I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


V BOB. NARX USTIDAN NAZORAT VA BOZOR FAOLIYATI



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

V BOB. NARX USTIDAN NAZORAT VA BOZOR FAOLIYATI  

5.1. Maksimal va minimal narxlar 

Bozor  muvozanatini  ta’minlashda  iste’molchi  va  ishlab  chiqaruvchi 

ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish 

maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni ko`zda tutadi. 

Davlat  bozordagi  narxlarni  nazorat  qilish  orqali  bozor  mexanizmini  tartibga 

solishga  harakat  qiladi.  Bunda  davlat  ikkita  maqsadni  ko`zlaydi:  ishlab 

chiqaruvchilarni  qo`llab-  quvvatlash  yoki  iste’molchilarni  qo`llab-quvvatlash  . 

Iste’molchilarni narx tomondan qo`llab- quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi 

tovarlarga  muvozanat  darajasidan  pastroq  narxlarni  qayd  etgan  holda  eng  yuqori 

narxni  o`rnatadi.  Bunda  sotuvchilar  ushbu  qayd  etilgan  narxdan  yuqori  narxda 

sotishlari  taqiqlanganligi  e’lon  qilinadi.  Narx  muvozanat  narxidan  past 

o`rnatilganda,  bozorda  tovar  taqchilligi  yuzaga  keladi.  Erkin  bozor  sharoitida  bu 

taqchillik  tezda  yo`qoladi,  biroq  narxlar  qayd  etilgan  sharoitda,  bozor  mexanizmi 

ishlamaydi  va  bozorda  barqaror  taqchillik  paydo  bo`ladi.  Bu  narx  chegarasining 

ijobiy  tomoni  ,  muvozanat  narxida  xarid  qila  olmagan  iste’molchilarda  bu 

tovarlarni  sotib  olish  imkoniyatining  tug’ilishidir.  Biroq,  uning  salbiy  tomonlari 

ko`proq: 

ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi 

ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi 

bozorda  taqchil  tovarlarga  navbatning  ortib  ketishi,  hattoki  bu  navbatda 

turganlarga ham u etmasligi mumkin 

“qora bozor”ning paydo bo`lishi va boshqalar. 

  Davlat  ba’zida  ishlab  chiqaruvchilarni  qo`llab-quvvatlash  maqsadida 

narxlarning  quyi  chegarasini  qonuniy  ravishda  o`rnatadi.  Agar  bu  chegara 

muvozanatli  narxdan  yuqori  bo`lsa,  bozorda  barqaror  tovar  ortiqchaligi  paydo 

bo`ladi.  Demak,  davlatning  bozor  mexanizmiga  muvozanat  narxidan  yuqori 

darajadagi narxlarni o`rnatish yo`li bilan aralashuvi ham yo`qotishlarga olib keladi 

va  oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi. 




 

82 


Davlat  bozor  mexanizmini  tartibga  solishda  soliqlar  va  dotatsiyalarni  ham 

qo`llaydi.  Bu  aralashuv  ham  bozor  mexanizmini  amal  qilishini  samaradorligi 

pasayishiga va sof yo`qotishlar paydo bo`lishiga olib keladi. 

Ba’zi  vaqtlarda  bozor  narxi  davlat  tomonidan  o`rnatiladi.  Agar  o`rnatilgan 

narx 

P

~

 muvozanat narxidan R



e

 kichik bo`lsa 



e

P

P

~



 (

e

P

 

- muvozanat narx) va narxni 



undan  yuqori  belgilash  ta’qiqlansa,  bunday  narxlar  maksimal  narxlar,  aksincha 

o`rnatilgan narx 



P

~

 muvozanat narxidan R



e

  katta bo`lsa, 



e

P

P



(R

e

-muvozanat narx) 



va narxni undan pastroq belgilash ta’qiqlansa bunday narxlar minimal narxlar deb 

yuritiladi. 

Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum 

darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni 

himoya qilish uchun davlat tomonidan o`rnatiladi.  

Talab  va  taklif  nazariyasiga  ko`ra,  maksimal  narxning  o`rnatilishi  mahsulot 

tanqisligiga olib keladi. 

 

 



 

 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish