I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/124
Sana20.03.2022
Hajmi3,29 Mb.
#503828
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124
Bog'liq
dozimetriya kitob

 
4.
 
Qozog‘iston, Semipalatinsk poligoni 
Semipalatinsk poligoni
SSSR ning yadro sinovlari maydoni bo‘lgan. Bu 
hududda 700 mingdan oshiq aholi yashaydi. 1949 yildan 40 yil mobaynida 456 
marta yadro sinovlari o‘tkazilgan. U 1991 yilda yopilgan. Ungacha 200 mingdan
ko‘p odamlar sog‘ligiga zarar etkazgan. 
 
3. Qirg‘iziston, Mayluu-Suu
Bleksmit Instituti (2006 y.) ma’lumotlariga ko‘ra Mayluu-Suu shahri radioaktiv 
ifloslangan joy bo‘lib er sharidagi 10 ta eng radiatsiyaviy xavfli obyektlar tarkibiga 


104 
kirgan. Hududda uranni qazib olish va qayta ishlash korxonalari joylashgan bo‘lib, 
hozirgi vaqtda 36 ta chiqindilar axlatxonasi mavjud, unda 1.96 ming m
3
uran 
chiqindilari bor. Hudud faol seysmik zona hisoblanadi. Axlat (radiaktiv) Norin 
daryosiga tushish ehtimoli bor. Shuning uchun Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, 
Qozog‘iston hududi to Orol dengizigacha hududlarga radioaktiv potensial xavf 
mavjud. Bu hududda taxminan 15-16 mln aholi istiqomat qiladi.
 
2. Ukraina, Chernobil 
Chernobil 
atom elektr stansiyasidagi avariya sodir bo‘lganiga 30 yildan oshdi. 
Hududda hozirgacha radiaktivlik tabiy radiaktivlikdan yuqori. Ma’lumotlarga 
qaraganda avariyaning oqibatida hosil bo‘lgan vaziyatning ta’sirida hozirgacha 6 
milliondan ortiq odamlar zararlangan, o‘limlar soni 4 dan 93 ming atrofida bo‘lishi
bildirilgan. Radiatsiya chiqindilari Xirosima va Nagasakidagiga nisbatan yuz 
martalab ko‘p. Qisman odamlarga V zonada yashashga ruxsat berilgan. Avariya 
oqibatida tarqalgan radiatsiyaning 70% qismini Belorussiya aholisi yutgan.
 
1. Yaponiya, Fukusima 
2011 yilda sodir bo‘lgan zilzila va sunami sababli atom elektr stansiyasida 
avariya sodir bo‘ladi. 6 reaktordan 3 tasida yoqilg‘ining erishi sodir bo‘lgan. 
Reaktordan oqib chiqqan radiatsiya okeanga tushgan va katta maydonlarga
tarqalgan. Koreya oroli qirg‘og‘igacha etib borgan. Dengizchilar tutgan baliqlarda 
radioaktivlik aniqlangan. AES dan 200 mil masofada ham radiaktivlik aniqlangan. 
Uning ta’siri avlodlarga ham etishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
O‘zbekiston hududida ham yadro portlatishlari amalga oshirilgani to‘g‘risida 
ma’lumotlar mavjud. 1966 yil 30 sentyabr, Buxoro shahridan 80 km janubda 
joylashgan “O‘rta buloq” gaz konidagi yong‘inni to‘xtatish uchun 1532 m 
chuqurlikda 30 kilotonna quvvatga ega bo‘lgan, 1968 yil 1 mayda Qarshi shahridan 
70 km g‘arbda joylashgan “Pamuk” gaz konida 2440 m chuqurlikda yong‘inni 
o‘chirish maqsadida 47 kiloton quvvatga ega bo‘lgan yadro portlatishlar amalga 
oshirilgan. Bular yadro portlatish bilan bog‘liq potensial xavflar hisoblanadi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish