I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


  9.4 O`rtacha va chegarali mahsulot



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

 


 

185 


9.4 O`rtacha va chegarali mahsulot. 

 

Ishlab  chiqarish  jarayonvda  jonli  mehnatdan  foydalanishni  o`rtacha  va 

mehnat  chegarali  mahsuli  tushunchalari  yordamida  ifodalash  mumkin.  9.2-

jadvalning  4-ustuni  mehnat  o`rtacha  mahsuli  APl  ni  ko`rsatib  turibdi,  bu 

foydalanilgan  omil  birligiga  to`g’ri  keladigan  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini 

o`zida aks ettiradi. O`rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi Q ni umumiy mehnat 

sarflari L ga taqsimlab aniqlanadi. Bizning misolimizda o`rtacha mahsulot dastlab 

ko`payadi,  biroq  mehnat  sig’imi  4  birlikdan  oshgan  sari  kamaya  boshlaydi.  5- 

ustunda mehnat chegarali mahsulotlari MPL ko`rsatilgan bo`lib, bular mehnat sarfi 

bigga  birlikka  ko`payishi  natijasida  ishlab  chiqarilgan  qo`shimcha  mahsulot 

hajmidir. 

Masalan,  kapital  miqdorga  o`zgarmagan  holda  ya’ni  u  10  birlik  bo`lgani 

holda  mehnat  sarfini  2  dan  3  birlikka  ko`paytirish  mahsulot  hajmini  30  dan  60 

birlikka  oshiradi,  ya’ni  qo`shimcha  ravishda  30  birlik  mahsulot  (60—30)  hosil 

qiladi. Mehnat chegarali mahsuli AQ/AL tarzida yoziladi (ya’ni, mehnat  sarfi AL 

bitta birlikka ko`payishi natijasida ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi ya’ni AQ). 

Mehnat  chegarali  mahsuloti  foydalaniladigan  kapital  miqdoriga  ham  bog’liq. 

Masalan,  kapital  sarfi  10  dan  20gacha  ko`paysa,  mehnat  chegarali  mahsulotining 

ko`payishi  extimoli  bo`ladi.  O`rtacha  mahsulot  singari  chegarali  mahsulot  ham 

avval  ko`payadi,  keyin  esa  pasayadi,  biroq  u  faqat  mehnat  sarflari  3  birliqdan 

oshgandagina pasaya boshlaydi. 

Yakun  chiqaramiz:  Mehnat  o`rtacha  mahsuloti  =  ishlab  chiqarish  hajmi  / 

mehnat sarflari = Q /L. 

Mehnat  chegarali  mahsuloti  =  ishlab  chiqarish  hajmining  ko`payishi  / 

mehnat sarflarining ko`payishi / AQ/AL. 

9.2-jadvalda  berilgan  axborotning  chizma  tasviri  hisoblanadi.  Biz  rasmdagi 

barcha  nuqtalarni  yaxlit  chiziqlar  orqali  birlashtirdik.  9.2-a  rasm  ishlab  chiqarish 

hajmi o`sishini, biroq maksimum 112 birliqdan iborat maksimumga etmaganini va 

kelgusida pasayishini ko`rsatadi. Ishlab chiqarish egri chizig’ining bu qismi uzuq-

uzuq  chiziq  bilan  belgilangan  bo`lib,  u  bilan  mehnat  sarfi  8  birlikdan  yuqori 




 

186 


bo`lganda  ishlab  chiqarish  texnologik  jihatdan  samarali  emasligini  ko`rsatadi, 

demak  u  ishlab  chiqarish  fuktsiyasining  qismi  hisoblanmaydi.  «Samaradorlik» 

tushunchasi  manfiy  chegarali  mahsulotni  inkor  etadi.  9.2-rasmda  o`rtacha  va 

chegarali mahsulotlar egri chizig’i ifodalangan. 

Urtacha mehnat mahsuli — bu kiritilgan mehnat omili miqdoriga bo`lingan 

umumiy  mahsulotdir.  V  nuqtada  o`rtacha  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  (60)ni 

kiritilgan  omil  Zga  bo`linmasini  aks  ettiradi,  yoki  20  birlikka  teng  kiritilgan 

mehnat  omilini  yoki  mehnat  sarflarini  ko`rsatadi.  Ko`rinadiki,  ushbu  o`rtacha 

mahsulot  umumiy  mahsulot  egri  chizig’ining  dastlabki  holatdan  V  nuqgasigacha 

bo`lgan  egilishi  bilan  o`lchanadi.  Umuman,  o`rtacha  mahsulot  umumiy  mahsulot 

egri  chizig’ining  qaysi  bir  nuqtasida  keskin  egiladi.  Bu  egilish  boshlang’ich 

nuqgadan  to  shu  nuqtagacha  bo`ladi.  Hatto  yuzaki  o`rganish  ko`rsatib  turibdiki, 

o`rtacha  mehnat  mahsuli  o`zining  maksimal  miqdoriga  V  nuqgada  etadi.  Bu 

nuqtada chiziq o`zining dastlabki holatiga nisbatan eng katga burilishga ega bo`lib, 

keyin pasayadi. 

Mehnat  chegarali  mahsuli  —  bu  umumiy  mahsulotni  kiritilgan  omil 

mehnatning  yoki  mehnat  sarflarining  unchalik  katta  bo`lmagan  o`zgarishiga 

javoban  siljishini  ifodalaydi.  Geometrik  jihatdan  chegarali  mahsulot,  ishlab 

chiqarish egri chizig’ining qaysi bir nuqtasida mahsulot chiqarish egri chizig’ining 

xuddi  shu  nuqtadagi  egilish  burchagiga  teng.  Mahsulot  ishlab  chiqarish  egri 

chizig’ining  og’ish  burchagi  o`z  navbatida  shu  nuqga  orqali  o`tkazilgan  urinma 

chiziqning  egilish  burchagiga  teng.  Shunday  qilib,  A  nuqtada  chegarali  mahsulot 

20 birlikka teng bo`ladi, chunki urinma chizig’ining burchak koeffitsienti mahsulot 

ishlab  chiqarish  egri  chizig’iga  nisbatan  20ga  teng.  Urinma  chiziqlarni  mahsulot 

ishlab  chiqarish  egri  chizig’iga  nisbatan  burchak  koeffitsientlarini  o`rganar 

ekanmiz,  mehnat  chegarali  mahsuli  dastlab  o`sib  borishi,  mehnat  sarflari  3  birlik 

bo`lganda  o`zining  cho`qqisiga  chiqishi,  keyin  esa  S  nuqtadan  D  nuqtagacha 

siljigan  sari  pasayib  borishini  ko`ramiz.  D  nuqtada  ishlab  chiqarish  hajmi 

maksimumlashadi,  urinma  chiziqning  mahsulot  ishlab  chiqarish  egri  chizig’iga



 

187 


nisbatan  egilishi  Oga  teng  va  chegarali  mahsulot  ham  Oga  teng  bo`ladi.  Bu 

nuqtadan yuqorida chegarali mahsulot manfiylashadi. 




Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish