1.3. Flyuorissencion usil ja'rdeminde zatlardin' analizi
Farmatsevtik tahlilda glutamin kislotasi, akridin, ftalazol, ftazin xosilalari hamda ba’zi bir antibiotiklar va vitaminlar tahlilida ushbu usul qo‘llaniladi.
Suyultirilgan eritmalarni flyuoressensiyalanish intensivligi quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi:
F=j0 2,3 c b
bunda
F - umumiy flyuoressensiyalanish intensivligi, kvant/sek.
j0 - quzg‘atuvchi yorug‘lik intensivligi, kvant/sek.
- molyar yutilish koeffitsiyenti
c - eritmaning konsentratsiyasi, mol/l
b - flyuoressensiyalanish qatlamini qalinligi, sm
- moddaning tabiati bilan bog‘liq flyuoressensiyaning kvant chiqishi.
Ushbu tenglamani, qo‘zg‘atuvchi to‘lqin uzunligida optik zichligi D=0,05 dan oshmagan eritmalar uchun ishlatiladi (bunda D=0,05 bo‘lsa, ichki filtr ta’siridagi xatolik flyuoressensiyalanish intensivligining 5 foizi atrofida bo‘ladi.)
Odatda eritma konsentratsiyasi 10-5 - 10-6 g/ml (0,01-0,001 mg/ml va undan kam bo‘lganida, flyuoressensiyalanish intensivligi bilan eritmadagi moddalar konsentratsiyasi orasida to‘g‘ri mutanosiblik mavjud bg‘lib, undan yuqori konsentratsiyadagi eritmalarda to‘g‘ri mutanosiblik buzilib, flyuoressensiyalanishning pasayishi kuzatiladi. [2]
Flyuoressensiyalanish intensivligi ma’lum darajada qo‘zg‘atuvchi yorug‘lik to‘lqin uzunligi, tekshiriluvchi eritmaning pH-qiymati, erituvchining xususiyati hamda eritmaning tarkibidagi qo‘zg‘algan energiyani qisman bo‘lsada yutib oluvchi yoki molekulalarni qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiruvchi yot qo‘shilmalarga (to‘siqli ta’sir) bog‘liq bo‘ladi. Masalan, xinin eritmasiga natriy xlorid qo‘shilsa uning flyuoressensiyalanishi pasayib ketadi, riboflavin eritmasiga fenol yoki gidroksil guruhi saqlagan moddalar, tioxrom eritmasiga xlorid kislotasi, pterin hosilalariga natriy gidroksid eritmasi qo‘shilganida flyuoressensiyalanishi pasayib ketadi. Flyuoressensiya usulida haroratni boshqarish va flyuoressensiyalanish intensivligini pasaytiruvchi omillarni yo‘qotishi muhim o‘rin tutadi. Tekshiriluvchi va standart namuna bir vaqtda aniqlanganida termostatlash va kislorodni yo‘qotish zaruriyati o‘z - o‘zidan yo‘q bo‘ladi. Tekshiriluvchi namunani nurlanish manbai ta’sirida qizib ketishi ro‘y bermasligi uchun o‘lchash jarayoni juda tez bajarilishi lozim. Flyuoressensiyalanish spektri yutilish spektriga nisbatdan keng to‘lqin chegaralarda hosil bo‘ladi (50-100 nm) va 100-200 nm chegaralarida keng nurlanish chiziqlari beradi.
Flyuorimetrik usul bilan ikki komponentdan ortiq bo‘lmagan dori vositalari tahlili amalga oshiriladi.
Tekshiriluvchi dori vositalari eritmalarida fluoressensiyani qo‘zg‘atish uchun 365-366 nm to‘lqin uzunligida ultrabinafsha nur ta’sir ettiriladi. Ayrim dori vositalari fluoressensiya bermaydi, bunda qator reaktivlar ta’sirida ularning fluoressensiyalanuvchi birikmalari olinadi.
Flyuoressensiyalanish spektri tavsifi, hamda nurlanish rangi flyuoressensiyalanadigan moddalar (fluoroxromlar) uchun o‘ziga hos bo‘ladi, shuning uchun flyuoressensiya usuli moddalar chinligini aniqlashda va miqdoriy tahlil o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. [10]
u
Do'stlaringiz bilan baham: |