I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/124
Sana20.03.2022
Hajmi3,29 Mb.
#503828
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124
Bog'liq
dozimetriya kitob

 Pana joy (panagoh) 
Saqlanish joyiga germetik berkiladigan inshootlar kiradi. Ular hajmi bo‘yicha 
kichik (150 kishigacha sig‘im), o‘rtacha (150-450 kishi) va katta (450 kishidan ko‘p) 
turlarga bo‘linadi.
Saqlanish joylari yadro portlashlarning barcha faktorlaridan (to‘lqin zarbasi, 
yorug‘lik nurlanishi, o‘tuvchi radiatsiya va joyni radiaktiv zararlash) muhofazalashi 
kerak. Saqlash joylari muhofazalash xususiyati bo‘yicha sinflarga bo‘linadi (5.11-
jadval). Odamlarni muhofazalash uchun asosan A- IV sinfi qo‘llaniladi.
5.7-rasm. Odamlarni uzoq muddatga saqlash uchun saqlash joyi sxemasi. 
1 – germetik himoyali eshik; 2 – shlyuzli kamera (tambur); 3 – sanitar-oqartuv qism; 
4 – odamlarni joylashtirish asosiy qismi; 5 – avariya chiqish yo‘li; 6 – filtrlovchi 
qism; 7 – tibbiy xona; 8 – oziq-ovqat saqlash joyi. 
Saqlanish joyi devor va tomyopmalari, mustahkamligi er usti portlashining zarba 
to‘lqin kuchiga hisoblanadi, tuzilmalar va qurilish materiallari zichligi o‘tuvchi 
radiatsiya va radioaktiv zararlanishlar, shamollatish qurilmalari berilayotgan 


134 
havoning sifati va oqimini ta’minlashi kerak. Joyning balandligi 220 sm dan, yuzasi 
va hajmi bir kishiga talluqli ravishda 0,5 m
2
va 1,5 m
3
dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Saqlash joyining shipi (potolok) suvoq qilinmaydi. Saqlash joyiga kirishlar soni va 
o‘lchami 200 kishiga 80×180 sm yoki 300 kishiga 120×200 sm bo‘lishi kerak.
5.11-jadval. Saqlash inshootlari sinfi 
Sinf 
Zarba to‘lqini fronti bosimi, ΔR
F

kgk/sm
2
 
Kamayish koeffitsienti
A-I 

5000 
A-II 

3000 
A-III 

2000 
A-IV 

1000 
A-V 
0,5 
300 
600 kishidan oshiq saqlash joylarida bitta kirish yo‘lidan qo‘shimcha kiritish 
ko‘zda tutiladi, u germetik himoyalangan bo‘lishi, boshqa kiritish eshiklari 
yopilganda odamlarni kiritishni ta’minlashi kerak. Avariya chiqish joyi erosti 
tuzilishga ega bo‘lishi kerak. O‘lchami 90×100 sm bo‘lib ko‘milmaydigan, 
yopilmaydigan hududga tik shaxta orqali chiqishi kerak. Shaxta og‘zi 60×80 sm 
o‘lchamli bo‘lib chiqish joyiga ichkari ochiladigan metall panjara o‘rnatiladi. Chiqish 
joyi atrofdagi eng yaqin bino yoki inshootdan kamida 
L
= 0,5
H
+ 3 m (
H-eng yaqin 
bino yoki inshoot baladligi, m)
masofada joylashadi.
Saqlash joylari odamlar turgan joydan (korxona, aholi yashash joyi, va b.) 300-
400 metrdan oshmasligi kerak. Aholida qurilgan saqlash joylarida avariya chiqish 
joylari bo‘lmasligi mumkin.
Saqlash joylarining zich joylashishida unga kiritilayotgan havoning 
cheklanganligini, hosil bo‘layotgan namlik, issiqlik va karbonat angidrid gazini 
hisobga olib saqlash inshootlari havo ta’minoti, oqova, energiya ta’minoti va boshqa 
sanitar gigienik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Saqlash inshootlari doimiy va o‘zgaruvchan havoli bo‘ladi. Birinchisida filtrlash 
qurilmasi bo‘ladi va ikkinchisida qurilmasiz bo‘ladi.
Muhofaza inshootlarida shamollatish quyidagi shamollatish tartibi qo‘llaniladi:
-filtrli shamollatish - atmosfera radioaktiv moddalar bilan zararlangan yoki 
yuqumli kasallik tarqalish o‘chog‘ida agregatni ishga tushiriladi;


135 
-faqat shamollatish – odamlarni zararlanish xavfi bo‘lmaganda, radiaktiv 
moddalar to‘liq cho‘kkanda agregat o‘chiriladi;
-to‘liq muhofaza - agregatni o‘chiriladi, rejim er usti va erda yadro 
portlashidan 40-50 minut o‘tganda qo‘llaniladi;
-tiklash (regeneratsiya) - saqlash joyida katta hajmli tiklash qurilmasi ishga 
tushiriladi, u bilan karbonat angidirid gazi yutiladi, havoni kislorod bilan boyitiladi;
O‘rtacha kattalikdagi odam tinch - osoyishta holatda soatiga o‘rtacha 75 kkal 
energiya ajratadi. Odamdan namlik ajralishini quyidagi formula bilan hisoblash 
mumkin
d
= 7(
t
–15)
(5.11) 
bu erda: 
t-
atrof muhit harorati, °C. 
Odam tinch holatda soatiga 11,2 litr kislorod istemol qiladi, shunda 11,2 litr 
karbonat angidirid ajraladi. Boshqa barcha sharoitlarda saqlash inshootlaridagi odam 
soatiga 24 litr kislorod istemol qilib 21 litr karbonat angidirid (SO
2
) ajraladi. Saqlash 
inshootlarini hajm bo‘yicha me’yorini hisobga olganda 2-2,5 soat bo‘lish vaqtida SO
2
miqdori 3-4% ga etadi. Karbonat angidrid gazining chegaraviy miqdorgacha o‘sish 
darajasi quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin: 
B
V
C
t


=
100
(5.12) 
bu erda: 
С-
chegaraviy chidash konsentratsiyasi (СO
2
uchun ≈ 3);
V
–bir kishiga to‘g‘ri keladigan yopiq bino hajmi, m
3

В – odamdan ajraladigan gaz miqdori (СO
2
uchun≈ 11,2 - 21 l/soat).
Yuqorida belgilanganlarga qarab vaziyatdan kelib chiqib filtr shamollatish 
agregati uchun quyidagilar belgilanadi:
-zararlanish yo‘q vaqtida bir kishiga 7-20 m
3
/soat tezlikda havo berish bilan 
bo‘lish vaqti (5.12-jadval) jadvalda berilgan;
-havo ifloslanganda filtr shamollatish rejimi 2 m
3
/soat tezlikda bo‘ladi;
-
to‘liq himoyalangan rejim – radiatsion avariya yoki yadro portlashi vaqtida 
shamollatish tizimi 1 soatga o‘chiriladi va germetik klapanlar yopiladi.
Saqlash inshootlarida ichimlik va gigienik maqsadda foydalanish uchun 1 
kishiga maqsadda 3,5-4 litr/sutka, unitaz va yuvinishni hisobga olib 16-20 litr/sutka 
hisoblanadi.


136 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish