Qisqacha xulosalar
Monopolistik raqobat bu o`zidan nomidan kelib chiqqanda to`g`ri tushuncha:
Bu Monopoliya va raqobatni birlashuvi. Monopoliyaga o`hshab xar bir
Monopolistik raqobatchi firma pasayuvchi talab chizig`iga ega bo`ladi va narx
chekli harajatdan baland. Mukammal raqobatlashgan bozor singari firmalar soni
ko`p, bozorga kirish va chiqishning erkinligi har bir Monopolistik raqobatchi
foydalarini nolga yo`naltiradi. 1-jadvalda shbu darslar jamlangan.
Chunki, Monopolistik raqobatchi firmalar turli hildagi maxsulotlar ishlab
chiqaradi, hamda firma o`zini mahsulotlariga iste’molchini jalb qilish uchun
reklama beradi. Ma’lum miqiyosda, reklama iste’molchilar didiga ta’sir
qiladi,tovarning ma’lum turiga moyillik tug`diradi va raqobatni saqlaydi.Birgina
reklamaning o`zi iste’molchilarga tovar to`g`risida ma’lumot beradi, markalarini
sifatiga kafolat bergan savdofirmalarini aniqlab beradi va raqobatni kuchaytiradi.
Monopolistik raqobat nazariyasi iqtisodiyotda ko`plab bozorlarini tasvirlab
280
beradi. Buning achinarli tomoni, nazariya davlat siyosati ucun oddiy va muxim
bo`lgan maslahatni bera olmaydi. Iqtisodchi- nazariyachi ilmi nuqtai nazaridan
Monopolistik raqobatlashgan bozordagi resurslar taqsimoti mukammal emas.
Lekin iqtisodchi- amaliyotchi ilmi nuqtai nazaridan uni yaxshilash uchun
ozmuncha ishlar qilib yuborish mumkin.
Monopolistik raqobatlashgan bozor uch xususiyati bo`yicha tafsiflanadi:
Firmalarning ko`pligi, turli hildagi maxsulotlar ishlab chiqaradi va bozorga erkin
kiriadi.
Monopolistik
raqobatlashgan
bozordagi
muvozanat
mukammall
raqobatlashgan bozornikidan ikki o`zaro bog`liq holatlari bilan ajralib turadi.
Birinchidan, monopolistik raqobatlashgan bozorning har bir firmasida ortiqcha
ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjud. Bu esa o`rtacha umumiy harajat egri
chizig`ini kamayayotgan qismida bo`ladi. Ikkinchidan har bir firma narxni chekli
harajatdan baland qo`yadi.
Monopolistik raqobat mukammall raqobatning barcha xususiyatlariga ega
emas.
Monopoliyaning standart qaytarilmas yo`qotishlari mavjud bo`lib,bunda
narx chekli harajatdan baland bo`lishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari firmalar
soni (va shu o`rindai maxsulotlarning xilma xilligining) o`ta ko`p yoki o`ta kam
281
bo`lishi mumkin.
Monopolistik raqobat bozoriga maxsulotlarning xilma-xilligi xos, reklama
qilish va firma nomlaridan foydalanishga olib keladi. Tanqid qiluvchilar reklama
va savdo markalarini firmalar iste’molchilar didlarini o`zgartirish va raqobatni
pasaytirish uchun ishlatishadi deb uqtiradilar. Reklamani va savdo belgilarini
yoqlovchilar firmalar ularni iste’molchilarga ma’lumot berish, narx va sifat bilan
raqobatlashish uchun foydalanishadi deyishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |