I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


XII BOB. MONOPOL BOZORLARDA FIRMANING QAROR QABUL



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

XII BOB. MONOPOL BOZORLARDA FIRMANING QAROR QABUL 

QILISHI

15

 

12.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko`rinishlari 

 

Firma  yagona  mahsulot  sotuvchisi  bo`lsa,  u  monopol  hisoblanadi  va  uning 



mahsulotini o`rnini bosuvchi boshqa firmalar bo`lmaydi. Monopol firmaga deyarli 

to`siqlar  qo`yilmaydi.  Sababi,  boshqa  firmalar  bozorda  monopol  firma  bilan 

raqobat qila olmaydi, chunki monopol firmaning bozorida faqat sotuvchining o`zi 

qoladi. Buning o`z navbatida, uch asosiy manbalari bor: 



Monopol  resurslari:  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo`lgan  asosiy  resurs  bitta 

firmaga tegishli bo`ladi. Monopol firmani vujudga keltirishning oddiy usuli, asosiy 

resurs  egasi  bo`lmish  biror  firma  mahsulotini  narxini  oshirishidir.  Misol  uchun, 

muayyan  kichik  shaharchada  suv  yetkazib  beruvchi  bozorni  ko`rib  chiqsak.  Suv 

yetkazib  beruvchilar  orasidagi  raqobat  natijasida,  bir  litr  suvning  narxi,  ishlab 

chiqarish  jarayonida  chekli  xarajat  yuqori  bo`lishiga  qaramay,  sotuvchilar 

mahsulotni  arzonroq  sotishga  harakat  qilishadi.  Shaharchada  monopolist  uchun 

faqat  bitta  yaxshi  tomoni,  boshqa  bir  joydan  suv  olish  mumkin  emas,  Buning 

oqibatida quduq egasi suv sotish ustidan monopol bo`lib qoladi. Ajablanarlisi ham 

shundaki  monopolist  raqobat  bozorida  birlamchi  ehtiyoj  tovari  hisoblangan  suv 

uchun past chekli qiymatni belgilasa ham, juda yuqori foydaga erishishi mumkin. 

Asosiysi  mutlaq  egalik  amaliyoti  monopoliya  salohiyatiga  sabab  bo`lsa-da, 

kamdan-kam  hollarda  monopoliya  yuzaga  keladi.  Iqtisodiy  jihatdan  quvvatli  va 

aylanma  mablag`i  ko`p  firmalar  tomonidan  chiqariladigan  mahsulot  brend 

hisoblanib, xalqaro bozorda o`z qiymatiga ega, odatda ularning ko`lami ko`pincha 

butun dunyo bo`ylab tarqalishiga qarab belgilanadi.  

Hukumat  tomonidan  tartibga  solish:  hukumat  bitta  firmaga  ba'zi  bir  xizmat 

ko`rsatish  yoki  ishlab  chiqarishning  mutlaq  huquqini  beradi. Hukumat  biror  kishi 

yoki  ba'zi  firmalarga  xizmat  ko`rsatish  hamda  sotish  uchun  eksklyuziv  huquqni 

berish  orqali  monopoliyalarni  vujudga  kelishiga  zamin  yaratadi.  Ba'zan  monopol 

                                                           

15

 



Ushbu  bob  G.  Menkyuning  “Mikroiqtisodiyot  tamoyillari”  (N.  Gregory  Mankiw  “Principles  of  Microeconomics”7  e.) 

kitobining XV bobiga  muvofiq holda tayyorlangan.

 



 

240 


kengayish  monopolistlarning  siyosiy  ta'sirdan  kelib  chiqqan  holda  ko`payadi. 

Masalan,  Qirollik  oilasi  do`stlari  va  ittifoqchilari  uchun  maxsus  litsenziya  beradi. 

Shunday  qilib,  boshqa  paytlarda  davlat  manfaati  bo`lganligi  sababli  hukumatga 

monopol bo`lish uchun sharoit yaratiladi. 

Patent  va  mualliflik  huquqlari  to`g`risidagi  qonunlar  bunga  muhim  misol. 

Qachonki  farmatsevtika  kompaniyalari  yangi  dori  kashf  etishsa,  patent  uchun 

hukumatga murojaat qilishadi. Hukumat albatta haqiqatda sifatga ega bo`lgan dori 

ishlab  chiqaruvchi  kompaniyani  va  20  yillik  dori  sotish  huquqini  beradigan 

patentni  tasdiqlaydi.  Bu  qonunlar  bir  ishlab  chiqaruvchiga  monopol  bo`lish 

imkoniyatini yaratish bilan birga, raqobat ostida sodir bo`ladigan yuqori narxlarga 

olib  keladi.  Lekin  bu  monopol  ishlab  chiqaruvchilar  yuqori  narxlar  o`rnatishi  va 

ko`p  daromad  olish  imkonini  beruvchi  bir  necha  xatti  harakatlarni 

rag`batlantirishdan iborat bo`ladi. Dori kompaniyalari faoliyati yuzasidan ularning 

tadqiqotlarini  rag`batlantirish  orqali  monopolist  bo`ladilar.  Ishlab  chiqaruvchilar 

sifatli  ishlashlari  natijasida  savdosi  ortgani  tufayli  ularga  monopolist  bo`lishga 

ruxsat  beriladi.  Tadbirkorlik  sub’yektlarini  qo`llab-quvvatlanishi  transport 

terminallari xizmatlarini tartibga solish ro`yxatidan chiqarilishi uchun asos bo`ldi. 

Transport 

terminallari 

xizmatlari 

bozoridagi 

kontsentratsiyalashuvni 

pasayishi, litsenziya  olgan  holda  amalga  oshiriladigan  faoliyat  turlari  uchun 

ruxsatnomalar  olish  tartiblarini  soddalashtirish  va  muddatlarini  qisqartirish 

borasida  davlat  tomonidan  olib  borilayotgan  samarali  siyosat  natijasi  sifatida 

namoyon bo`ldi. 

Shunday  qilib,  patent  va  mualliflik  huquqini  oluvchi  kompaniyalarda  ham 

foyda  va  xarajatlar  mavjud.  Patent  va  mualliflik  huquqi  qonunlarida  foydani  va 

ijodiy faoliyatini oshirish uchun imtiyozlar beriladi.  

Ishlab  chiqarish  jarayoni:  Yirik  firmalar  ishlab  chiqarishi  mumkin  bo`lgan 

mahsulot  hajmini  faqat  bitta  kichikroq  korxona  pastroq  narxda  ishlab  chiqarish 

imkoniyati. 

Shu  keltirilgan  asoslarni  inobatga  olgan  holda,  quyidagi  ko`rinishlarini 

tavsiflashimiz mumkin:  



 

241 



Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish