashkil etilgan “Mehnatni ozod qilish” guruhiga kim rahbarlik qilgan?
Muravyov
Stolipin
Plexanov
Makarov
“Mehnatni ozod qilish” guruhi qachon tuzilgan?
1878-yilda
1883-yilda
1885-yilda
1905-yilda
Qachon Peterburgda “Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi” tuzildi?
1883-yilda
1885-yilda
1895-yilda
1905-yilda
Qachon Rossiyadagi barcha sotsial-demokratik guruhlar “Rossiya Sotsial-demokratik ishchi partiyasi” (RSDRP) ga birlashdilar?
1898-yilda
1912-yilda
1895-yilda
1903-yilda
1903-yildan boshlab RSDRP da rahbarlik kimning qo`liga o`tdi?
Kerenskiy
V.Lenin
Stolipin
Plexanov
Rossiya tarixida birinchi inqilob qachon boshlandi?
1905-yil 9-yanvarda
1917-yil 2-fevralda
1906-yil 9-yanvarda
1905-yil 26-oktabrda
9-yanvar (yakshanba) kuni Peterburg ishchilaridan 250 ming kishi o`z iltimoslarini podshoga bildirish uchun tinch namoyishga chiqdilar. Iltimosnomada qanday talab ilgari surilmagan edi?
Ta’sis majlisi chaqirish
pomeshchik yer egaligini tugatish
demokratik erkinliklar berish
8 soatlik ish kuni joriy etish
1905-yilda Peterburgdagi “qonli” voqealarga javoban qaysi shaharlarning ishchilari ish tashladilar?
2, 3, 4, 5
Qora dengiz flotiga qarashli “Potyomkin” bronenosetsi matroslari qo`zg`olon ko`tardilar?
1904-yilning kuzida
1905-yilning yozida
1906-yilning yozida
1905-yilning bahorida
Podsho Nikolay II qachon Manifest e’lon qildi?
1905-yil 17-oktabrda
1907-yil 2-fevralda
1906-yil 9-yanvarda
1905-yil 26-oktabrda
1905-yilda qayerda matros va soldatlar qo`zg`olon ko`tardilar?
Kronshtadtda
Peterburgda
Moskvada
Port-Arturda
Rossiyada qachon Davlat dumasiga saylob to’g’risida qonun qabul qilingan?
1905-yil dekabrda
1907-yil fevralda
1906-yil yanvarda
1905-yil oktabrda
Rossiyada qachon I Davlat dumasi o’z ishini boshladi?
1905-yil 27-aprelda
1905-yil 26-oktabrda
1907-yil 2-fevralda
1906-yil 9-yanvarda
1905-yilda ish boshlagan 1-Davlat dumasida qancha deputat qatnashgan?
254 ta
448 ta
488 ta
522 ta
1905-yilda ish boshlagan 1-Davlat dumasida kimlar “Trudoviklar” (“Mehnat guruhi”) fraksiyasini tashkil etdilar?
savdogarlar
dehqonlar
konchilar
korxona ishchilari
Rossiyada qachon II Davlat dumasiga saylov o`tkazildi?
1906-yilda
1907-yilda
1908-yilda
1911-yilda
Rossiyada chaqirilgan II Davlat dumasida qaysi amasala asosiy masala bo’lgan?
saylov masalasi
agrar masala
sanoat masalasi
maorif masalasi
Podsho Nikolay II qachon II Davlat dumasini tarqatib yubordi?
1907-yil 2-fevralda
1907-yil 3-iyunda
1908-yil 26-oktabrda
1909-yil 9-yanvarda
Rossiyada qachon Saylov to`g`risidagi yangi qonun qabul qilingan?
1907-yil 3-iyunda
1908-yil 2-fevralda
1908-yil 26-oktabrda
1909-yil 9-yanvarda
1907-yilgi Saylov to`g`risidagi yangi qonun o`zida hukmron tabaqa manfaatini to’la darajada aks ettirdi. Chunonchi, bir pomeshchikning ovozi … ta yirik burjuaziya vakilining, … nafar dehqonning va … nafar ishchining ovoziga teng edi.
2; 160; 243
4; 260; 543
4; 240; 523
5; 243; 410
Rossiyada III Dumaga saylangan 442 nafar deputatning necha nafari pomeshchiklarning vakillari edi?
202 tasi
243 tasi
260 tasi
320 tasi
Rossiyada birinchi rus inqilobining natijasi qaysi javobda noto’g’ri ko’rsatilgan?
ishchilarga kasaba uyushmalariga birlashish huquqi berildi
ish tashlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish, dehqonlarning yer uchun haq to`lashlari bekor qilindi
vakolatli muassasa – parlament joriy etildi
podsho hokimiyati konstitutsiya bilan cheklandi
Hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati qanday ataladi?
dekret
deklaratsiya
manifest
nota
1907-yilda Rossiya Parlamenti 2 palatali parlamentga aylandi va Davlat Kengashi parlamentning yuqori palatasi vazifasini bajardi. Davlat Kengashi a’zolarining necha foizini podsho tayinlar edi?
40%
30%
25%
50%
Parlament deputatlarining biror siyosiy partiyaga mansub guruhi nima deb ataladi?
shu’ba
fraksiya
palata
duma
22-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi
Avstriya-Vengriya imperiyasi qachon vujudga kelgan?
1861-yilda
1866-yilda
1867-yilda
1870-yilda
Avstriya-Vengriya imperiyasining Avstriya qirolligi tarkibiga qaysi hududlar kirgan?
1, 4, 5
Avstriya-Vengriya imperiyasining yangi konstitutsiyasi qabul qilingan?
1865-yilda
1867-yilda
1869-yilda
1870-yilda
Avstriya-Vengriya imperiyasini qaysi yillarda Gabsburglar sulolasi boshqargan
1867-1918-yillar
1865-1917-yillar
1869-1920-yillar
1870-1918-yillar
Ma’lumki, Avstriya-Vengriya Konstitutsiyaviy monarxiya edi. Avstriyada imperator hokimiyati rasman qaysi organ tomonidan cheklangan?
reyxstag
seym
kortes
kongress
Vengriyada qonun chiqaruvchi organ nima deb atalgan?
shkupshina
reyxstag
seym
kortes
Avstriya -Vengriya imperiyasi tashkil etilgach, 3 ta umumimperiya vazirligi ham tuzilgan. Quyidagi qaysi vazirlik umumimperiya vazirligi hisoblanmaydi?
tashqi ishlar
ichki ishlar
harbiy va dengiz
moliya
Avstriya -Vengriya imperiyasi tashkil etilgan paytda uning aholisi qancha edi?
45 mln.
40 mln.
50 mln.
60 mln.
Avstriya - Vengriya imperiyasi tashkil etilgan paytda uning aholisining qancha qismi bo`ysundirilgan slavyan xalqlaridan iborat edi?
20 mln.
30 mln.
36 mln.
25 mln.
XIX asr 90-yillarida Avstriya-Vengriya aholisining qancha qismini shahar aholisi tashkil qilardi?
1/3 qismini
1/4 qismini
2/3 qismini
1/2 qismini
XIX asr 2-yarmida Vengriyaning asosiy sanoat tarmog`ini aniqlang.
metallurgiya
konchilik
oziq-ovqat sanoati
to’qimachilik
1898- yilda Vengriyaning un tortish, vino tayyorlash, qand va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha imperiyadagi hissasi necha foizni tashkil etdi?
47,3 %
57,8 %
74,3 %
67,3 %
XX asr boshlariga kelib Avstriya-Vengriyaning ssuda kapitali, asosan, qaysi shahardagi bir necha yirik banklarda to’plangan edi?
Budapesht
Galitsiya
Vena
Praga
XIX asr oxirida Avstriya-Vengriya imperiyasi taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatini … tashkil etdi.
uning chet el kapitaliga qaramligi kuchayib borganligi
qishloq xo’jaligining jadallik bilan rivojlanishi
to’qimachilik sanoatining rivojlanishi
mamlakat siyosiy hayotida demokratiyaning o’rnatilishi
XIX asr 2-yarmida qaysi davlatlar Acstriyaga ko’proq capital kiritgan edi?
AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya
Fransiya, Belgiya, Germaniya
Fransiya, AQSH, Rossiya
AQSH, Germaniya, Italiya
Avstriya-Vengriya sanoatining metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika va shu kabi tarmoqlari qaysi davlat firmalari tomonidan moliyaviy jihatdan ta’minlanib turildi?
AQSH
Buyuk Britaniya
Germaniya
Fransiya
XIX asr 2-yarmida Avstriyaning yerilarining qancha qismi nemis pomeshchiklariga tegishli edi?
150 000 gektar
200 000 gektar
250 000 gektar
300 000 gektar
Avstriya-Vengriya imperiyasi poytaxti Vena shahrida qachon ishchilarning demokratik erkinliklar talabi bilan ommaviy namoyishi o`tkazildi?
1867-yilda
1868-yilda
1869-yilda
1872-yilda
Avstriya hukumati qachon ishchilar harakatiga qarshi “favqulodda qonun” joriy etdi?
1882-yilda
1878-yilda
1884-yilda
1886-yilda
Avstriya Sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) qachon tuzilgan?
1878-yilda
1882-yilda
1889-yilda
1895-yilda
Avstriya-Vengriya imperiyasida qachon saylov islohoti haqidagi yangi qonun qabul qilindi?
1898-yilda
1895-yilda
1904-yilda
1907-yilda
Avstriya-Vengriya imperiyasidagi saylov islohoti haqidagi qonunga ko’ra, …
21 yoshli erkak va ayollar saylash huquqini oldi.
24 yoshli erkak va ayollar saylash huquqini oldi.
24 yoshli erkaklar saylash va saylanish huquqini oldi.
25 yoshli erkaklar saylash va saylanish huquqini oldi.
Avstriya-Vengriyadagi shovinistik kayfiyatdagi partiyalarini belgilang.
3, 4
Muxolifatining Chexiyaga ham siyosiy huquqlar berilishini talab qilishiga javoban qachon Chexiyada qamal holati joriy qilindi?
1868-yilda
1876-yilda
1878-yilda
1895-yilda
Qachon Chexiyada sud va ma’muriy ishlar uchun ikki til joriy qilindi?
1876-yilda
1880-yilda
1882-yilda
1895-yilda
Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya Ittifoqiga qo`shilgan yili …
Avstriya-Vengriyada saylov islohoti haqidagi qonun qabul qilindi
Praga universitetida o`qitish ikki tilda (nemis va chex) olib boriladigan bo`ldi
Chexiyada sud va ma’muriy ishlar uchun ikki til joriy qilindi
Chexiyada qamal holati joriy qilindi
Xorvatiyadagi milliy-ozodlik harakatiga javoban qachon Vengriya hukumati Xorvatiya Seymini tarqatib yubordi va Konstitutsiyani to`xtatib qo’ydi?
1905-yilda
1882-yilda
1908-yilda
1912-yilda
Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni belgilang.
Avstriya-Vengriyada saylov islohoti o’tkazildi; Chexiyada qamal holati joriy qilindi
Chexiyada sud va ma’muriy ishlar uchun ikki til joriy qilindi; Praga universitetida o`qitish ikki tilda (nemis va chex) olib boriladigan bo`ldi
Xorvatiya Seymini tarqatib yuborildi; Avstriya-Vengriyada og’ir iqtisodiy inqiroz yuz berdi
Chexiyada qamal holati joriy qilindi: Venada ishchilarning ommabiy namoyishi o’tkazildi
Avstriya-Vengriya tashqi siyosatining markazida qaysiu hudud turgan?
Karpatorti
Kichik Osiyo
Bolqon yarim oroli
Sharqiy Yevropa
Ma’lumki, Berlin kongressida Avstriya-Vengriyaga Bosniya va Gersegovinani bosib olish huquqi berilgan edi. Oradan necha yil o’tib Avstriya-Vengriya o’z maqsadini amalga oshirdi?
25 yil
18 yil
30 yil
20 yil
Avstriya-Vengriyaning Bosniya va Gersegovinani bosib olishi qaysi davlat bilan munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo’ldi?
Italiya
Turkiya
Rossiya
Albaniya
Turkiya va Italiya manfaatlarining Shimoliy Afrikada to’qnashuvi nechanchi yilda ular o’rtasida urushning kelib chiqishiga sabab bo’ldi?
1905-yilda
1908-yilda
1906-yilda
1911-yilda
Quyidagi qaysi davlat Bolqon ittifoqiga kirmagan?
Bolgariya
Chernogoriya
Albaniya
Serbiya
Bolqon ittifoqi davlatlari qachon Turkiyaga urush(1-Bolqon urushi) e’lon qildi?
1910-yilda
1911-yilda
1912-yilda
1913-yilda
Birinchi Bolqon urushining natijasini aniqlang.
Bolgariya yengildi va qo’lga kiritgan hududlarining bir qismini yo’qotdi
Bolqon slavyanlari va greklar Turkiya hukmronligidan ozod bo’ldi
Bolqon slavyanlari va greklar Avstriya-Vengriya hukmronligidan ozod bo’ldi
Bolqon slavyanlari va greklar Avstriya-Vengriya mustamlakasiga aylandi
Birinchi Bolqon urushi yakunida qaysi davlat boashqalardan ko’ra ko’proq hudud da’vo qilgan?
Ruminiya
Serbiya
Bolgariya
Chernogoriya
Bolqon ittifoqi quyidagi qaysi davlatning madadiga tayanmagan?
Buyuk Britaniya
Fransiya
Avstriya-Vengriya
Rossiya
1913-yilda quyidagi qaysi davlat Serbiya va Gretsiyaga hujum qildi?
Avstriya-Vengriya
Turkiya
Bolgariya
Ruminiya
Ikkinchi Bolqon urushi natijasini aniqlang.
Bolgariya yengildi va qo’lga kiritgan hududlarining bir qismini yo’qotdi
Bolqon slavyanlari va greklar Turkiya hukmronligidan ozod bo’ldi
Serbiya Bolqonning yetakchi davlatiga aylandi
A va C javoblar to’g’ri
Ikkinchi Bolqon urushida quyidagi qaysi davlatlar Serbiya va Gretsiyaga yordam berdi?
AQSH, Germaniya
Chernogoriya va Ruminiya
Britaniya va Fransiya
Rossiya va Fransiya
Avstriya-Vengriyada qachon qisman safarbarlik o`tkazildi?
1909-yilda
1911-yilda
1912-yilda
1913-yilda
Avstriya-Vengriyada qachon parlament (Reyxstag) tarqatib yuborildi?
1913-yilda
1914-yilda
1911-yilda
1912-yilda
24-§. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Italiya
Quyidagi qaysi voqea Italiyani to`la birlashtirish yo`lidagi oxirgi to`siqni bartaraf etishga imkon berdi?
Fransiyaning Prussiya bilan urushda yengilishi
Rim shahrining Fransiyada tortib olinishi
Italiya qiroli va Prussiya imperatori o’rtasida shartnoma imzolanishi
Papa Piy IX ning Rim shahrini Italiyaga topshirishi
Rim qachon Italiya tarkibiga qo`shib olindi?
1871-yil 3-oktabrda
1870-yil 3-sentabrda
1871-yil 25-aprelda
1870-yil 3-oktabrida
Italiya qirolligi tuzilgan paytda mamlakatdagi 27 mln. aholidan qanchasi saylov huquqiga ega edi?
600 ming kishi
2 mln. kishi
800 ming kishi
6 mln. kishi
Italiyada qachon Cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi.
1875-yilda
1881-yilda
1871-yilda
1882-yilda
1870-1880- yillarda Italiyada qurilgan ikki tunnel (Mon-Seni va Sen Gotard) mamlakatni qaysi davlatlar bilan bog`lagan?
Belgiya va Shveysariya
Fransiya va Shveysariya
Germaniya va Fransiya
Germaniya va Lixtenshteyn
Italiyada “Fiat” aksiyadorlik jamiyati qachon tashkil topgan?
1902-yilda
1906-yilda
1896-yilda
1912-yilda
1914-yilga kelib Italiyada ish izlab xorijga ketganlar soni qanchaga yetdi?
2,5 mln.
3,5 mln.
4,5 mln.
7,5 mln.
Italiya Sotsialistik partiyasi qachon tuzilgan?
1882-yilda
1892-yilda
1896-yilda
1912-yilda
1898- yilda qaysi shaharda ro`y bergan umumiy ish tashlash 5 kunlik barrikada janglariga aylanib ketdi?
Sardiniyada
Neapolda
Milanda
Sitsiliyada
1903-1914- yillarda Italiya hukumatini kim boshqargan?
J.Jolitti
V.Orlando
Kerber
Gauch
Quyidagi qaysi davlat arbobi “Sanoat taraqqiyoti tepasida ish haqi yuqori bo`lgan mamlakatlar turadi”, deb ta’kidlagan edi?
V.Orlando
V.Vilson
J.Jolitti
L.Jorj
Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya Ittifoqiga qo`shilgach, quyidagi qaysi hududlarni mustamlaka qildi?
Somali va Efiopiyani
Somali va Eritreyani
Bosniya va Gersegovinani
Livan va Eritreyani
Peterburgda “Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi” tuzilgan yili …
Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya Ittifoqiga qo`shildi.
Italiya Efiopiyani bosib olish maqsadida bu davlatga hujum qildi.
Adua yonida Italiya qo`shinlari tor-mor etildi.
Italiya Rossiya bilan Bolqon yarim orolidagi o`z manfaatlarini quvvatlovchi bitim tuzdi.
Jolitti hukumati qachon Fransiya bilan bitim imzolandi?
1900-yilda
1902-yilda
1912-yilda
1908-yilda
Mashhur “Poltava jangi”dan 200 yil o’tib sodir bo’lgan voqeani belgilang.
Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersegovinani istilo qildi
Italiya Rossiya bilan Bolqon yarim orolidagi o`z manfaatlarini quvvatlovchi bitim tuzdi
Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlandi
Italiya Liviyaga hujum qildi
Qachondan boshlab Liviya Italiya mustamlakasiga aylandi?
1910-yildan
1889-yildan
1913-yildan
1912-yildan
1914-yilda Italiyada …
Liberalizm davri tugadi
Liviya mustamlakaga aylantirildi
Jolitti hukumati Fransiya bilan bitim tuzdi
“Fiat” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi
Italiyaga qo`shni bo`lgan davlatlarda italyanlar qisman yashaydigan hududlarni qo`shib olishni targ`ib qiluvchi millatchilik harakatini belgilang.
fashizm
avtarkizm
irredentizm
shovinizm
25-§. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Bolqon davlatlari
Ma’lumki, XIX asrning 70-yillarida janubiy slavyanlarning ko`pchiligi mustamlaka sharoitida edi. Quyidagi qaysi davlatlar mustaqilligini saqlab qolgan edi?
Bosniya va Gersegovina
Xorvatiya va Serbiya
Chernogoriya va Serbiya
Sloveniya va Chexiya
XIX asrning 70-yillarida janubiya slavyanlarga mansub bolgarlar, makedoniyaliklar, Bosniya va Gersegovina slavyanlari, serblarning talaygina qismi qaysi davlat hukmronligi ostida edi?
Turkiya
Avstriya-Vengriya
Italiya
Germaniya
XIX asrning 70-yillarida quyidagi qaysi xalq ham Germaniya, ham Rossiya, ham Gabsburglar monarxiyasi zulmi ostida yashar edi?
slovenlar
polyaklar
chexlar
slovaklar
Qachondan boshlab slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashi kuchaydi?
XIX asr 50-yillarda
XIX asr 60-yillarda
XIX asr 80-yillarda
XIX asr 70-yillarda
Mustaqil demokratik Bolgariya Respublikasini tuzish rejasini ilgari surgan Jasur bolgar inqilobchisi kim edi?
Aleksandr Battenbrg
Vasil Levskiy
Xristo Botev
Ferdinand Kaburskiy
Jasur bolgar inqilobchisi Vasil Levskiy qachon qatl etilgan?
1872-yilda
1874-yilda
1875-yilda
1878-yilda
Bolgariyada qachon mustamlakachilikka qarshi qo`zg`olon boshlandi?
1874-yilda
1875-yilda
1876-yilda
1878-yilda
Bolgariyadagi ozodlik harakatiga yo`lboshchilik qilgan talantli publitsist va shoir kim edi?
Aleksandr Battenbrg
Vasil Levskiy
Xristo Botev
Ferdinand Kaburskiy
Bolgariyadagi ozodlik harakatini shafqatsizlik bilan bostirish uchun turklar qancha odamni qilichdan o`tkazdilar?
10 mingga yaqin
20 mingga yaqin
30 mingga yaqin
25 mingga yaqin
Bolgariyadagi ozodlik harakatidan qaysi davlat Bolqonda o`z ta’sirini mustahkamlash foydalanishga qaror harakat qildi?
Avstriya-Vengriya
Italiya
Rossiya
AQSH
Quyidagi qaysi urush natijasida mustaqil Bolgariya davlati tashkil topdi?
Birinchi Bolqon urushi
Ikkinchi Bolqon urushi
Rossiya – Turkiya urushi
Turkiya – Italiya urushi
1878-yilgi Rossiya – Turkiya o’rtasida tuzilgan San-Stefano shartnomasiga ko’ra qaysi davlatlarning mustaqilligi e’tirof etildi?
Bolgariya
Ruminiya
Chernogoriya va Serbiya
barcha javoblar to’g’ri
Bolgariya konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
1878-yil
1879-yil
1882-yil
1886-yil
Bolgariya davlat boshlig’i Aleksandr Battenbergni bu lavozimga qaysi davlat tavsiya qilgan edi?
Rossiya
Avstriya-Vengriya
Germaniya
Buyuk Britaniya
Nima sababdan Rossiya hukumati Aleksandr Battenbergga Rossiyaning dushmani sifatida qaray boshlagan?
Boshqa Bolqon davlatlariga yaqinlashish siyosatini olib borganligi uchun
Bolgariya armiyasida xizmat qilayotgan rus zobitlarini nemis zobitlari bilan almashtirgani uchun
Shimoliy va janubiy Bolgariyani yagona davlatga birlashtirishga uringani uchun
Turkiya bilan kelishuvchilik siyosati olib borganligi uchun
Qaysi yilda Rossiya va Bolgariya o’rtasida diplomatik munosabatlar uzulgan?
1886-yilda
1889-yilda
1896-yilda
1892-yilda
Rossiya va Bolgariya o’rtasida diplomatik munosabatlar uzulganidan qancha vaqt o’tib yana qayta tiklangan?
10 yil
8 yil
12 yil
6 yil
1886-yilda Bolgariya podshosi etib saylangan F.Koburgni qaysi davlat tavsiya qilgan edi?
Rossiya
Avstriya-Vengriya
Germaniya
Buyuk Britaniya
Qachon Bolgariyada hukumat tepasiga germanparast hukumat keldi?
1908-yilda
1913-yilda
1910-yilda
1914-yilda
Berlin kongressi qarorlariga ko’ra, Novi Pazar hududlari qaysi davlatga berildi?
Turkiyaga
Serbiyaga
Avstriyaga
Albaniyaga
1908-yilda Bolgariya qaysi davlat madadiga tayanib o’zini Turkiyadan to’la mustaqil deb e’lon qildi?
Rossiya
Avstriya-Vengriya
Germaniya
Buyuk Britaniya
Berlin kongressida qaysi davlatning Bosniya va Gersegovina, Novi Pazar hududlariga da’vosi rad etildi?
Serbiyaning
Bolgariyaning
Avstriya-Vengriyaning
Ruminiyaning
Berlin kongressi qarorlariga ko’ra, Novi Pazar hududlarining Turkiyada qoldirilishidan qanday maqsad ko’zlangan edi?
Serbiya va Turkiyani urishtirib qo’yish
Serbiya va Chernogoriyaning birlashmasligi
Rossiya va Turkiyani urishtirib qo’yish
Rossiyaning Bolqonga kirib kelishining oldini olish
XX asr boshlarida “Kalendari kombiar” (“Milliy kalendar”) degan jurnal qayerda nashr qilingan?
Albaniyada
Turkiyada
Bolgariyada
Serbiyada
Albaniya qachon mustaqillikka erishdi?
1912-yil 28-noyabrda
1912-yil 24-aprelda
1913-yil 28-noyabrda
1912-yil 12-dekabrda
XX asr boshida Albaniya qaysi davlat mustamlakasi edi?
Turkiya
Serbiya
Avstriya
Italiya
1902-yilda quyidagi qaysi jurnalda “Biz uyquda yotibmiz, bu vaqtda esa bizning ustimizda savdolashmoqdalar” degan so’zlar yozilgan?
“Minbao”
“Kesari”
“Kalendari kombiar”
“Taraqqiy”
III BO’LIM. OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI
V BOB. 26-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Yaponiya
Yaponiyada qachon mamlkatani modernizatsiyalash boshlandi?
1867-yilda
1870-yilda
1872-yilda
1858-yilda
Yaponiyada imperator Musixito nomi bilan bog’liq islohotlar (“Meydzi islohotlari”)ni aniqlang.
1)ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to`sqinlik qiluvchi qonun va tartiblar bekor qilindi; 2)Yaponiya barcha davlatlar uchun ochib qo’yildi; 3)davlat boshqaruvi G’arb an’analari asosida butunlay qayta qurildi; 4)ayrim-ayrim hokimliklar chegaralaridagi bojxonalar va boshqa to`siqlar olib tashlandi; 5)samuraylarning doimiy harbiy xizmat qilishi belgilandi.
1, 3
1, 2, 4
1, 5
2, 3, 5
Qachon Yaponiyada “to’rt tabaqa” haqidagi qonun bekor qilindi?
1868-yilda
1869-yilda
1870-yilda
1872-yilda
Qachon Yaponiyada huquqsiz quyi tabaqa haqidagi qonun bekor qilindi?
1868-yilda
1870-yilda
1871-yilda
1872-yilda
Qaysi yillarda Yaponiyada qishloq xo`jaligi sohasida islohotlar o`tkazilgan?
1867 - 1868-yillar
1871 - 1874-yillar
1871 - 1878-yillar
1878 - 1882-yillar
XIX asr oxirida Yaponiyada birinchi galda qaysi soha tez rivojlandi?
to`qimachilik
konchilik
mashinasozlik
asbobsozlik
Yaponiyada kapitalizm taraqqiyoti …
Germaniya namunasida amalga oshirildi.
Rossiya namunasida amalga oshirildi.
dehqonlarning yerdan ajralishi bilan birgalikda bordi.
Burjuaziyaning davlat boshqaruvidagi nufuziga barham berdi.
1890-yilda qaysi soha barcha sanoat tarmoqlarining 45 foizini tashkil etdi?
oziq-ovqat sanoati
to’qimachilik sanoati
mashinasozlik sanoati
kimyo sanoati
Yaponiyada Meydzi inqilobidan keyingi chorak asr davomida (1868-1885) qancha sanoat korxonasi qurildi?
1260 ta
1500 ta
1300 ta
1700 ta
XIX asr oxirida Yaponiya sanoat ishlab chiqarishi Rossiyadan … tezroq rivojlandi.
4 barobar
5 barobar
10 barobar
8 barobar
1900 – 1913-yillarda qaysi davlat ishlab chiqarish bo`yicha Italiyadan o`zib ketib, Fransiyaga yaqinlashdi?
Germaniya
Yaponiya
Rossiya
AQSH
XIX asr oxirida Yaponiya korxonalarida Ish vaqti qanchani tashkil etardi?
12 - 14 soat
14 - 16 soat
15 - 18 soat
10 - 14 soat
Qachon Yaponiyada Prussiya Konstitutsiyasi namunasi asosida tuzilgan Konstitutsiya qabul qilindi?
1867-yilda
1889-yilda
1878-yilda
1884-yilda
Yaponiya konstitutsiyasiga ko’ra, Vazirlar Kengashi … ga hisob berardi.
faqat Imperator
imperator va parlament
perlar(yuqori) palatasi
faqat parlament
Yaponiya konstitutsiyasiga ko’ra, saylov yoshi necha yosh etib belgilandi?
21 yosh
24 yosh
23 yosh
25 yosh
Yaponiya qachon Xitoyning noroziligiga qaramay, Ryukyu orolini bosib oldi?
1867-yilda
1879-yilda
1888-yilda
1884-yilda
Yaponiya nechanchi yilda Janubiy Saxalin hisobiga Kuril orollarini Rossiyadan ajratib, o`ziga qo`shib oldi?
1867-yilda
1875-yilda
1876-yilda
1879-yilda
Koreya qachon yaponlar uchun “ochiq” mamlakat deb e’lon qilindi?
1867-yilda
1875-yilda
1876-yilda
1879-yilda
Qaysi yillarda Yaponiya-Xitoy o’rtasida urush bo’lib o’tdi?
1871-1878-yillar
1894-1895-yillar
1904-1905-yillar
1894-1898-yillar
Qachon Yaponiya Seulda saroy to`ntarishi uyushtirib, yaponparast hukumat tuzdi va poytaxt gornizonini qurolsizlantirdi?
1894-yil martida
1894-yil iyulida
1895-yil iyulida
1894-yil avgustida
Xitoy qo`shinlari qachon Pxenyan yonida mag`lubiyatga uchradi va bu hol Yaponiyaning Uzoq Sharqda ustunlikka ega bo`lishiga yo’1 ochdi?
1893-yilda
1895-yilda
1894-yilda
1896-yilda
Yaponiya-Xitoy o’rtasida tuzilgan Simonoseki sulhiga ko’ra Xitoyga qanday majburiyatlar yuklandi?
1)Xitoy Koreyaning mustaqilligini tan oldi; 2)Lyaodun, Tayvan, Penxu (Peskador) orollarini Yaponiyaga berdi; 3)Manjuriya hududini Yaponiya ta’sirida deb e’tirof etdi; 4)Yaponiyaga katta miqdorda tovon to`ladi; 5)Guanchjou portdan bojsiz foydalanish imkoniyatini berdi; 6)o’z hududida sanoat korxonalarini qurish va ulardan foydalanishga ruhsat berdi.
1, 2, 3, 5
2, 3, 4, 6
1, 2, 4, 6
3, 4, 5, 6
Bir yilda yuz bergan voqealarni belgilang.
Yaponiya Ryukyu orolini bosib oldi; Yaponiyada “to’rt tabaqa” haqidagi qonun bekor qilindi
Yapon-xitoy urushi boshlandi; Koreya yaponlar uchun “ochiq” mamlakat deb e’lon qilindi
Rus-yapon urushi boshlandi; Yaponiya Koreya yarim orolini qonunga zid ravishda anneksiya qildi
Simonoseki sulhi tuzildi; Yaponiya 10 yillik qurollanish dasturini qabul qildi
Qaysi davlat 1902-yilda Yaponiya bilan 5 yillik bitim imzolagan?
Buyuk Britaniya
AQSH
Germaniya
Rossiya
Qaysi hududdagi raqobat Yaponiyaning AQSH va Yevropa mamlkatlari bilan munosabatlarining yomonlashuviga sabab bo’ldi?
Korea
Xitoy
Manjuriya
Mo’g’uliston
Quyidagi qaysi atama bir davlat hududini zo’ravonlik bilan butunlay yoki qisman o’z davlatiga qo’shib olishni anglatadi?
kontributsiya
intervensiya
anneksiya
protektorat
27-§. XIX asrning oxirida Xitoy
XIX asrning so`nggi choragida Xitoyda milliy burjuaziyaning ko`pchiligi …
zamindor boylardan iborat edi
davlat amaldorlaridan iborat edi
kompradorlardan iborat edi
harbiylardan iborat edi
XIX asrning 70-yillarda Xitoyning nechta portidan xorijliklar bemalol foydalanishgan?
26 ta
16 ta
18 ta
28 ta
Quyidagi qaysi omillar XIX asr oxirida Xitoy chet el davlatlarining xomashyo bazasi va yarim mustamlakasiga aylanib qolishiga sabab bo’ldi?
pulga muhtoj bo’lgan Sin sulolasining chet davlatlardan asoratli qarz olishi
Xitroy burjuaziyasining mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirmasdan asosan chetdan keltirilgan tovarlarni sotish va arzon xomashyo sotib olish hisobiga boyiganligi
Xitoyning Yaponiya bilan 1894-1895- yillardagi urushda mag`lubiyatga uchrashi
barcha javoblar to’g’ri
1897-yilda qaysi davlat Xitoyning Szyaochjouvan ko`rfazini bosib oldi va Shandun viloyatini o`z ta’sir doirasiga kiritdi?
Fransiya
Yaponiya
Germaniya
Buyuk Britaniya
XIX asr oxirida qaysi davlat Xitoyning Suamchjuvan ko`rfazini egalladi va Yunan viloyatida hukmronlik ta’sirini o`tkaza boshladi?
Fransiya
Yaponiya
Germaniya
Buyuk Britaniya
XIX asr oxirida qaysi davlat Xitoyga tegishli Port-Arturni bosib oldi?
Fransiya
Yaponiya
Germaniya
Rossiya
XIX asr oxirida Xitoyning Veyxay porti va eng boy hududi – Yanszi daryosi havzasi qaysi davlat ta’sirida edi?
Fransiya
Yaponiya
Germaniya
Buyuk Britaniya
XIX asr oxirida Xitoyning qaysi hududlarini Yaponiya egallab oldi?
Tayvan, Futsziyan viloyati
Port-Artur, Suamchjuvan ko`rfazi
Lyaodun, Penxu (Peskador) orollari
A va C javoblar to’g’ri
Shimoliy Xitoyda birinchi temiryo’1 qachon ishga tushirildi?
1878-yilda
1881-yilda
1883-yilda
1887-yilda
1897- yilda Xitoyda qancha chet el firmalari mavjud edi?
400 ga yaqin
250 ga yaqin
600 ga yaqin
500 ga yaqin
1890-yilda Yevropaning Xitoy tashqi savdosidagi hissasi qancha edi?
50 mln. iyen
40 mln. iyen
35 mln. iyen
55 mln. iyen
Xitoy va Buyuk Britaniya o`rtasida Xitoyni asoratga soluvchi konvensiya qaysi yili tuzilgan?
1876-yili
1878-yili
1881-yili
1895-yili
XIX asr oxirida Xitoy qaysi davlatga mamlakatning 10 dan ortiq portiga erkin kirish, qator viloyatlarda imtiyozli savdo qilish huquqini berdi?
Fransiyaga
Buyuk Britaniyaga
Yaponiyaga
Germaniyaga
Xitoy qachon Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi va u yerda fransuz protektoratini tan oldi.
1878-yilda
1881-yilda
1884-yilda
1895-yilda
Manjurlarning Sin sulolasini ag`darib tashlash va Xitoyda demokratik milliy davlat tuzish uchun kurashgan “Xitoy uyg`onish jamiyati” ga kim rahbarlik qilgan?
Chan Kayshi
Mao Szedun
Sun Yat Sen
Yaun Shikay
Xitoydagi ijtimoiy harakatda yetakchi rol o’ynagan, “Manjur sinlarini haydab chiqaramiz, chet elliklarni yo’qotamiz” degan shior ostida ish ko`rgan tashkilotni aniqlang.
Taypinlar
Ixetuan
Gomindan
Tunminxay
Ixetuan harakati qachon qo`zg`olon tusini oldi?
1889-yilda
1895-yilda
1906-yilda
1899-yilda
Qaysi yili bo’lgan to’qnashuvda Sin hukumati yuborgan qo`shin qo`zg`olonchilardan yengildi?
1889-yilda
1899-yilda
1900-yilda
1906-yilda
Ixetuanlarning Pekinda o`z hokimiyatini o`rnatishi chet elliklar intervensiyasi boshlanishiga bahona bo`ldi. Intervensiyada nechta davlat qatnashdi?
5 ta
6 ta
8 ta
4 ta
Quyidagi qaysi davlat Xitoyga qarshi intervensiyada qatnashmagan?
Turkiya
Germaniya
Yaponiya
Italiya
Chet el interventlari qachon Pekin egallandi va Xitoyni asoratli shartnomani imzolashga majbur qildi?
1900-yil iyulda
1900-yil avgustda
1901-yil avgustda
1900-yil oktabrda
Xitoy chet el interventlariga qancha miqdorda tovon to`lashga majbur etildi?
13 mln. dollar
28 mln. dollar
33 mln. dollar
35 mln. dollar
Qachon AQSh davlat kotibi Xeyning “Xey” doktrinasi nomini olgan “ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” siyosati e’lon qilindi?
1889-yil sentabrda
1899-yil sentabrda
1898-yil avgustda
1900-yil oktabrda
“Intervensiya” so’zi lotinchada qanday ma’noni bildiradi?
“birlashtirish”
“egallash”
“aralashuv”
“homiy”
Quyidagi qaysi atamaiqtisodiy qoloq va qaram davlatlar burjuaziyasining chet el kapitali bilan ichki bozor o`rtasida vositachilik qiluvchi qismini anglatadi?
negosiant
komprador
kallabarotsionist
ixetuan
28-§. XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli
XX asr boshlarida Xitoyda har yili qancha korxona ishga tushirilar edi?
50 dan ortiq
40 ga yaqin
25 dan ortiq
35 dan ortiq
Xitoy eksporti 1901-yildan 1911-yilgacha qanchaga yetdi?
122 mln. dollarga
225 mln. dollarga
245 mln. dollarga
145 mln. dollarga
XX asr boshlarida qaysi davlat Xitoy bilan tovar ayirboshlashda birinchi o`rinda (50 %) turar edi?
Fransiya
Yaponiya
Buyuk Britaniya
Germaniya
1914-yilga kelib Xitoy xorijiy davlatlardan qancha miqdorda qarz bo`lib qoldi?
835 mln. dollar
725 mln. dollar
545 mln. dollar
845 mln. dollar
XX asr boshlarida Sun Yat Sen tashkiloti qanday talab bilan chiqdi?
konstitutsiyaviy monarxiya o’rnatish
respublika ta’sis etish
imperator vakolatlarini cheklash
qattiqqo’l monarxiya o’rnatish
Xitoyda qachon chet elliklardan temiryo’1 qurilishi uchun qarz olish haqida bitim tuzilgan?
1909-yilda
1914-yilda
1911-yilda
1906-yilda
Xitoy tarixiga “Sinxay inqilobi” nomi bilan kirgan inqilob qachon boshlangan?
1909-yilda
1914-yilda
1911-yilda
1910-yilda
Xitoydagi milliy-ozodlik harakatining atoqli arbobi Sun Yat Senning yashagan yillarini aniqlang.
1869-1915-yillar
1856-1916-yillar
1866-1925-yillar
1868-1922-yillar
“Sinxay inqilobi” qaysi shaharda boshlangan?
Guanchjou
Pekin
Uxan
Shanxay
Sun Yat Sen qachon “Xitoy uyushmalari ittifoqi” (“Tunminxay”) degan siyosiy tashkilot tuzdi?
1909-yilda
1904-yilda
1905-yilda
1910-yilda
Xitoy inqilobchilari tomonidan “Minbao” (Xalq gazetasi) qachondan chiqarila boshlangan?
1903-yil
1904-yil
1905-yil
1910-yil
1911-yil 29-dekabrda qaysi shaharda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi to`plandi?
Nankinda
Pekinda
Guanchjouda
Uxanda
Ma’lumki, Inqilob natijasida Xitoyda ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. Pekindagi imperator hukumatining boshlig`i kim edi?
Xun Syusyuan
Li szi-chen
Yuan Shikay
U San Guy
Xitoyda inqilobiy harakatning tazyiqi bilan qachon Sin sulolasini taxtdan voz kechdi?
1911-yil 12-fevralda
1911-yil 25-aprelda
1912-yil 12-fevralda
1912-yil 12-sentabrda
Sin sulolasi taxtdan voz kechgach, Yuan Shikay qayerda yangi hukumat tuzdi?
Pekinda
Nankinda
Guanchjouda
Uxanda
Xitoydagi demokratik kuchlar qachon Gomindan (Milliy partiya)ni tuzdilar?
1909-yilda
1914-yilda
1912-yilda
1910-yilda
Qachon Xitoyning janubida hukumatning reaksion siyosatiga qarshi “Ikkinchi inqilob” deb nomlangan qo`zg`olon boshlanib ketdi?
1911-yilda
1914-yilda
1913-yilda
1910-yilda
Nechanchi yildsa Yuan Shikay Konstitutsiyaviy Kengash chaqirdi va unda “Yangi Xitoy Konstitutsiyasi” qabul qilindi?
1911-yilda
1912-yilda
1914-yilda
1910-yilda
Quyidagi shaharlardan qaysi birida 1905-1906-yillarda rus inqilobi ta’sirida chiqishlar bo’lib o’tgan?
Shanxay
Nankin
Guanchjou
Ichan
Sin sulolasi Xitoyda qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
1644-1911-yillar
1625-1912-yillar
1368-1644-yillar
1628-1911-yillar
Xitoyda 1911-yilgi inqilob nima uchun “Sinxay inqilobi” deb ataladi?
inqilob bir yil davom etgani uchun, “sinxay” yil degani
inqilobda dehqonlar qatnashagani uchun, “sinxay” dehqon degani