Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
Faol o`quvchilar baholanib boradi
III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:
Yoshlar tashkiloti.
Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Yoshlarga e’tiborning kuchayishi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun «Yoshlar ittifoqi» tashkiloti tuzildi. Tashkilot yoshlarni o‘z plenumi va konferensiyalari qarorlarini bajarishga safarbar qilishga urinishi, qarorlarda yoshlarning manfaatlari va ehtiyojlari to‘la aks etmaganligi natijasida 1996-yilda «Yoshlar ittifoqi» tashkiloti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining «Kamolot» jamg‘armasi tuzildi. «Kamolot» jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo «Kamolot»yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi, deb topildi.
2001-yil Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun zarur shartsharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo‘lishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar bo‘limlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlarida boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini o‘z safl arida ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko‘rsatdi.
2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH) qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Bu qurultoyda «Kamolot» YoIH tashkilot tugatilganligi va «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi» tashkil etilganligi e’lon qilindi. Yoshlarning muammolari hamda tashabbuslari O‘zbekiston Prezidentining to‘g‘ridan to‘ g‘ri e’tiborida bo‘lishini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi» raisi bir paytning o‘zida Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida bo‘lishi ham belgilab qo‘yildi. Millat kelajagi ham ma’nan, ham jismonan baqquvat yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrdanoq yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, salomatligiga katta e’tibor berib kelinmoqda. 1991-yil noyabrda «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 1997-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet ellarga o‘qishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Umid» jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yilda qabul qilingan «Zulf ya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha taklif arni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi va iqtidorli qizlarning shakllanishiga zamin yaratdi.80 nafarga yaqin xotin-qizlarning mumtoz qo‘shiqchilik, akademik ijro, estrada, opera, balet, cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy ijrochilik, raqs yo‘nalishlarida «Nihol» mukofoti bilan taqdirlangani tom ma’noda ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.
Istiqlol yillarida yoshlarning har tomonlama yetuk, barkamol voyaga yetishi uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, 23 ta qonun va 100 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning
manfaatlari alohida e’tiborga olindi. Xususan, 2000-yil «Sog‘lom avlod yili», 2001-yil «Onalar va bolalar yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2010-yil «Barkamol avlod yili», 2014-yil «Sog‘lom bola yili», 2016-yil «Sog‘lom ona va bola yili», deb e’lon qilinib, yaxlit chora-tadbirlar dasturlari amalga oshirilgani fkrimiz tasdig‘idir.Yoshlarga e’tiborning kuchayishi. 2016-yil «Yoshlarga oid davlat siyo-sati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi shaxslar yoshlar ekanligi qayd etilgan. «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofq, mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik litseylarga «Temurbeklar maktabi» nomi berildi. Yoshlarni yanada rag‘batlantirish maqsadida «Mard o‘g‘lon» mukofoti ta’sis etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |