动词谓语句dong ci wei yu ju. Fe’l-kesimli gap. Mazkur gapda kesim vazifasida fe’lga oid bo’lgan so’zlar qo’llaniladi. Masalan:
我们开始学习汉语。Wo men kaishi xue xi hanyu. “Biz xitoy tilini o’qishni boshladik”. 他要去银行换钱。Ta yao qu yin hang huan qian. “U bankka pul almashtirishga borishi kerak” O’zbek va xitoy tillarida sodda gaplarni qiyosiy tadqiq etish natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
O’zbek va xitoy tilidagi gaplarning tasnifi jihatidan O’zbek tilshunosligida gaplar birincha navbatda tuzilishi jihatidan sodda va qo’shma gaplarga ajratiladi. Xitoy tilshunosligida ham aynan shu an’anaga rioya qilinganligini ko’rish mumkin, ya’ni xitoy tilida ham gaplar tuzilish jihatidan ikki xil bo’ladi. Bular o’zaro Grammatik asoslar miqdoriga ko’ra farqlanadi: sodda gaplar( 单纯句或者单句) qo’shma gaplar(复句)56 Ikki va undan ortiq sodda gaplarning mazmun va grammatik jihatdan birikuvidan tuzilgan gap qo’shma gap ( 复句fu ju ) deyiladi. Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo’shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi ( ya’ni grammatik asos ) qatnashadi.
Bosh bo’laklarning ishtirokiga ko’ra sodda gaplar bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga ajratiladi. Ega va kesim ishtirokida tuzilgan gaplar ikki tarkibli gap bo’ladi. Ikki tarkibli gap sodda yig‘iq gap va sodda yoyiq gap formasida bo’lishi ham mumkin.
Xulosa Mavzu ustida olib borgan izlanishlarimizdan va yuqoridagi uch bob doirasidagi adabiy-ilmiy tahlillardan quyidagi bir qator xulosalarga keldik.
O’zbek tilidagi gaplarning tasnifi:gaplar birinchi navbatda tuzilishi
jihatidan sodda va qo’shma gaplarga ajratiladi. Xitoy tilshunosligida ham aynan shu an’anaga rioya qilinganligini ko’rish mumkin, ya’ni xitoy tilida ham gaplar tuzilish jihatidan ikki xil bo’ladi. Bular o’zaro grammatik asoslar miqdoriga ko’ra farqlanadi: sodda gaplar( 单纯句或者单句) , qo’shma gaplar(复句)
O’zbek va xitoy tillarida ikki va undan ortiq sodda gaplarning mazmun va
grammatik jihatdan birikuvidan tuzilgan gap qo’shma gap ( 复句fu ju ) deyiladi. Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo’shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi (ya’ni grammatik asos) qatnashadi.
Xitoy tilida ham o’zbek tilida bo’lgani singari bosh bo’laklarning ishtirokiga
ko’ra sodda gaplar bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga ajratiladi. Ega va kesim ishtirokida tuzilgan gaplar ikki tarkibli gap bo’ladi. Ikki tarkibli gap sodda yig‘iq gap va sodda yoyiq gap formasida bo’lishi ham mumkin.
O’zbek tilida kesim ifoda materialiga ko’ra ikkiga bo’linadi: ot-kesim va
fe’l-kesim.
Ot-kesim. Fe’ldan boshqa so’zlar bilan ifodalangan kesim ot-kesim, fe’l bilan ifodalansa fe’l kesim xisoblanadi
Xitoy tilida o’zbek tilidan farqli o’laroq kesim ifoda materialiga ko’ra uch
turga bo’linadi: ot-kesim , fe’l-kesim va sifat kesimli gap.