I. A. Karimov Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo'liga qadam qo'yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o'tishni ta'minlar ekanmiz, faqat milliy V


Pedagogik mahoratning nazariy asoslari, hamda uning musiqa madaniyati fani o'qituvchisi faoliyatida to'tgan o'rni va ahamiyati



Download 87,72 Kb.
bet2/7
Sana05.05.2023
Hajmi87,72 Kb.
#935340
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Musiqa madaniyati o’qituvchisining pedagogik mahorati.

Pedagogik mahoratning nazariy asoslari, hamda uning musiqa madaniyati fani o'qituvchisi faoliyatida to'tgan o'rni va ahamiyati.

Xalqimizning kelajagi, mustaqil O'zbekistonning istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalashiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Uzluksiz ta'lim tizimi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan o‘qituvchimng musiqiy - pedagogik mahorati davlat va jamiyatning diqqat markaziga qo'yilgan. O'qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, yuksak mahoratli, mulohazali bo'lishlariga e'tibor berilmoqda. Shuni aytish kerakki, pedagoglik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi musiqiy - pedagogik mahoratiga ega bo'lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o'zigina etarli emas. Chunki, pedagogik nazariyada o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g'oyalar bayon etiladi. Pedagoglarning yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Lekin, o'rta maxsus ta'lim xayoti, amaliy jarayoni esa xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham mustaqil O zbekiston davlatining umumiy ta'lim muassasalarida ishlaydigan o'qituvchi, pedagog faoliyatiga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlami, dunyoviy, diniy bilimlarni mukammal egallagan, ma'naviy barkamol, O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan vatanparvarlik burchini to'g'ri anglagan, e'tiqodli fuqaro, ixtisoslik, psixologik, pedagogik bilimli va mahoratli bo'lishi muhimdir.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo'lish uchun tabiiy qobiliyat, ma'lum jismoniy va ruxiy xislatlar jo bo'lishi kerak. Pedagoglik faoliyatida yoshlarni o'qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va o'quvchilarning izzat-hurmatiga sazovar bo'lishi uchun kishida layoqat, qobiliyat, mahorat, qiziqish bo'lmog'i lozim.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat bo'lishi mumkin.
Musiqiy - pedagogik mahoratga ega bo'lish uchun eng avvalo qobiliyatli, malakali va uddaburon bo'lishi kerak. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o'qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishida iste'dodning o'rni beqiyosdir. Ana shundagina, qobiliyat deb ataluvchi ruxiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo'lishi uchun pedagogda qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo'lishi lozim. Bilim qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, ko'zatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, tashkilotchilik qobiliyati, obru ortira olish qobiliyati, kelajakni ko'ra bilish qobiliyati, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati va x.k.
O'qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir pedagogning muhim xayotiy o'rni o'z ishining ustasi bo'lishdir. Master (usta) juda ilg'or, bilimdon, yoki o'z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Musiqa o'qituvchisining pedagogik mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. Pedagog avvalo, pedagogik jarayonning qonuniyati va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Mahorat - bu alohida qudrat. Xaqiqiy usta mehnat faoliyati chog'idagina go'zaldir. Musiqiy - pedagogik mahoratga etishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Musiqiy - pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.1
O'qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati deganda, kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorqin ko'rinishi sifatida tushuniladi. O'qituvchining musiqiy –
__________________

  1. O’qituvchi ixtisosiga kirish kursiga metodik kursatmalar. To'zuvchilar. M.Zaharina, S.X.Timurova, V.G.SHarova.-T.

pedagogik mahorati kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan kishining individualligini harakterlaydi.
Dars jarayonida pedagog oldida muhim bir masala turadi. Oquvchilarni bilim olishga jalb qilish, ularni olg'a harakatlantirishdir. Bu esa pedagog va o'quvchilarni (o'zaro) birgalikdagi mehnatga jalb qiladi. Buning uchun o'qitishga majbur qilmaslik kerak. Pedagogik hamkorlikning qarashlaridan biri, darsda o'quvchidagi qo'rquvni yo'qotish, uni erkinroq, dadilroq qilish, o'zini kuchiga ishontirish, unga jiddiy ijod qilishga qodir shaxs sifatida qarash. Darsda aniq maqsad g'oyasi. Bu o'quvchilar bilan hamkorlik ruhida ish olib borish, ularga aniq bir maqsad qo'yib, bu maqsadning murakkabligiga va buni amalga oshirishga ishontirish - ularda o'ziga bo'lgan ishonchini, aniq, mushkul masalani ham echa olish mumkunligini shakillantrish.
O'qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratida darsning o'rni muhim. Dars shunday markazki, pedagogning har bir tafakkuri va harakatlari shu markaz atrofida aylanib, yana unga qaytib keladi. Har bir dars o'qitish jarayoniga o'zining, faqat unga xos bo'lgan hissasini qo'shadi. Zamonaviy dars faqat o'qitishning metod va formalari bilan cheklanib qolmay, balki ta'lim-tarbiya, rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirish, pedagog va o'quvchi faoliyatida birgalikdagi o'zaro bog'liqligini ro'yobga chiqarishni talab qiladi.
Dars pedagogdan ijodiy pedagogik tafakkur, pedagogik mahoratni talab qiladi. Pedagogning o'qitish vositalari uning ijodkorligiga, ko'p qirrali bilimga, o'quvchilarni sevish, faoliyatiga asoslanadi. Dars berishda pedagogning muvaffaqiyati uning nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog'liq.
Dars tayyorlash jarayonida pedagog shu predmetga qarashli, psixologik- pedagogik, metodik kitoblarni, jurnal va gazetalarni muntazam ravishda o'qib borishi, badiiy adabiyotdan, har xil kinofil'mlardan foydalanishi kerak. Dars berish jarayonida vositalar har xil bo'lishi mumkin. Bu pedagogning ixtisosligiga, uning qiziquvchanligiga, ehtiyojlariga, intellektual faoliyatiga bog'liq. Albatta, bunda o'rganilayotgan material mazmunini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Dars bir nechta omillardan iborat. Shularning asosiy davlat pedagogikasi tomonidan qabul qilingan material. Pedagog o'quv dasturining asosiy yo'nalishlarini bilishi kerak. Har bir darsda 3 ta masalaga e'tibor qaratishi kerak. Bular:

  1. Tarbiyaviy masalalar- pedagogning bo'layotgan masalalarga, atrofga bo'lgan dunyoqarashini shakllantiradi. Ularda insonparvarlik, vatanparvarlik ruhini tarbiyalaydi.

  2. Ilm oshiradigan masalalar - o'z ichiga o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishini oladi.

  3. Bilish masalalari- o'quvchilarda o'rganilayotgan materiallardan asosiysini, muhim joylarini ajrata olish qobiliyatini, o'quv faoliyatida va fikrlashda mustaqil bo'lishni, o'qishda qiyinchiliklarni engishni shakillantirish.

Mahoratli pedagog o'quvchilar ruxiyatini, bilim darajasini hisobga oladi. Ba'zi pedagoglarga o'quv materiali tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyuladi.
O'qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati, odobi, madaniyati yuksak bo'lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, saxovatli bo'la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Pedagog umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy urganib, ta'lim tarbiya jarayoniga tadbiq etishi lozim. Shu bilan birga milliyligimizni, asrlar sinovidan o'tgan an'analarimizni, hamisha iymon-e'tiqod bilan yashash kabi xayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, ham yuksaltirib borishi va ularni o'quvchilar qalbiga singdirish zarur. O'qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati o'z moxiyatiga ko'ra ijodiy harakteriga ega. Ma'lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka extiyoj tug’iladi.

Download 87,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish