I asosiy qism. 1 Favqulodda vaziyatda axoli muxofazasi



Download 32,38 Kb.
bet5/10
Sana28.06.2022
Hajmi32,38 Kb.
#712128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kamron

Metodologik qism


2.1 Favqulodda vaziyat — muayyan hududda o‘zidan so‘ng odamlarning qurbon bo‘lishi, odamlar sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga ziyon yetkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stixiyali yoki ekologik ofat, epidemiyalar, epiziotiyalar, enifototiyalar natijasida yuzaga kelgan holat.
FVDT boshqaruv organlari, respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
Hudud — bu yer, suv, havo makoni yoki uning bir qismi, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi obyektlar, shuningdek atrof-tabiiy muhit.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — bu favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan hamda odamlarni qutqarish va kishilar sog‘lig‘ini saqlash, atrof-tabiiy muhitga zararning hamda moddiy zararlarning miqdorlarini kamaytirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar zonalarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular uchun xos bo‘lgan xavfli omillar ta’sirini bartaraf etishga yo‘naltirilgan avariya-qutqaruv, boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar majmui.
Ijtimoiy-siyosiy mojarolar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar oqibatida zararlangan obyektlar va hududlarni tiklash harakatlari FVDT vakolatiga kirmaydi.
FVDT organlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va mazkur Nizomga amal qiladilar.
Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida hududiy va iqtisodiy me’yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va amalga oshirish;
respublika hududidagi mumkin bo‘lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni prognozlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirish, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, iqtisodiyot tarmoqlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta’minlash;


aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish, almashish va berish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholining, shu jumladan ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish.
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlardan iborat bo‘ladi hamda respublika, mahalliy va obyektlar miqyosidagi uch darajaga ega bo‘ladi.
FVDTning hududiy quyi tizimlari o‘z ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi hamda tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi.
FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom; ushbu quyi tizimlar to‘g‘risida mahalliy geofizik va tabiiy iqlim sharoitlarini, kuchli xavfli obyektlarning mavjudligini hisobga olib ishlab chiqiladigan nizomlar bilan belgilanadi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
7. FVDTning funksional quyi tizimlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda* atrof-tabiiy muhit va kuchli xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek idoraga qarashli obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda quyi tizimlarning davlat nazorati (nazorat-inspeksiya xizmatlari) organlari, kuch va vositalaridan iborat bo‘ladi.

FVDT funksional quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish hamda davlat nazorati (nazorat-inspeksiya xizmatlari) organlarining tarkibi, kuzatish va nazorat tashkilotlari va boshqa bo‘linmalari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuchlari va vositalari mazkur Nizom, ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi vazirliklar va idoralarning atrof-tabiiy muhit ahvolini kuzatish va nazorat qilish sohasidagi funksiyalari, idoraga qarashli kuchli xavfli obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyati hisobga olingan holda ishlab chiqiladigan nizomlar bilan belgilanadi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli vazirlar va idoralar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.


FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega bo‘ladi:
FVDT rahbar organlari;
FVDT kundalik boshqaruv organlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari;
xabar berish, aloqa tizimlari, boshqaruv va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimlari (BAT).
FVDT rahbar organlari — bu aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari va obyektlar ma’muriyatidir:
respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
atrof-tabiiy muhit va kuchli xavfli obyektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan, shuningdek, tarkibida kimyoviy, portlovchi, yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan va boshqa xavfli obyektlar mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar;
mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari;
obyektlar darajasida — korxonalar (muassasalar, tashkilotlar) ma’muriyati.
FVDT, uning quyi tizimlari va bo‘g‘inlarining faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha ularga yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorligi uchun to‘liq javobgarlik tegishli rahbar organlarga yuklanadi.
2.1 FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi mazkur nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari hamda axborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat bo‘lib, respublika, mahalliy va obyekt darajalariga ega.
FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega bo‘ladi:
FVDT boshqaruv organlari;
FVDT tezkor-boshqaruv organlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari;
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
FVDTning hududiy quyi tizimlari o‘z ma’muriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi.
FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, xavf darajasi yuqori obyektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — FVV) bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
FVDTning funksional quyi tizimlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajarish, shuningdek, idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuch-vositalaridan iborat bo‘ladi.
FVDT funksional quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat ko‘rsatish tartibi mazkur Nizom, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha funksiyalari, xavf darajasi yuqori bo‘lgan idoraviy mansub obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tasdiqlanuvchi ixtisoslashgan xizmatlar va avariya-qutqaruv tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar bundan mustasno).
FVDTning axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari;
atrof tabiiy muhit va xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari;
turg‘un (statsionar) boshqaruv punktlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch-vositalarini boshqarishning harakatdagi punktlari;
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining ixtisoslashgan hamda laboratoriya nazorati va kuzatuv tizimidagi bo‘linmalaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati o‘zgarishi, atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari hamda gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) holat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash (tahlil qilish va saqlash);
FVDTning boshqaruv organlari, kundalik boshqaruv organlari, kuchlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, xususiyatlari, rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida xabardor qilish va ma’lumot (axborot) berish;
FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlari, boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuch-vositalari o‘rtasida o‘zaro axborot va ma’lumot almashinuvini ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDT quyi tizimlari va bo‘g‘inlariga, shuningdek, aholiga yetkazish muddatlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha kundalik hamkorlik qilish va xabar berish yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi.


Download 32,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish