I. Asosiy qism



Download 45,48 Kb.
bet5/6
Sana27.05.2022
Hajmi45,48 Kb.
#612215
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilshod

II.Texnologik qism
2.1. Texnologik jarayon va qurilma tahlili
Tabiiy gazni oltingugurtli gazlardan tozalashda tarelkali absorberlar qo‘llaniladi. Tarelkali absorberlarni ishlash jarayonida, tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashib, ularning harakati boshqariladi. Gazlarning suyuqlikdan o‘tishi va natijada tomchi hamda ko‘piklarning hosil bo‘lishi deyiladi. Sanoatda konstruktiv tuzilishi turlicha bo‘lgan tarelkalar ishlatiladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilishiga qarab tarelkali absorberlar: quyilish qurilmasi bor va quyilish qurilmasi yo‘q bo‘ladi.
Quyilish qurilmasi bor tarelkali kolonnalarda suyuqlik bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyiluvchi truba yoki maxsus qurilma orqali o‘tadi. Bunda trubaning pastki qismi pastki tarelkadagi stakanga tushirilgan bo‘lib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi, ya’ni bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga faqat suyuqlikni o‘tkazib gazni o‘tkazmaydi. Bunda suyuqlik kolonnaning yuqorigi qismidagi tarelkaga berilib, bu suyuqlik tarelkadan tarelkalarga maxsus qurilma orqali o‘tib, kolonnaning pastki qismidan chiqib ketadi. Gaz esa kolonnaning pastki qismidagi tarelkalarning teshikchalaridan pufakchalar holida taqsimlanib, tarelkalardagi suyuqlik qatlamida ko‘pik hosil qilib yuqoriga harakat qiladi. Tarelkada hosil bo‘lgan gaz ko‘piklari modda va issiqlik almashinish jarayonining asosiy qismini tashkil qiladi. Tozalangan gaz esa kolonnaning yuqorigi qismidan chiqadi. Quyilish trubalari shunday joylashtiriladiki, bunda qo‘shni tarelkadagi suyuqlik qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi.
Quyilish qurilmasi MGQIZda absorberlarda elaksimon tarelkalar o‘rnatilgan. Turli xildagi quyilish qurilmasi bo‘lgan tarelkalarning samarali ishlashi gidrodinamik harakat rejimiga bog‘liq. Gazlarning tezligi va suyuqlikning tarelkalarda taqsimlanishiga qarab tarelkali absorberlar uch xil: pufakli, ko‘pikli, ingichka oqimli gidrodinamik rejimda ishlaydi
Gazning tezligi kichik bo‘lganda, u suyuqlik qatlamidan alohida pufakchalar holida o‘tadi. Bu tarelkalardagi gaz bilan suyuqlikning kontakt yuzasi kichik bo‘ladi. Bunday holat pufakli rejimni tashkil etadi.
Gazning sarfi ortganda aloxida pufakchalar bir-biri bilan birlashib, bir chiziqli oqim hosil qiladi. Ma’lum masofadagi oqimda barbotaj qatlamining qarshiligi natijasida oqimning bir chiziqliligi buzilib, katta pufakchalar hosil bo‘ladi. Bu vaqtda tarelkada suyuqlik — gaz dispers sistemasi yoki ko‘piklar yuzaga keladi. Bu sistema beqaror bo‘lib, gazning berilishi to‘xtatilishi bilan ko‘piklar hosil bo‘lmaydi. Bu ko‘pikli rejimda gaz bilan suyuqlikning kontakti gaz pufakchalarining yoki gaz oqimlarining yuzasida, shuningdek, suyuqlik tomchilarining sirtida yuz beradi. Ko‘pikli rejimda ishlaydigan tarelkali absorberlarda gaz bilan suyuqlikning kontakt yuzasi miqdori katta bo‘ladi.
Tabiiy gazni aminli absorbentlar bilan tozalashda, ma’lum bir absorbent kompozitsiyasini tayyorlash orqali oltingugurtlili gazlardan tozalashning ko‘piklanishni olishning samarali usulini ishlab chiqishdan iborat. Magistrlik dissertatsiya amaliyoti davrida, eng maqbul absorbent kompozitsiyasini aniqlashga muvofiq bo‘lindi. Oltingugurtli gazlarni aminli absorbentlar bilan tozalashda va ko‘piklanishni oldini olishda quydagi absorbent kompozitsiyasi samarali ekanligi aniqlandi:
-metildietanolamin (MDEA) -30-40%-absorbent;
-polimol-10-15% -sirt aktiv modda;
-etilenglikol (EG)- 10-15% -erituvchi;
-suv 30-35% erituvchi disotsion muhit hosil qilishda.
MDEA li kompozitsiyaning pH muhiti 10 dan yuqori bo‘lgandagina absorbent suvning miqdori 30% ni tashkil qiladi va absorbentning qovushqoqligi yetarli darajada bo‘ladi.
Gazni vodorod sulfiddan tozalash siklik absorbsiya usulida olib borilib, bunda metildietanolaminning 30-40%li suvli eritmalari vodorod sulfidni yutuvchi sifatida ishlatiladi.
MDEAning shu maqsadda keng ishlatiladigan alkanolaminlar, monoetanolamin va dietinolaminga nisbatan afzalliklari quyidagilardan iborat:
vodorod sulfidni С02 aralashmasidan ajratishda yuqori selektivlikka (tanlab ajratishga) ega.
sistemada aylanib yuruvchi eritma kichik xajmda bo‘ladi.
eritma regeneratsiyasi uchun suv bug‘ining solishtirma sarfi kam.
uglerodli po‘latga eritma kam ta’sir etadi, ya’ni zanglash xususiyati kam.
uncha yuqori bo‘lmagan ko‘piklanishga moyillik.
Siklik jarayon moxiyati shundan iboratki, bunda gaz MDEA eritmasi bilan yuboriladi, so‘ngra eritma regeneratsiya qilinadi va yana u yuvish boskichiga (absorbsiyaga) qaytariladi.
MDEAga vodorod sulfidning va karbonat angidridning absorbsiyasi quyidagi kimyoviy reaksiyalar bilan uzatiladi.
R3N+H2S+ R3NH+-HS_ (l)
R3N+C02+H20+R3NH+HC03" (2)
2-tenglama karbonat angidridning MDEA bilan o‘zaro ta’sirining umumiy reaksiyasi bo‘lib, u bikarbonat hosil bo‘lishi bosqichidan:
С02+ Н20+Н С03"+Н+
va neytrallash bosqichidan iborat:
R3N+H++ R3NH+
1 -reaksiya amaliy jixatdan bir zumda yuz beradi.
НС03" ning hosil bo‘lishi juda sekin yuz beradigan reaksiya bo‘lib, u 2-reaksiya bo‘yicha С02 ning MDEA bilan bog‘lanish tezligi yig‘indisini nazorat qiladi.
Ma’lumki, gaz aralashma komponentlarining suyuqliklarga absorbsiya tezligi shu komponentlarning ikki faza - gaz va Suyuqlik aralashmasi tezligi bilan aniqlanadi.
Bunda, agar H2S va С02 ning gaz fazasidagi almashinish tezligi o‘zaro yaqin bo‘lsa, ularning suyuqlikdagi almashinish tezligi ko‘proq 1- va 2-kimyoviy reaksiyalarda boradigan absorbsiya tezligi bilan aniklanadi. Shu sababli 1- va 2-reaksiyalar tezligi juda katta bo‘lishiga qaramasdan H2S va С02 ning MDEA eritma bilan umumiy absorbsiya tezligi unchalik darajada bo‘lmasa xam, H2S ning tezroq yutilishi bilan farqlanadi.
Shu tariqa, ushbu xolatda gaz tarkibida С02 qatnashgan gazdan H2S hi tanlab ajratishga erishish mumkin. Bunda absorber shunday o‘lchamlarga ega bo‘lishi lozimki, ya’ni gazning unda bo‘lish vaqtini ta’minlay olishi, amaliy jixatdan umumiy vodorod sulfidning yutishni ta’minlay olishi, karbonat angidridning katta miqdordagisini ajratib olishga mo‘ljallanmagan bo‘lishi kerak. Tanlab yutuvchi sifatida MDEA bug‘ining afzalligi ayniqsa, H2S: С02 nisbati <1 bo‘lgan kam oltingugurtli gazlarni tozalashda kuzatiladi.
Uglevodorod gazlarini quritish, gaz quvurlari magistrali bo‘ylab tashiladigan tabiiy gazni tayyorlash jarayonidagi asosiy bo‘g‘imlardan hisoblanadi.
Quritish darajasi gaz sifatiga qo‘yiladigan talablar va gazni keyingi qayta ishlash texnologik jarayonlari bilan aniqlanadi. Uglevodorod kondensati va suvni ajratish uchun zavodda past haroratli ajratish (separatsiya) jarayoni qo‘llaniladi. Gidratlar hosil bo‘lishiga qarshi kurashish uchun sovugan gazga gidrat hosil bo‘lishiga qarshi ingibitor - dietilenglikol sepiladi.

Download 45,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish