16-§. AQSHning Tashqi siyosati
Ma’lumki, AQSh mustamlakalar va o`z ta’sir doiralarini qo`lga kiritishga Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdi. Uning e’tibori dastlab qaysi hududlarga qaratildi?
Lotin Amerikasi va Uzoq Sharqdagi egallanmagan hududlarga
Karib havzasi va Tinch okeani bo’yida joylashgan mamlakatlarga
Lotin Amerikasida joylashgan mamlakatlarga
B va C javoblar to’g’ri
Birinchi Panamerika konferensiyasi qachon chaqirildi?
1879-yilda
1882-yilda
1889-yilda
1893-yilda
AQSh Davlat departamenti tashabbusi bilan qaysi shaharda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi?
Vashingtonda
Fladelfiyada
Chikagoda
Buenos-Ayresda
Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan-bir aniq natijasi …
“Monro doktrinasi”ning Amerika davlatlari tomonidan tasdiqlanishi bo’ldi
“Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” doktrinasida o`z ifodasini topdi
xalqaro “Amerika respublikalari syezdi” degan assotsiatsiyasi tuzishdan iborat bo`ldi
iqtisodi nochor lotin Amerikasi mamlakatlariga “Dollar diplomatiyasi” siyosatining qo’llanilishi bo’ldi
Quyidagi qaysi atama AQShning g`arbiy yarim shardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan siyosatini ifodalaydi?
“Panamerikanizm”
“Yo’g’on kaltak” siyosati
“Monro doktrinasi”
“Dollar diplomatiyasi”
AQSH “Monro doktrinasi”ga tayanib …
Samoa orollari qo`lga kiritdi
G’arbiy yarim sharning politsiyasiga aylandi
Xitoyni ekspansiya qilishda teng imkoniyatlarni qo’lga kiritdi
Iqtisodi nochor Lotin Amerikasi mamlakatlariga yordam berish mahonasida o’z ta’sirini o’rnatdi
AQSH qachon Tinch okeanining markazidagi Gavayi orollari bosib oldi?
1887-yilda
1881-yilda
1893-yilda
1899-yilda
AQSh qachon o`z fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasi ostida Kuba sohillariga o`z harbiy kemasini yubordi?
1896-yilda
1887-yilda
1897-yilda
1898-yilda
Gavana reydida turgan AQSH harbiy kemasi noma’lum sababga ko`ra portlab ketishi natijasida necha kishi halok bo`ldi?
100 ga yaqin kishi
268 kishi
272 kishi
250 kishi
Qaysi urush dunyoni qayta bo`lib olish yo`lidagi birinchi urush edi?
Rus-Yapon urushi
Amerika-Ispaniya urushi
Fransiya-Prussiya urushi
Birinchi jahon urushi
1898-yil 10-dekabrda qaysi shaharda AQSh – Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi?
Parij shahrida
London shahrida
Buenos-Ayres shahrida
Vashington shahrida
Qaysi javobda 1898-yil 10-dekabrda imzolangan AQSh – Ispaniya tinchlik shartnomasi natijasi to’g’ri berilgan?
AQSh Puerto-Riko va Guam orollariga ega bo`lib oldi
Ispaniyaga 20 mln. dollar to`lab Filippinga ega bo`lib oldi
Gavayi orollari batamom anneksiya qilib olindi
Barcha javoblar to’g’ri
AQSH 1903-yilda qaysi davlatga AQShning ruxsatisiz bironta davlat bilan ittifoq tuzish yoki o`zining ichki siyosatiga birorta o`zgarish kiritmaslikni ko’zda tutuvchi majburan shartnoma qabul qildirdi?
Kubaga
Panamaga
Ispaniyaga
Meksikaga
1911- yil oxirida AQShning qaysi davlatga sarflangan kapitali 1,5 mlrd. dollarga yetdi?
Kubaga
Panamaga
Xitoyga
Meksikaga
XX asr boshida Meksika iqtisodiyoti sohalarining AQSh monopolistlarining qo`liga o`tgan miqdori qaysi javobda to’g’ri berilgan?
1)Shaxtalar; 2) metallurgiya korxonalari; 3)neft; 4)kauchuk ishlab chiqaruvchi korxonalar.
a) 68 %, b)78 %, c)58 % , d)72 %.
1-a, 2-d, 3-c, 4-b
1-b, 2-d, 3-c, 4-a
1-b, 2-c, 3-d, 4-a
1-d, 2-a, 3-c, 4-b
AQSh Lotin amerikasidagi qaysi davlatlarga asoratli shartlar asosida qarz berdi?
Gvatemala, Chili va Urugvayga
Kosta-Rika va Nikaraguaga
Gvatemala, Kosta-Rika va Nikaraguaga
Braziliya, Kuba va Chiliga
Dastlab Panama kanalini qurishga kirishgan va bankrotga uchragan aksionerlik jamiyati qaysi davlatga tegishli edi?
Fransiyaga
Italiyaga
Ispaniyaga
Buyuk Britaniyaga
Panama kanali joylashgan hudud dastlab qaysi davlatga tegishli edi?
Panama respublikasiga
Kolumbiyaga
Meksikaga
Kosta-Rikaga
AQSh qachon Panamada Kolumbiyaga qarshi isyon tashkil etdi va u yerda qo`g`irchoq davlat tuzdi
1900-yil 3-noyabrda
1901-yil 15-fevralda
1903-yil 22-aprelda
1903-yil 3-noyabrda
Ma’lumki, Panama hukumati AQSh bilan kanal qazish, temiryo`llar va Panama kanali bo`yida istehkomlar qurish uchun Amerikaga juda keng huquqlar beigan shartnomani imzoladi. Buning evaziga Panama qancha pul oldi
10 mln. dollar
15 mln. dollar
20 mln. dollar
18 mln. dollar
Panama kanalini qurish bo’yicha imzolangan kelishuvga ko’ra AQSH Panama davlatiga yiliga renta olib turadigan bo`ldi?
250 ming dollar
500 ming dollar
750 ming dollar
10 mln. dollar
Panama kanali qurilishi qachon tugallandi?
1904-yilda
1910-yilda
1912-yilda
1914-yilda
IV Panamerika konferensiyasi qachon va qayerda o`tkazilgan?
1910-yil Buenos-Ayresda
1912-yil Buenos-Ayresda
1889-yil Vashingtonda
1910-yil Vashingtonda
Amerika Respublikalari ittifoqi tashkiloti qachon “Panamerika ittifoqi” deb nomlandi?
1889-yilda
1910-yilda
1912-yilda
1914-yilda
“Dollar diplomatiyasi” siyosati qachon e’lon qilindi?
1908-yilda
1910-yilda
1912-yilda
1914-yilda
Quyidagi qaysi atamalar AQSHning Lotin Amerikasi mamlakatlarini o’ziga qaram qilishgan qaratilgan siyosatini ifodalaydi?
“Dollar diplomatiyasi”
“Yo’g’on kaltak” siyosati
“Monro doktrinasi”
barcha javoblar to’g’ri
AQSh davlat kotibi Xey qachon yirik davlatlarga ayni bir mazmunda nota (Xey doktrinasi)ni yubordi?
1899-yilda
1901-yilda
1902-yilda
1910-yilda
AQSH tomonidan ilgari surilgan “Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” doktrinasi qayerda qo’llanilgan?
Lotin Amerikasida
Yaponiyada
Xitoyda
Afrikada
Ushbu so’zlar qaysi AQSH prezidentiga tegishli: “Yangi davr arafasida turibmiz. Bu davrda biz amerikaliklar dunyoni boshqarishimiz kerak”?
T.Ruzveltga
V.Vilsonga
V.Taftga
F.D.Ruzveltga
Qaysi javobda AQSH prezidentlari siyosiy faoliyati bilan bog’liq tarixiy atamalar noto’g’ri berilgan?
T.Ruzvelt – “Adolatli yo’l”,
V.Taft – “Dollar diplomatiyasi”
V.Vilson – “Monro doktrinasi”
T.Ruzvelt – “Yo’g’on kaltak” siyosati
AQSHning tashqi ishlar vazirligi qanday ataladi?
Davlat departamenti
Pentagon
Federal departament
FRB
Nota nima?
rasmiy norozilik xati
bir davlatning boshqa bir davlatga yozgan rasmiy murojaatnomasi
bir davlatning boshqa bir davlatga qo’ygan qat’iy talabi
oliy davlat hukumat boshlig`iga ko`pchilik tomonidan birgalikda beriladigan rasmiy ariza, iltimosnoma
Quyidagi AQSH prezidentlarining hukmronlik yillarini aniqlang.
1)Mak-Kinli; 2)T.Ruzvelt; 3)B.Garrison; 4)V.Vilson; 5)V.Taft. a)1908-1912-yillar, b)1901-1908-yillar, c)1897-1901-yillar, d)1889-1893-yillar, e)1912-1920-yillar
1-c, 2-a, 3-d, 4-e, 5-b
1-c, 2-b, 3-d, 4-e, 5-a
1-d, 2-a, 3-b, 4-e, 5-c
1-d, 2-b, 3-c, 4-a, 5-e
Qaysi AQSH prezidenti demokratik partiya vakili hisoblanadi?
S.Klivlend
T.Ruzvelt
V.Vilson
V.Taft
Qaysi AQSH prezidenti respublikachilar partiyasi vakili hisoblanadi?
B.Garrison
Ch.Artur
S.Klivlend
A va C javoblar to’g’ri
17-§. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Lotin Amerika davlatlari
Yangi davrda Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko’pchiligi qaysi davlatlar tomonidan istilo qilingan edi?
Italiya va Portugaliya
Ispaniya va Fransiya
Ispaniya va Portugaliya
Ispaniya va Buyuk Britaniya
Lotin Amerikasida siyosiy jihatdan mustaqil bo`lgan davlatlarning tashkil topish jarayoni nechanchi yilga kelib, deyarli tugallandi?
1860-yilga
1870-yilga
1875-yilga
1880-yilga
Quyidagi qaysi omil yangi davrda Lotin Amerikasi mamlakatlarining taraqqiyotdan orqada qolishiga sabab bo’lgan?
O’rta asr feodal tartiblarining saqlanib qolganligi
O’zaro ichki kurashlarning kuchayib ketganligi
Lotin Amerikasida mustamlakachi Ispaniya va Portugaliya davlatlaridagi o’rta asr feodal munosabatlariga asoslangan andazaning joriy etilganligi
A va C javoblar to’g’ri
XIX asr oxirida qaysi davlat Lotin Amerikasi davlatlariga eng ko`p kapital kiritgan?
Buyuk Britaniya
AQSH
Germaniya
Fransiya
XIX asr oxirida …
Lotin Amerikasiga AQSh kapitali kirib kela boshladi
Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko`pchiligida sanoat taraqqiyoti endigina boshlangan edi
Lotin Amerikasi mamlakatlari amalda Angliya va AQShning yarim mustamlakalariga aylanib qoldilar
barcha javoblar to’g’ri
Lotin Amerikasiga Buyuk davlatlar tomonidan kiritilgan asosiy mablag’lar qaysi sohalarga sarflandi?
paxta va shakarqamish plantatsiyalariga
bandargohlarga, temiryo`llar qurilishiga, banklarga
tropik o`simliklarni o`stirishga va go`sht sanoatiga
B va C javoblar to’g’ri
1897-yili AQSh Lotin Amerikasiga qancha miqdorda kapital kiritgan?
250-300 mln. dollar
550-600 mln. dollar
750-800 mln. dollar
1 mlrd. dollar
1913-yili Lotin Amerikasiga kiritilgan AQSh kapital qanchaga yetdi?
750-800 mln. dollar
1 mlrd. dollar
1,5 mlrd. dollar
2 mlrd. dollar
Kuba xalqi qaysi yillarda Ispan mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashi olib bordi?
1868-1874-yillarda
1868-1878-yillarda
1888-1898-yillarda
1878-1882-yillarda
Kubada qachon qulchilik bekor qilindi?
1860-yilda
1878-yilda
1884-yilda
1880-yilda
Kuba xalqining mustamlakachilarga qarshi ozodlik kurashiga boshchilik qilgan milliy qahramonlari kimlar edi?
Migel Idalgo va Emiliano Sapata
Xose Marti va Migel Idalgo
Xose Marti va Maksimo Gomes
Simon Bolivar va va Maksimo Gomes
Kuba xalqi qachon mustamlakachilarga qarshi o`z milliy qahramonlari boshchilida qo`zg`olon ko`tardi?
1895-yilda
1897-yilda
1898-yilda
1879-yilda
Parijda imzolangan AQSH-Ispaniya sulh shartnomasi quyidagi qaysi davlatning “taqdirini” hal qildi?
Meksikaning
Panamaning
Kubaning
Kolumbiyaning
Qachon AQSh-Meksika munosabatlari keskinlashdi?
XIX asrning 50-yillarida
XIX asrning 60-yillarida
XIX asrning 70-yillarida
XIX asrning 90-yillarida
AQSh qachon Meksikaning shimoliy tumanlarida Amerika korxonalari va temiryo`llar qurish uchun Meksika hukumatidan “ruxsat” so`radi?
1871-yilda
1866-yilda
1876-yilda
1886-yilda
1876-yilda AQSH aralashuvi bilan Meksikada amalgam oshirilgan to’ntarishdan so’ng kim prezident deb e’lon qilindi?
Porfirio Dias
Sebastian Lerdo de Texada
Madero
Emiliano Sapata
Dias idora qilgan davrning oxiriga borib, AQShning Meksikaga qo`ygan kapitali …dollardan oshdi.
750-800 mln.
1 mlrd.
1,5 mlrd.
1,2 mlrd.
Dias idora qilgan davrning oxiriga borib, AQSh Meksikada qaysi sohani o`z qo`liga oldi?
tropik o’simliklar va g’osht sanoatini
neft konlarini
banklar va temiryo’llar qurilishini
shakarqamish va paxtani qayta ishlash sanoatini
1910-yillarda AQSH Meksika tashqi savdosining necha foizini o`z nazoratiga bo`ysundirdi?
75 %
80 %
90 %
95 %
P.Disa ozgina tanaffus bilan Meksika nechanchi yillarda prezidentlik qildi?
1876-1911-yillar
1872-1876-yillar
1876-1892-yillar
1876-1909-yillar
Qachon Meksikada hosil bo`lmaganligi oqibatida dehqonlar g`alayoni boshlandi?
1899-yilda
1909-yilda
1894-yilda
1913-yilda
1909-yil Meksikada kim “dehqonlarni himoya qilish xuntasi”ni tuzdi?
E.Sapata
F.Madero
P.Dias
Uerta
Meksikada tuzilgan “dehqonlarni himoya qilish xuntasi”ning shiori qanday chaqiriqdan iborat edi?
“Yer va ozodlik”
“Ishlab yashaylik, yoki jang qilib o’laylik”
“Tenglik va ozodlik”
“Meksika meksikaliklar uchun”
Meksikada muxolifatga bosh bo’lgan Cho`yan quyuvchi zavod va paxta plantatsiyalarining egasi kim edi?
E.Sapata
F.Madero
P.Dias
Uerta
Meksikada 1908- yilda kim siyosiy broshyura nashr qilib, unda Konstitutsiyaga muvofiq qonuniy sayloylar yo`li bilan hokimiyatni almashtirish zarurligi haqidagi fikrlarni ilgari surdi?
E.Sapata
P.Dias
F.Madero
Uerta
Qaysi yili Meksikada prezidentlik saylovi o`tkazildi?
1910-yilda
1912-yilda
1908-yilda
1913-yilda
“San-Luis-Potosi rejasi” deb atalgan dastur kim tomonidan e’lon qilingan?
E.Sapata
F.Vilya
F.Madero
Uerta
Dias davrida AQSHga qochib ketgan Madero qachon Meksikaga kirib keldi va prezidentlik lavozimini egalladi?
1911-yil 25-aprelda
1911-yil 7-iyunda
1912-yil 17-iyunda
1911-yil 27-dekabrda
Madero prezidentligi davrida qanday o’zgarishlarni amalga oshirdi?
diktatura davrida hindulardan g’ayriqonuniy tortib olingan yerlarini qaytarib berdi
ish kununi 10 soatgacha cheklab qo`ydi va ishlab chiqarishda jarima tizimini bekor qildi
iqtisodini himoya qilish uchun chet el kapitali kiritilishini taqiqladi
u birorta ham o`zgarish qila olmadi
Diasning maslakdoshi Uerta qachon davlat to`ntarishi o`tkazdi va Madero otib tashlandi?
1912-yilda
1913-yilda
1915-yilda
1917-yilda
Meksika tarixiga “burjua inqilobi” nomi bilan kirgan inqilob qachon yuz berdi?
1868-1878-yillarda
1910-1917-yillarda
1909-1912-yillarda
1917-1921-yillarda
Mamlakat janubidagi dehqonlar harakatining rahbari Emiliano Sapata qachon o`z agrar dasturini e’lon qildi?
1909-yil
1911-yil
1914-yil
1917-yil
Inqilob davrida Meksika shimolidagi dehqonlar harakatiga kim rahbarlik qildi?
Fransiska Vilya
General Uerta
Maksimo Gomes
F.Madero
E.Sapata va F.Vilya qurolli kuchlari qachon mamlakat poytaxti Mexiko shahrini egalladi?
1912-yilda
1913-yilda
1914-yilda
1915-yilda
1910-1917-yillardagi Meksika inqilobining oqibatlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1)hukumat agrar masalani qisman bo`lsa-da hal etdi; 2)dehqonlar qo’zg’oloni g’alaba qozondi va latifundistlarning yerlari dehqonlarga bo’lib berildi; 3)latifundistlar tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlar dehqonlarga qaytarildi; 4)dehqonlar harakati rahbari E.Sapata hukumatga keldi; 5)demokratik ruhdagi Konstitutsiya qabul qilindi.
1, 2, 5
2, 3, 4
1, 3, 5
1, 2, 4
Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni belgilang.
Meksikada dehqonlar qo’zg’oloni bostirildi; demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi
E.Sapata va F.Vilya qurolli kuchlari Mexiko shahrini egalladi; “San-Luis-Potosi rejasi” qabul qilindi
Madero poytaxtga kirib keldi va prezidentlik lavozimini egalladi; E.Sapata o`z agrar dasturini e’lon qildi
A va C javoblar to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |