Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
3. «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» qaysi sanada nishonlanadi?
4. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining nechanchi yo‘nalishi millatlararo totuvlikka qaratilgan?
III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:
Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi
Diniy bag‘rikenglik tamoyillari.
Turli din vakillariga munosabat.
SSSR davrida O‘zbekistonda 89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan, 2017-yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib keldi. O‘zbekiston aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti respublika miqyosida nishonlanyapti, diniy jurnal va gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. Vazirlar Mahkamasihuzuridagi «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita» dindorlar ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan «Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston davlatini dinga bo‘lgan munosabatining natijasidir. Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi. gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita» dindorlar ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan «Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston davlatini dinga bo‘lgan munosabatining natijasidir. 991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil
etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana boshlandi.1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul
qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi. Diniy bag‘rikenglik tamoyillari. O‘zbekistonda qaror topgan diniy bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan belgilanadi: Birinchidan, respublikada istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari hamda turli diniy konfessiyalar faoliyatida o‘zaro hurmat, sabr-toqat, bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishda amaliy ishlar olib borilmoqda. Ikkinchidan, milliy va diniy bag‘rikenglik o‘zbek madaniyati hamda mentalitetining ajralmas qismidir. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o‘zgarishlarni va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga, boshqa millatlar, dinlar va madaniyatlarga hurmatsizlik hollaridan, ekstremizm shakllaridan xoli haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga aylanishiga, jamiyatda millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon tug‘dirmoqda. Uchinchidan, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg‘unlik xalqlarning ma’naviy boyligi manbayi hisoblanadi va
davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli madaniyat va din vakillari o‘rtasidagi muloqotlar kelishuv va o‘zaro ishonchga erishish yo‘llaridan biri sanaladi.To‘rtinchidan, mutaxassislar fkricha, bir-biridan farq qiladigan 2 xil bag‘rikenglik tushunchasi mavjud: formal – tashqi ko‘rinishdagi bag‘rikenglik va ichki – pozitiv bag‘rikenglik. Formal ravishdagisi boshqa kishining diniy e’tiqodiga nisbatan toqatlilikni, unga qarshi kurashmaslikni anglatsa, ichki – ijobiysi esa boshqa dinlarni yaxshi bilishni ham taqozo etadi. Bugungi O‘zbekistonda har ikkala ko‘rinishdagi bag‘rikenglik amalda o‘zining to‘liq ifodasini topgan
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkentda Islom madaniyati markazi hamda Prezidentning 2017-yil 15-dekabrdagi farmoni asosida O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |