KIRISH
Transport tizimlari, jumladan Temir yo’l transporti mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy qon tomiridir.
I.A.Karimov
O’zbekiston Respublikasi suverenligini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlash va Jahon hamjamiyatining to’laqonli azosi bo’lmoq uchun transport xizmatini yuqori darajada rivojlantirmoq lozim. Bu transportni va avvalambor mamlakatning barcha hududlarini yagona davlat butunligi sifatida bog’lovchi ishonchli, barqaror va iqtisodiy jihatdan samarali temir yo’l transportini rivojlantirishni taqazo etadi.
Ma’lumki, O’zbekiston qadim zamonlardan G’arb va Sharqni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan davlat sifatida mashhur bo’lgan. Endilikda ana shu qadimiy yo’l yangicha sayqal topib, ellarni-ellarga bog’lab kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish transport va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq. Bu o`rinda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ ning ahamiyati juda katta chunki uzoq masofalarga yuk va yo`lovchilarni tashish uchun juda qulay hisoblanadi. Shu sababli temir yo`llarni rivojlantirish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda shu jumladan, 1994 yil 7 noyabr yaratilganidan buyon "O'zbekiston temir yo'llari" AJ 20 yildan ortiq davr mobaynida O'zbekiston Respublikasining tuzilishi-shakllantirish va iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim bo'g'ini hisoblanadi. Barqaror rivojlanish, barqarorlik, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, va "O'zbekiston temir yo'llari" AJ korxonalarining iqtisodiy va sanoat rivojlanishining o'sish dinamikasining oshishi O'zbekiston Respublikasining butun iqtisodiyoti va transport sohasining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda. O’zbekiston temir yo’llari mamlakatdagi aloqalarni mustahkamlashda muhim o’rin tutadi. Mamlakat miqyosida yuklarning tahminan 86 % ni, yo’lovchilarning 60% ni tashish ishlarini bajaradi. Quyida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ temir yo’llarining shartli chizmasi keltirilgan.
Chizma-1. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ temir yo’llari shartli chizmasi. 2020-yil holati.
O‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy temir yo‘l uzeli (MTU) temir yo‘l transportining asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini bo‘lib, xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tarkibida 6 ta mintaqaviy temir yo’l uzelllari mavjud bo’lib ular quyidagilardir :
Qo’qon mintaqaviy temir yo’l uzeli;
Toshkent mintaqaviy temir yo’l uzeli;
Buxoro mintaqaviy temir yo’l uzeli;
Qo’ng’irot mintaqaviy temir yo’l uzeli;
Qarshi mintaqaviy temir yo’l uzeli;
Termiz mintaqaviy temir yo’l uzellaridir.
Ular «O‘TY» AJ ning yuridik shaxs maqomiga ega sho’ba korxona sifatida asosiy faoliyati qatoriga kiradi va kompaniyaning ijro etuvchi organiga bo‘ysunadi. Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Mintaqaviy bozor kon’yukturasini o‘rganish, tashish infratuzil-masini shakllantirish, temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Temir yo‘l transporti xizmat ko‘rsatayotgan hududlarda barqarorlikni va xavfsizlikni ta’minlash, temir yo‘l transporti xizmatlarini xaridorlarga keng ko‘lamda taqdim etish;
Joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan hamkorlikda temir yo‘l transporti bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Xizmat ko‘rsatilayotgan hududda temir yo‘l transportining tashish ishlarini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tadbiq etish;
O‘zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yo‘lovchi tashishni amalga oshirishda joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan holda o‘zaro hamkorlik olib borish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, o‘zining xo‘jalik faoliyatini yaxshi yuritish uchun byudjet va davlatning maqsadli fondlari oldidagi vazifasini o‘z vaqtida bajarishi, shuningdek, daromadi, xarajati va foydasini oldindan hisoblab chiqishi, inflyasiya oqibatlarini, bozor kon’yunkturasining o‘zgarishini va hamkorlari bilan shartnomalar buzilishi ehtimolini inobatga olishi kerak.
Moliyaviy rejalashtirish (bashoratlash)ning asosiy maqsadi- bu har xil manbalar hisobidan shakllangan moliyaviy resurslar hajmini mumkin qadar aniqlashdir. Moliyaviy reja-bashorat joriy moliyaviy-ekspluatatsiya ehtiyojlarini moliyalash, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan temir yo‘l transportining, sarmoya va innovatsiya loyihasini boshqarish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |