10. Alkinni bromli suvni rangsizlantirishi - 2.
1. Dimetilasetilen va propan aralashmasi bromli suv orqali o`tkazilganda idish og`irligi 8,1 gramga ortdi. Aralashmani yondirish uchun esa 31,92 litr (n.sh) kislorod sarflandi. Dastlabki aralashmaning massasini (g) aniqlang.
A) 11,78 B) 5,28 C) 13,38 D) 18,42
2. Etan va asetilen aralashmalari bromli suv solingan idish orqali o`tkazilganda, idishning massasi 2,6 gramga ortadi. O`shancha miqdordagi aralashmani yondirganda 28 litr (n.sh) uglerod (IV) oksid hosil bo`ladi. Dastlabki aralashmaning hajmi qancha (l) bo`lgan?
A) 14 B) 11 C) 8 D) 16 E) 20
3. Propan va asetilen aralashmasi bromli suv solingan idish orqali o`tkazilganda idishning massasi 10,4 gramga ortdi. O`shancha miqdordagi aralashma yondirilganda 31,36 litr (n.sh) uglerod (IV) oksid hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmadagi alkanning (%) ini toping.
A) 62,7 B) 54,5 C) 33,3 D) 45,83
4. Etan va propin aralashmasi bromli suv solingan idish orqali o`tkazilganda idishning massasi 10,8 gramga ortdi. O`shancha miqdordagi aralashma yondirilganda 98,56 litr (n.sh) uglerod (IV) oksid hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmadagi alkanning mol ulushini (%) toping.
A) 1,2 B) 0,2 C) 87 D) 14,3
5. Etan va propin aralashmasi bromli suv solingan idish orqali o`tkazilganda idishning massasi 6 gramga ortdi. O`shancha miqdordagi aralashma yondirilganda 135,52 litr uglerod (IV) oksid (n.sh) hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmadagi alkanning hajmiy ulushini (%) toping.
A) 2,8 B) 0,15 C) 95 D) 5,1
6. Propan va asetilen aralashmasi bromli suv solingan idish orqali o`tkazilganda idishning massasi 6,5 gramga ortdi. O`shancha miqdordagi aralashma yondirilganda 24,64 litr uglerod (IV) oksid (n.sh) hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmadagi alkanning massasini (g) toping.
A) 8,8 B) 0,2 C) 6,5 D) 0,25
7. Propan va propin aralashmasi bromli suv solingan idish orqali o`tkazilganda idishning massasi 5 gramga ortdi. O`shancha miqdordagi aralashma yondirilganda 16,8 litr uglerod (IV) oksid (n.sh) hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmadagi alkanning hajmiy ulushini toping.
A) 0,125 B) 0,25 C) 0,5 D) 0,75
8. Butan va asetilen aralashmasi bromli suv solingan idish orqali o`tkazilganda idishning massasi 5,2 gramga ortdi. O`shancha miqdordagi aralashma yondirilganda 31,36 litr uglerod (IV) oksid (n.sh) hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmadagi alkanning massasini (g) toping.
A) 0,25 B) 0,2 C) 5,2 D) 14,5
Do'stlaringiz bilan baham: |