2. Aldegidlarga xos xususiyatlarga oid.
1. Sirka aldegidi qanday kimyoviy reaksiyalarga kirishadi?
1) birikish; 2) gidroliz; 3) oksidlanish; 4) "kumush ko’zgu"; 5) almashinish.
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,3,4 E) 1,3,5
2. Aldegidlar qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishadi?
1) suv; 2) kumush(I) oksid; 3) natriy gidrosulfid; 4) kalsiy karbonat
A) 1 B) 2 C) 2va.4 D) 2 va 3 E) 1 va2
3. Natriy asetat, formaldegid va etanolning suvli eritmalarini qaysi modda yordamida bir-biridan farkini aniqlash mumkin?
A) CH3COOH B) NaOH C) KMnO4 + H2SO4 D) Na E) [Ag(NH3)2]OH
4. Tarkibida aldegid guruxi bo’lgan moddalarga yangi tayyorlangan xavo rang Cu(OH)2 ta’sir ettirilsa, qanday o’zgarish kuzatiladi?
A) Oq cho’kma hosil bo’ladi. B) Sariq, cho’kma hosil bo’ladi.
C) Rang o’zgarishi kuzatilmaydi. D) Qizil cho’kma hosil bo’ladi.
E) Sariq cho’kma paydo bo’ladi va u asta-sekin qizil rangga aylanadi.
5. Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri formaldegid, chumoli aldegid va metanal uchun taalluqlidir?
A) gomologlar B) struktur izomerlar C) barchasi bitta modda
D) geometrik izomerlar E) optik izomerlar
6. Quyidagi moddalardan qaysilari aldegidlar bilan reaksiyada va qaysi jarayonlarda qatnashishi mumkin? 1) mis(II) sulfat eritmasi; 2) mis(II) gidroksid;
3) kumush(I) oksid; 4) oksidlovchilar; 5) qaytaruvchilar;
6 ) mis(I) gidroksid 7) gidratlanish; 8) eterifikasiya
A) 1.3.5.6 B) 2.4,7.8 C) 2.3,4.5 D) 2.3,6.7 E) 1.4.7.8
7. Qaysi reaktiv yordamida atseton, geksanal va geksin-1 ni bir-biridan farqlash mumkin?
A) bromli suv B) suv C) kumush oksidning ammiakli eritmasi
D) kaliy permanganat eritmasi.
8. Formaldegidning vodorod bilan reaksiyasida olingan mahsulot ikki qismga ajratildi. Bir qismi oksidlanib, ikkinchi qismi bilan aralashtirildi. Olingan aralashma sulfat kislota ishtirokida qizdirilsa qanday modda hosil bo'ladi?
A) ko'mir kislotaning metil efiri B) etilformiat
C) fenolformaldegid smolasi D) metilformiat
9. Aldegidlar qanday moddalar bilan reaksiyaga kirishadi?
1) mis(II) gidroksid; 2) kaliy sulfat; 3) kumush(I) oksid (ammiakdagi); 4) vodorod (katalizator; t°); 5) mis(I) gidroksid.
A) 2, 5 B) 1,3, 4 C) 1,2, 5 B) 3, 4
10. Quyidagi moddalardan qaysilari aldegidlar bilan reaksiyaga kirishmaydi?
1) mis(II) gidroksid (t°); 2) vodorod (t°, katalizator); 3) [Аg(NН3)2]ОН (t°); 4) CO(NH2)2; 5) Ag2O (xlorid kislotali eritmasi); 6) mis(II) sulfat eritmasi (t°).
A) 5, 6 B) 1,2, 3,4 C) 4, 5,6 D) 1,2,3
Do'stlaringiz bilan baham: |