I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


 Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

9.5 Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi 

 

Har  bir  izokvantning  burchak  koeffitsenti,  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi 

o`zgarmagan  holda  bir  ishlab  chiqarish  omilining  o`rnini  ikkinchisi  qanday  qilib 

bosishini  ko`rsatadi.  Burchak  koeffitsientining  mutlaq  ko`rsatkichi  texnologik 

o`rnini bosishning chegarali me’yori deyiladi(MRTS). 

Kapitalni  —  mehnat  bilan  MRTS  belgilangan  mahsulotni  ishlab  chiqarishda 

bitga  qo`shimcha  mehnat  birligidan  foydalanish  hisobiga  kapital  qisqartirilishi 

mumkinligini  ko`rsatadi.  Bu  ko`rsatkich,  iste’mol  nazariyasida  esga  olingan 

chegarali  o`rnini  bosish  me’yori  (MRS)ra  o`xshashdir.  MRS  kabi  MRTS  ham 

hamisha  musbat  ko`rsatkich  hisoblanadi.  Matematik  shaklda  (MRTS)  =  - 

foydalanilgan kapital miqdorining o`zgarishi / mehnat sarflarining o`zgarishi, yoki 

MRTS = - LK /AL, 

bunda  AK  va  AL  alohida  izokvant  (yoki  doimiy  Q)  dagi  kapital  va  mehnatning 

katta bo`lmagan o`zgarishini ifodalaydi. 

Ta’kidlash joizki, 6.5-rasmda meqnat sarflari 1 dan 2 birlikka ko`paygan va 

mahsulot ishlab chiqarish 75 birlik darajasida bo`lganda texnologik o`rnini bosish 

me’yori (-AK/AL) 2 ga teng. Biroq, mehnat sarflari 2 dan 3 birlikka ko`payib va 

keyinchalik,  2/3  dan  1/3  gacha  kamayganda  MRTS  1  gacha  pasayadi.  Kapital 

qancha  ko`p  mehnat  o`rnini  qoplasa  mehnat  unumdorligi  shuncha  past  bo`ladi, 

kapitaldan  foydalanish  esa  samaraliroq  bo`ladi.  Shuning  uchun,  mahsulot  ishlab 

chiqarish  hajmini  doimiy  miqdorda  ushlab  turish  uchun  kapitalni  minimal 

miqdorda kamaytirish zarur. Bunday holatda izokvant bir tekis tus oladi. 

Izokvantlar  egri  chiziqlari  botiq  shaklda  bo`ladi,  ya’ni  MRTS  izokvant 

bo`ylab pastga siljigan sari qisqaradi. Texnik o`rnini bosishning chegarali me’yori 

har  qanday  ishlab  chiqarish  omilining  ishlatish  samaradorligi  cheklanganligini 

ko`rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida kapitalning  o`rnini ko`proq mehnat bosishi 

uning  unumdorligini  pasaytiradi.  Xuddi  shunday  tarzda  mehnatning  o`rnini 



 

192 


ko`proq kapital bosishi uning qaytimini kamaytiradi. Ishlab chiqarish uchun ikkala 

omilning mutanosibligi zarur. 

Taxmin  qilganimizdek,  MRTS  mehnatning  chegarali  mahsuli  MPL  va 

kapitalning chegarali mahsuloti MRK bilan jips bog’liq. 

Buni  ko`rish  uchun  faraz  qilaylik,  mehnat  sarflari  bir  oz  ko`paytirilgan  va 

kapitaldan  foydalanish  mikdori  bir  oz  kamaytirilganda  mahsulot  ishlab  chiqarish 

hajmi  o`zgarmay  qoladi.  Mehnat  xarajatlarining  ko`payishi  natijasida  mahsulot 

ishlab  chiqarishning  o`sishi  qo`shimcha  mehnat  birligiga  (mehnat  chegarali 

mahsuliga)  to`g’ri  keladigan  qo`shimcha  mahsulot  ishlab  chiqarishni  qo`shimcha 

mehnat birligiga ko`paytmasiga teng.  

Xuddi  shunday  tarzda  foidalanilgan  kapitalni  kamaytirish  natijasida  ishlab 

chiqarish hajmining kamayishi  —  bu kapital birligiga  hisoblagan  ishlab  chiqarish 

hajmi kamayishining (kapital chegarali mahsulini), qisqartirilgan kapital miqdoriga 

ko`paytmasiga teng: kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarishning pasayishi 

= (MRK) (DK) bo`ladi. 

 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish