I-80 guruhi talabasi Mamajonova Dilafro'z ning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan joriy nazorat savollariga bergan javobi



Download 13,11 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi13,11 Kb.
#97147
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasidan joriy nazorat


I-80 guruhi talabasi Mamajonova Dilafro'z ning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan joriy nazorat savollariga bergan javobi

9-variant

Savollar.

1.Per Buagilbernning qiymat talqini ,pulga munosabati.

2.Umumiy nazariyada konseptual tabiiylik.

3.Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari.

Javoblar.

1.Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal munosabatlar o'zining cho'qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring). Vaholanki, Angliyada bUIjua inqilobi bo'lib, kapitalistik munosabatlar tez shakllana boshladi. Fransiyada yuqori tabaqa barcha yeming egasiga aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo'lsalar ham, feodal majburlyatlar nihoyatda ko'p edi. Xo'jalikdagi kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, xalq xo'jaligida natural xo'jalik asosiy bo'lib, sanoat rivoji past bo'lgan. Faqat zeb-ziynat buyumlari va pa.riYumeriya mahsulotlari tayyorlash bo'yichagina Fransiya YevropadB yuqori o'rinda edi.

Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII aSI boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi asoschilaridan biri bo'lgan Per Buagilber (1646-1714)ning iqtisodiy qarashlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Per Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo'lib, de Buagilber - bu oila yer pomestyesining nomi edi. Lekin tarixda Per Buagilber nomi saqlanib qoldi. Per Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi ma'lumo~ olgach, adabiyot bilan shug'ullandi, keyinchalikRuan okrugida lavozimini egalladi. U bu lavozimni umrining oxirigacha saqlab qoldi va katta o'g'liga topshirdi; o'zini «qishloq xo'jaligining advokati - himoyachisi» deb atadi. Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi konsepsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massas' bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, go'sht, kiyim-kechak va boshqalardan iborat. Hatto yerga va pulga egalikning o'zi boylikni ta'min1aydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa hayot uchun zarur ashyolar (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtirilmasa, bunday «boylik» egasi qashshoqlikka mahkum etiladi. Shu sababli jamiyatda pulni ko'paytirish emas, balki ishlab chiqarishni o'stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak. Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos:

• iqtisodiyotda erkin raqobat sharoitida avtomatik mo'tadillik mavjud bo'ladi;

• tovarlar va xizmatlar qiymatini belgilashda xarajatlar qoidasiga amal qilinadi;

• milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat manfaatlaridan ustunligi tan olinadi;

• xo'jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli baho berilmaydi va boshqalar. Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo'li bilan qishloq xo'jaligining rolini ataylab mutlaqlashtirgan. Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat uning jamiyat uchun ahamiyatini ko'ra bildi. 1691-yilda u Fransiyani og'ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif etdi. Dastlabki fIkrlari bo'yicha turli islohotlar o'tkazib (war bUljua-demokratik xarakterga ega bo'lishi kerak edi), 1707-yilda esa uning g'oyalari etilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi:

1. Soliq tizimini o'tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga tegishli bo'lishi kerak edi.

2. Ichki savdoni har xii cheklovlardan ozod qilish (ichki savdo erkinligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, ťmehnat taqsimotining o'sishini ta'minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi;

3. Donning erkin sotilishiga yo'l berish, donga tabiiy baho ta'sirini cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun'iy ravishda baho belgilangan bo'lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas, don yetishtirish o'smay qo'ygan edi. Buagilberning fIkricha, iqtisodiyot erkin raqobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga ega bo'lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb .hisobladi. Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funksiyasini inkor etmadi: bu o'sha davr uchun, real hayotni tushungan amaliyotchi olim uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to'g'ri soliq tizimi orqali mamlakatda iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi mumkin. Agar iste'mol sarflari oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar kambag'allar ko'proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o'z daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o'z daromadlarini saqlashda, va demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug'dirishiga olib keladi.



2.Iqtisodiyot nazariyasi sohasida istagan kitobni ko‘ringki, unda Keynsning Umumiylik nazariyasidan ko‘ra ko‘proq farazlarga duch kela olmaysiz. Aniq qilib aytadigan bo‘lsak, boshqa iqtisodchilar o‘z farazlarining aniqlilik va haqiqiylik darajalarini izohlab o‘tishsada, Keyns o‘z farazlarining aksincha ishonchli tarzda aks ettirishini ta’kidlab o‘tadilar. Ushbu kamtarlikning yetishmasligi Keynsning yoshlik davrlariga borib taqaladi. Kollejni bitirish arafasida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish xodimi kasbiga o‘tish imtihoni topshiradi, ammo iqtisodiyotdan yuqori ball ola olmaydi; uning javobi quyidagicha bo‘lgan edi “Shubhasiz men imtihon oluvchilarga nisbatan iqtisodiyot sohasida ko‘proq bilimlarga egaman”75. Keyns Umumiylik nazariyasi ustida ish olib borayotgan davrda, u iqtisodiy masalalar haqida dunyo ahlini fikrlashga undovchi usullarni batamom o‘zgartirishga yordam beruvchi yangi kitob yozayotganligi haqida Jorj Bernard Shouga noma yo‘llagan Umumiylik nazariyasining birinchi bobi bir abzasdan iborat. Keyns ushbu bobda oldingi nazariya o‘zining umumiyroq holda ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rinishi ichra jalb qilinishi kerak bo‘lgan muhim vosita ekanligi mazmunidan kelib chiqib, yangi nazariya umumiylik nazriyasi deb nom olganligini tasdiqlagan. “O’tgan nazariya” orqali Keyns Rikardoning iqtisodiy qarashlarini Seyning qonuniga aloqadorlikda deb ifodalab, klassik va neoklassik iqtisodiyotdni ko‘rsatib o‘tdi hamda ushbu qarashlarga izdoshlar sifatida quyidagi iqtisodchilarni keltirib o‘tdi: J. S. Mill, Marshall, edgeworth, and Pigou. Keynschilik iqtisodiyotining eng muhim ajralib turuvchi ko‘rinishi siyosiy tomonga yo‘nalgan bo‘lsada, uning eng dolzarb asari, ya’ni Umumiylik nazariyasi professional iqtisodchilar o‘rtasida ko‘pchilikning e’tiboriga tusha olgan haqiqiy nazariy masalalar yoritilgan kitob bo‘ldi. Keyns quyidagilarni keltirib o‘tadi: “Bu kitob men bilan zamondosh iqtisodchilarga bag‘ishlangan. Umid qilamanki, ushbu asar boshqalarga ham qiziqarli bo‘ladi. Ammo mazkur asarning asosiy maqsadi nazariyaning qiyin masalalarini hal qilishdan iborat va faqat shundan so‘nggina nazariyani amaliyotga qo‘llay olish mumkin bo‘ladi”76 Keyns nazariyasida qo‘llab o‘tgan usulni tushunish orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan qarama qarshiliklar bartaraf etilishi mumkin. Ko‘pchilik iqtisodiy nazariyalar nokonteksual deb nom olinishi mumkin, ya’ni ular institutsional bo‘shliqda shakllanadi. Bu kabi nazariyalar deduktiv mantiq orqali tushuntirilishi mumkin; ular e’tibor bilan ko‘rsatib o‘tilgan farazlar asosida qilingan xulosalardan kelib chiquvchi birlamchi tamoyillarga asoslanadi. Ushbu gipotezalarga kelishda har bir shaxs uni haqiqiy tomondan emas, balki gipotezalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ajralmas mantiqiy tomoniga e’tibor qaratilishi ta’kidlanadi. Bunday nazariyalar analitik nazariyalar deb ataladi. To‘g‘ri bajarilgan umumiy tenglik tahlili analitik nazariya hisoblanadi. Gipotezalarhaqiqiylikdan muqarrar tarzda ajratib ko‘rsatilishi natijasida keng yoritilgan analitik nazariyalardan siyosiy xulosalar chiqarish anchagina murakkablik tug‘diradi. Keyns turli xil nazariyalarni qo‘llagan, ulardan biri “realitik” deb nom olgan, chunki bu nazariya realistik hamda analitik yo‘nalishlar o‘rtasidagi qarama qarshiliklarni aks ettiradi. “Realitik” nazariya kontekstual sanaladi; u deduktiv mantiqni qo‘llash orqali iqtisodiyot haqida induktiv ma’lumotlar beradi. Gipotezalar asosida reallik yotadi. Realitik nazariyalar bir biridan ajralmas xususiyatlarga ega, ammo ularning reallikka yaqindan bog‘liq bo‘lishi tufayli siyosiy xulosalarga ega bo‘lish anchagina oson kechadi. Keyns Umumiylik nazariyasida mazkur prinsiplarni birlamchi o‘ringa qo‘ymadi, balki uning o‘rniga gipotezalar asosida reallik yotishini ta’kidlab o‘tdi. Nazariyaga barcha e’tiborini qaratgan bo‘lsada unda siyosiy mohiyat ham mavjudligini anglay oldi. Keltirib o‘tilgan misollar realitik va analitik nazariyalar o‘rtasida farqni keltirib chiqaradi. Keyns o‘z nazariyasining tasdig‘i sifatida, maosh va ish haqi darajalari bir-biriga bog‘liq tarzda o‘zgarmas bo‘lishini aniqladi. Keyns Umumiylik nazariyasida o‘zgaruvchan narxlar darajasi haqida qisqacha fikr yuritsada, ishsizlik muammosini hal etishning iloji topilmadi, uning asosiy mohiyati haqida fikr bildirish u uchun ahamiyatsiz edi; ishsizlik muammosini qanday qilib hal etish kerakligi masalasining mavjudligi o‘zgarmas maosh hamda narxlar darajasini iqtisodiyotda qo‘llash zarurligidan dalolat berar edi. U realitik yo‘nalish bo‘yicha bu masalani hal eta oldi, chunki haqiqiy analitik model shu kabi gipotezalar qilishga imkon bera olmas edi. Keyns o‘z nazariyasiga analitik baza yaratish maqsadida uni boshqalarga qoldirdi.

3.Ishlab chiqaruvchi kuchlar, unum beruvchi kuchlar — ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan i.ch. vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy i.ch. jarayonida inson bilan tabiat oʻrtasidagi "modda almashuvi"ni amalga oshiradigan subʼyektiv (odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. I.ch.k. insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va maʼnaviy oʻzlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi. Oʻzlashtirish davomida insonning tirikchilik, hayot sharoitlari — moddiy boyliklar yara-tiladi, ayni paytda uning oʻzi ham kamol topib, rivojlanib boradi. I.ch.k. ning moddiy unsurlari ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol vositalaridan iborat. I.ch. vositalari insonning tabiatga taʼsir koʻrsatishiga xizmat qiladigan mehnat vositalari va inson mehnati yoʻnaltirilgan mehnat pred-metlardan iborat. Mehnat vositalarining eng muhim va takom illashadigan, tez oʻzgaradigan tarkibiy qismi — mehnat qurollari (mashinalar, mexanizmlar, asboblar va b.) hisoblanadi. Shu sababli I.ch.k. oʻzgarishi mehnat qurollarining oʻzgarishidan boshlanadi. I.ch. binolari, yoʻllar, kanallar, energetika tarmogʻi, aloqa vositalari, quvur transporta, turli sigʻimli sisternalar va b. ham mehnat vositalariga kiradi. Mehnat vositalari va ayniqsa mehnat qurollari ish kuchi rivojlanishining mezoni, muayyan darajada mehnat amalga oshadigan munosabatlar koʻrsatkichi hisoblanadi, jamiyatning unum beradigan boyligini hosil qiladi.



Bu jarayonda fan bevosita I.ch.k. ga aylanadi (19-asr dan boshlab i.ch. bilan fanning qoʻshilishi dastlab murakkab i.ch. vositalarini, mashina texnikasini yaratdi; 20-asr ning 2-yarmida i.ch.ni avtomatlashtirish, EHM va kompyuter texnikasini ommaviy qoʻllash va b.).I.ch.k. ning rivojlanishiga geografik muhit, aholining zichligi va koʻpayishi, inson ehtiyojlarining oʻsib borishi, ilmfan taraqqiyoti kabi koʻpgina omillar taʼsir qiladi. Hoz.fan-texnika taraqqiyoti davrida fan ham bevosita I.ch.k. ga aylanib bormoqda. Bularning barchasi pirovard natijada I.ch.k. taraqqiyoti, tarixiy jara-yonning asosiy omili boʻlgan mehnat unumdorligi oʻsishini taʼminlaydi.Har bir mamlakatda I.ch.k. rivojlantirish va uni mintaqalar boʻyicha oqilona joylashtirish katta ahamiyatga ega. Ayrim mamlakatlarda mamlakat I.ch.k. ni rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemalarini ishlab chiqadigan, mamlakat tabiiy resurslari va I. ch.k. ni kompleks oʻrganadigan maxsus Kengashlar ishlaydi. Gʻarbdagi ayrim iqtisodiy nazariya maktablari I.ch.k. tushunchasi oʻrniga ishlab chiqarish omillari tushunchasini qoʻllayd.

Ishlab chiqarish munosabatlari — keng maʼnoda ijtimoiy i.ch. jarayonida kishilar oʻrtasida bajaradigan vazifalariga bogʻliq holda shakllanadigan munosabatlar (mulkdorlar, tadbirkorlar, boshqaruvchilar, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va b.); tor maʼnoda kishilar oʻrtasida moddiy boyliklarni i.ch., ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol jarayonida yuzaga keladigan iktisodiy munosabatlar. I.ch.m. kishilar oʻrtasidagi iktisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab oladi. Barcha i.ch., iktisodiy munosabatlar ichida i.ch. vositalariga boʻlgan munosabat, mulkchilik shakllari hal qiluvchi rol oʻynaydi. Ayrim iqtisodiy nazariyalar, mas, marksistik siyosiy iqtisodda I.ch.m. mulkchilik munosabatlarini ifodalaydigan va ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi darajasi bilan belgilanadigan, jamiyatda siyosat, mafkura, din, axloq va b.larning bazasini tashkil qiladigan munosabatlar tarzida talqin qilinadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida i.ch. vositalari egalari bilan yollanib ishlovchi xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomalari asosida shakllanadi. I.ch.m.ning u yoki bu tarixiy konkret shakllari ishlab chikaruvchi kuchlarning taraqqiyot darajasi, ki-shining tabiat ustidan hukmronlik darajasi bilan belgilanadi. Oʻz navbatida, I .ch.m. ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyo-tiga taʼsir koʻrsatadi, uni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi
Download 13,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish