I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Erning (terrigen) nurlanishi



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/124
Sana20.03.2022
Hajmi3,29 Mb.
#503828
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
Bog'liq
dozimetriya kitob

Erning (terrigen) nurlanishi 
Terrigen nurlanishni Er moddasini tashkil bo‘lish jarayonida qachondir hosil 
bo‘lgan er qobig‘ining minerallaridagi radioaktiv elementlar hosil qiladi. Erdagi 
ko‘pgina radioaktiv elementlar yadrolarining yarim emirilish davri kattaligi tufayli 
xozirgi vaqtga qadar saqlanib qolgan. Dastlab paydo bo‘lgan radionuklidlardan: 
kaliy-40, toriy – 232, shuningdek uran -235 va uran 238 kabilarni misol keltirish 
mumkin. Toriy va uran o‘zlarining radioaktiv qatorlariga muvofiq turli radionuklidlar 
hosil qilib parchalanadi. Bunday radioaktiv izotoplardan eng ko‘proq ahamiyat kasb 
etadiganlari: radon-220 va 222, radiy – 224 va 226, qo‘rg‘oshin -210 va poloniy – 
210.
Er qobig‘ida va uylar qurish uchun ishlatiladigan qurilish materiallarida mavjud 
bo‘lgan radioaktiv elementlar bizni tanamiz orqali tinmay o‘tib turuvchi nurlarni 
tarqatadilar, ya’ni ular tashqi radiatsiya manbaini tashkil etadilar. Shu bilan birga 
kamyob va shu jumladan qurilish materiallaridan ajralib chiquvchi radioaktiv 
elementlar, radon inert gazi, organizmimiz ichiga kirib doimiy ichki nurlanish 
manbaini tashkil etadi. 
Tuproq (grunt) turi va inshootlar turiga ko‘ra er nurlanishining jadalligi juda 
kuchli darajada o‘zgarib turadi. Odatda tabiiy radionuklidlar konsentratsiyasi 
tog‘larning xarsang tosh qatlamlarida yuqori bo‘lib, bunda rubidiy – 87 (1 t gruntda 


42 
40 g gacha) ko‘pchilikni tashkil etadi. Oxaktosh va qumloqlarni radioaktivligi 
pastroq. Ularni tarkibida kaliy - 40, rubidiy - 87, uran - 238, ittriy -232 mavjud. Loyni 
radioaktivligi unga yuqori termik ishlov berganda (sopol, keramika, olovga bardoshli, 
issiqlik saqlovchi materiallar tayyorlash) ularni konsentratsiyasi ortishi natijasida 
ko‘payadi. 
Yuqorida nomlari keltirilgan tabiiy radionuklidlar yoki ularning parchalanish 
mahsulotlari joylarda er qobig‘idan chiqib turadi, shamollatilmaydigan erto‘la, 
binolarning pastki qavatlari kabi xonalarda yig‘iladi. Ayniqsa qurilish materiallarini 
tayyorlash uchun hom ashyo bo‘lgan fosfogips, boksitli tuproq loyidan ishlab 
chiqarilgan qizil g‘isht, domna shlaki, uchib yuruvchi kul (kul changi), shag‘al va 
keramzit tabiiy radionuklidlariga boydir.
Shag‘alni radiatsion xavfliligini uchta sinfi mavjud. 1-sinf shag‘aldan 
cheklovlarsiz xoxlagan obyektlarni qurish mumkin. 2-sinf shag‘aldan ishlab chiqarish 
obyektlari va yo‘llarni qurish mumkin. 3-sinf shag‘aldan faqat noturar joylarnigina 
qurish mumkin. Radiatsion xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qurilish 
materiallari va mahsulotlardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Ko‘mir tarkibidagi uran TES (IES) larda AES lardagidan ko‘proq radiatsiya 
chiqaradi. Masalan, o‘rtacha quvvatli bitta TES da ko‘mir kulini 90% tozalaganda bir 
yilda radiatsiya miqdori 2 ming kishi Zv gacha etadi, shu quvvatdagi AES da esa atigi 
1 mingni tashkil etadi. Albatta, kulni 99,5% tozalaganda (bu zamonaviy usul va 
vositalar yordamida bajarilishi mumkin) ushbu doza 20 barovar kamayishi mumkin.
Barcha tabiiy radiatsiya manbalaridan eng salmoqligi (50% dan ziyod) radon 
(Rn) inert gazi (havodan 7,6 marta og‘ir) bo‘lib, u toriy va uran radioaktiv 
qatorlarining tabiiy a’zosi sifatida radioaktiv izotoplar shaklida uchraydi. U α va γ 
nurlar taratib parchalanadi, yarim parchalanishini (jismoniy) davri: Rn-219 – 4 
sekund, Rn-220 (toron Tn) – 55,6 sekund, Rn-222 – 3,8 sutkani tashkil etadi. 
Radon haqida gapirilganda nafaqat radonning o‘zi tushuniladi, balki kam vaqt 
mavjud bo‘luvchi (saqlanib turuvchi) va radioaktiv xavfi ancha yuqori bo‘lgan uning 
parchalanish mahsulotlari ko‘zda tutiladi. 
Ko‘pchilik radioaktiv elementlar metallar bo‘lib, umuman olganda, yashash 
muhitida passiv holatda bo‘ladi, radon gazi esa o‘zi paydo bo‘lgan joydan eng faol va 
ta’sirlanuvchi muhitga biz nafas oladigan havoga o‘tadi.
Xonalardagi atmosferaga radon turli yo‘llar bilan kiradi: a) er qa’ridan chiqadi; 
b) binolar qurilgan qurilish materiallari (sement, shag‘al, g‘isht) dan ajralib chiqadi; 


43 
v) suv ta’minoti, maishiy gaz va boshqa hayotni ta’minlovchi mahsulotlar bilan kirib 
keladi; g) ko‘mir yoqilganda ajraladi.
Bir daqiqa mobaynida bizning o‘pkamizga yutilayotgan havo bilan radonning 
kamida bir necha million radioaktiv atomlari kiradi. Nomaqul sharoitlarda esa bu 
miqdor yuzlab va minglab marta ortishi mumkin.
Yarim emirilish davrining etarlicha kattaligi (3,8 sutka) bois radon ozmi, ko‘pmi 
darajada bir tekis troposferada (taxminan 10 km balandlikda) taqsimlanadi. Ammo 
har bir qurilma, shu jumladan turar joy, uy radioaktiv gazni tarqalishiga to‘sqinlik 
qiladi, bu esa binolarda uning konsentratsiyasini anchagina ortishiga olib keladi.
Radonning havo tarkibidagi konsentratsiyasi darajasi ko‘pgina omillarga 
bog‘liqdir: qurilish materiallari tarkibida uran va toriyni yuqori miqdorda mavjudligi, 
uy poydevori joylashgan erda yuqori darajada radioaktiv jinslarni mavjudligi; 
binolarni yuqori darajada germetikligi va shamollatishni etarli emasligi; katta 
chuqurlikdan olingan suvni ishlatilishi; tabiiy gazni mo‘rikonlarsiz ishlatilishi. 
“Radiatsiya xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuda aytilishicha, bino va inshootlarda 
radon va γ nurlanish miqdori darajasini kamaytirish yo‘li bilan me’yorlarni 
ta’minlashni imkoni bo‘lmagan taqdirda mahsulotlardan foydalanish xarakterini 
o‘zgartirilishi lozim.
Radiatsion himoya bo‘yicha Halqaro komissiya tomonidan tavsiya etilgan 
maksimal yo‘l qo‘yiladigan daraja 200 Bk/m
3
ni tashkil etishi kerak. Rossiya 
davlatining Sog‘liqni saqlash vazirligi 1990 yilda radon mavjudligining nazorat 
darajasini joriy qilgan: yangi qurilayotgan uylarda – 100 Bk/m
3
gacha, aholi 
yashayotgan uylarda esa – 200 Bk/m
3
gacha. Agar ushbu darajani 400 Bk/m
3
qiymatdan pasaytirishni imkoni bo‘lmasa, xonadonlarda yashaydiganlarni ko‘chirish 
masalasi qo‘yiladi.
Xuddi shunday talablar №43-10/796 raqamli “Ionlashtiruvchi nurlanishning 
tabiiy manbalaridan aholini nurlanishning tabiiy manbalaridan aholi nurlanishini 
cheklash” me’yoriy xujjatida xam keltirilgan. Unda aytilishicha agar ko‘chadagi fon 
va xonadonlardagi fon birgalkida 65...80 mkR/soat ni tashkil etsa sanitar 
epidemiologik nazorat organlari aholini boshqa uylarga ko‘chirish xaqidagi masalani 
qo‘yishi kerak.
Har bir qurib bitkazilgan uyni foydalanishga topshirishda uning xonalaridagi 
havoda radon miqdorini ko‘rsatuvchi sertifikat bilan ta’minlanishi kerak. 1998 yildan 
boshlab tashkilot va xududlarning radiatsion gigienik pasportizatsiyasi joriy etilgan 


44 
bo‘lib, unda ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining ta’siri baxolangan bo‘lishi 
kerak.
Xonalarda radioaktiv radon miqdorini kamaytirish uchun pol ostidagi 
erto‘lalarni sifatli izolyasiyalash talabga javob beradigan ishonchli shamollatish 
qurilmalarini o‘rnatish lozim. Agar kvartiradagi devorlarni plastik materiallar bilan 
qoplansa radon ajralib chiqishi 10 marta kamayadi. Devorlarni epoksid asosidagi 
bo‘yaqlar bilan yoki moyli bo‘yoqlar bilan 3 karra bo‘yalsa xuddi shunday samaraga 
ega bo‘lishi mumkin. Devorlarga oddiy qog‘oz oboylar yopishtirilganda (qanchalik 
qog‘oz zich bo‘lsa shunchalik yaxshi) radon chiqishi 30 %ga kamayadi. Devorlarning 
suvog‘i, aksincha radon ajralishini ko‘paytiradi.
Uran qazib chiqaruvchi ishchilar radonli havodan nafas olganlari bois yuqori 
darajali radiatsion zo‘riqishga uchraydilar; ularni o‘pka raki bilan kasallanish 
xolatlari ko‘payishi holatlari aniqlangan.
Radonli vannalar bilan davolashga salbiy munosabat bildiradigan ba’zi 
mutaxassislar radiatsion zararlanish imkoni xaqida ogoxlantirib, bunday shifobaxsh 
manbalarni ijobiy biologik ta’siri inson organizmini radiatsion ta’sir ostida himoya 
reaksiyasi bilan izoxlanadi deb hisoblanadi. Bunday shifo maskanlaridagi 
xizmatchilarni irsiyatida (irsiy materialida) radonli suv manbalari ta’siri bilan 
izoxlanadigan o‘zgarishlar aniqlangan. 
Ko‘pincha vannaxonada yoki parxona tarkibida radon miqdori ko‘p bo‘lgan 
suv bug‘ini nafas olinayotgan havo bilan o‘pkaga kirishi xavf tug‘diradi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish