7. Bog’lar soni bo’yicha alkanni aniqlash.
1. Agar alkan tarkibidagi uglerod-uglerod bog`lar soni uglerod-vodorod bog`lar sonidan 9 taga ko’p bo`lsa, alkanni toping.
A) butan B) geksan C) oktan D) geptan
2. Agar alkan tarkibidagi uglerod-uglerod bog`lar soni uglerod-vodorod bog`lar sonidan beshtaga kam bo`lsa alkanni toping.
A) CH4 B) C2H6 C) C3H8 D) C2H4
3. Agar alkan tarkibidagi C – C bog`lar soni umumiy bog`larning 23 % ini tashkil etsa alkanni toping.
A) C2H6 B) C3H8 C) C4H10 D) C5H12
4. Agar alkan tarkibidagi uglerod-uglerod bog`lar soni uglerod-vodorod bog`lar soni to’rttaga ko`p bo`lsa, alkanni toping.
A) metan B) etan C) propan D) pentan
5. Agar alkan tarkibidagi uglerod-uglerod bog`lar soni uglerod-vodorod bog`lar soni ettitaga ko`p bo`lsa alkanni toping.
A) butan B) pentan C) geksan D) geptan
6. Agar alkan tarkibidagi uglerod-uglerod bog`lar soni uglerod-vodorod bog`lar nisbati 1:3 bo`lsa alkanni toping.
A) etan B) propan C) butan D) pentan
7. Agar alkan tarkibidagi C – C bog`lar soni umumiy bog`larni 25 % ini tashkil etsa alkanni toping.
A) etan B) propan C) butan D) pentan
8. Agar alkan tarkibidagi uglerod-uglerod bog`lar soni uglerod-vodorod bog`lar soni yig`indisi 31 ga teng bo`lsa alkanni toping.
A) C8H18 B) C10H22 C) C12H26 D) C14H30
9. Agar alkan tarkibidagi 3 ta sp3 gibridlangan markaz mavjud bo`lsa, undagi bog`larning necha foizini C – C bog`lari tashkil etadi.
A) 80 B) 60 C) 40 D) 20
10. Agar alkan tarkibidagi uglerod-uglerod bog`lar soni uglerod-vodorod bog`lari sonidan 10 ta kam bo`lsa, alkanni aniqlang.
A) C7H16 B) C6H14 C) C5H12 D) C4H10
8. Alkanlarning yonish formulasiga oid.
1. 0.1 mol uglevodorodning to’liq yonishi uchun 56 litr (n.sh.da) havo sarflangan. Ushbu uglevodorodning molekulyar formulasi va nomini aniqlang. Havo tarkibidagi kislorodning hajmiy ulushi 20 %.
A) C3H4; propin B) C2H6; etan C) C3H6; propen
D) C3H8; propan E) C4H10; butan
2. Alkanning 18 litr miqdorini yondirish uchun 125 litr kislorod ishtirok etganda, uning 8 litr miqdori ortib qolgan bo’lsa, alkan formulasida nechta uglerod atomi mavjud bo’ladi?
A) 7 B) 6 C) 5 D) 4 E) 3
3. 100 ml alkan yondirilganda, 300 ml uglerod(IV) oksid hosil bo’lgan. Uning molekulyar formulasini aniqlang.
A) propan B) etan C) propen D) etilen E) butan
4. Stexiometrik nisbatlarda olingan alkan va kislorod aralashmasi yondirilgandan keyin, suv bug’lari kondensatlandi va boshlang’ich sharoitga keltirilganda, mahsulot hajmi ikki marta kamaydi. Boshlang’ich aralashmadagi alkanni aniqlang.
A) propan B) etan C) butan D) pentan E) metan
5. Alkan va kislorod aralashmasining 1600 ml miqdori yondirildi. Suv bug’lari kondensatlangandan so’ng, kislorodning 400 ml hajmi ortib qoldi. Alkanning aniqlang.
A) metan B) etan C) propan D) butan
6. Hajmi 10 ml bo’lgan uglevodorod bilan mo’l miqdordagi kislorod iborat 110 ml gazlar aralashmasi yondirilgan, suv bug’lari kondensatlangan, qolgan gazlar normal xolatga keltirilganda, 90 ml xajmni egallagan. Gazlar aralashmasiga mo’l miqdordagi kaliy gidroksid eritmasi bilan ishlov berilganda, gazlar xajmi 60 ml gacha kamaygan. Uglevodorodni aniqlang.
A) propen B) butin C) Propin D) buten E) propan
7. Tarkibi 10 ml noma’lum uglevodorod va kisloroddan iborat 110 ml gazlar aralashmasi yondirilgan, reaksiyada xosil bo’lgan suv kondensatlangan keyin qolgan gazlar aralashmasi 80 ml bo’lgan. Shu aralashmaga mul miqdordagi kaliy gidroksid bilan ishlov berilganda, gazlar xajmi 50 ml gacha kamaygan. Noma’lum uglevodorodni toping.
A) etilen B) propan C) propen D) buten E) butan
8. Etan va kislorod aralashmasining 1100 ml miqdori yondirildi. Suv bug’lari kondensatsiyalangandan so’ng, mahsulot hajmi 600 ml gacha kamaydi (hajmlar bir xil sharoitda o’lchangan). Boshlang’ich aralashmadagi etanning hajmiy ulushini (%) hisoblang.
A) 44,8 B) 46,2 C) 18,2 D) 45,6 E) 36,5
9. Alkanning 18 litr miqdorini yondirish uchun 125 litr kislorod ishtirok etganda. Uning 8 litr miqdori ortib qolgan bo`lsa, alkan formulasida nechta uglerod atomi mavjud bo`ladi?
A) 7 B) 6 C) 5 D) 4 E) 3
Do'stlaringiz bilan baham: |