V – mаvzu. SHАХS SОTSIОLОGIYASI VА DEVIANT XULQ-ATVOR
REJA
1. “Оdаm”, “individ”, “shахs” tushunchasi. Shахs vа uning хususiyatlаri.
2. Shaxs to`g`risidagi asosiy sotsiologik nazariyalar, shaxs ijtimoiylashuvning fazalari, shaxs manfaat turlari.
3. Dеviant xulq-atvor (og`ma xulq-atvor) tushunchasi va uning turlari. Sotsial sanktsiya turlarini tushuntirish.
V.1. “Оdаm”, “individ”, “shахs” tushunchasi. Shахs vа uning хususiyatlаri
Har qanday ijtimoiy tizimning bo’laklari odamlar hisoblanadi. Odamlarning jamiyatga kirishligi turli birliklar orqali amalga oshiriladi. Har bir aniq shaxs sotsial guruhlar, sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar jamiyatda qabul qilingan qoida va qadriyatlar tizimi, ya`ni madaniyat orqali gavdalanadi. SHunga muvofiq inson ko’p sotsial tizimlarga tortilgan bo’lib, ularning har biri unga shakllantiruvchi ta`sir ko’rsatadi. SHunday qilib, odam faqat sotsial tizimning bo’lagi bo’libgina qolmay, uning o’zi ham murkkab tuzilmali tizimda aks etadi. Sotsiologiya shaxsni barcha xilma-xillikdagi majmuida emas, ya`ni tabiat mahsuli sifatida emas, balki ijtimoiy munosabatlar yig’indisi, jamiyat mahsuli sifatida qarab chiqadi. «Jamiyatni isloh qilish va yangilash bo’yicha ko’p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suveren O’zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni ayni har bir fuqaro o’z qobiliyatini, o’z iste`dodini namoyon etishiga, shaxs sifatida o’zini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishiga qaratilgan»42.
Saxs sotsial o’zaro ta`sir va munosabatlarning birlamchi omili bo’lib hisoblanadi. Shu jihatdan qaraganda shaxsning o’zi nima? Bu savolga javob berish uchun, avvalo, «odam», «inson», «individ», «shaxs» tushunchalarini bir-biridan farqlab olish kerak. 1. Odam tushunchasi. Odam – barcha jonzodlarning eng yuqori pog’onasida turadigan mavjudot, ijtimoiy jarayonlar sub`ekti. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega bo’lishi, mehnat qurollarini yasash va atrof-muhitga faol ta`sir ko’rsata olish bilan boshqa tirik mavjudodlardan farq qiladi. Boshqacha aytganda, odam - fikrlash, so’zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan, shu tufayli boshqa hamma maxluqotdan ustun turuvchi jonli zot, kishi, inson. Odam ota, Odam alayhissalom diniy afsonalarga ko’ra er yuzida birinchi yaratilgan erkak. Moma Havoning jufti... Odam – Erdagi tirik organizimlar taraqqiyotining oliy bosqichi, ijtimoiy-tarixiy faoliyat va madaniyat sub`ekti. Odamni antropologiya fani o’rganadi. Odam o’zini-o’zi anglab, insonga aylanishning quyidagi shakllari mavjud:
1) O’z-o’zini his etish, sezish.
2) Idrok etish (fahmlash).
3) Odam muayyan madaniyat va ijtimoiy guruhga o’zi mansubligini anglashi.
4) Odam o’z «men» iga ega bo’lishi («men» uchun namuna kerak).
2. «Inson» tushunchasi: Inson - o’zini anglagan, jamiyatda yashash qobiliyatiga ega bo’lgan ulug’ zotdir. Inson atamasi umumiy, hamma uchun xos bo’lgan sifat va qobiliyatini izohlash uchun qo’llaniladi. Bu tushuncha dunyoda mavjud bo’lgan, tarixan o’ziga xos shunday rivojlanayotgan birlikki, insoniyatni anglatib, u boshqa hamma moddiy tizimlardan farqli o’laroq o’ziga xos ijtimoiy faoliyat usullari bilan farq qiladi. Ushbu hayotiy faoliyat usuli tufayli inson tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida, dunyoning barcha nuqtalarida o’ziga o’xshash bo’lgan antologiyaga oid holatni saqlab qoladi.
Inson tushunchasi bioijtimoiy-ruhiy mavjudlikni ifodalaydigan tushuncha. Unda insonning zohiriy va botiniy sifatlari o’z aksini topadi. Insonning umumiy sifatlari uning konkret holat va murakkab hayot sharoitlari namoyon bo’ladigan xilma-xil kayfiyat, ruhiyat va munosabatlarning yig’indisidir. Har bir insondagi alohida bu hususiyatlar betakror, o’ziga xos holatlarda namayon bo’lishi mumkin.
Inson ongi ijodiy xususiyatini aniqlash mezoni quyidagilar tashkil etadi:
1) Ongning muayyan ijtimoiy yo’nalishi.
2) Voqelikni anglab olish darajasi.
3) Mustaqil fikrlash qobiliyatining holati.
4) Inson tabiatda noyob va universaldir (noyob qobiliyat sohibi, nozik did, ulug’vorlik, yaratuvchi).
5) Inson ichki va tashqi olam mujassamlashgan zot (mehnat, muloqat, badiiy ijod, xulq-atvor).
6) Inson juda ko’p qismlardan tashkil topgan yaxlit birlik (tabiiylik, ijtimoiylik, aqillilik, hissiy, axloqiylik mujassam).
7) Inson tarixiy mavjudot (kelajagini yaratadi, ertangi kunga tashvish bilan qaraydi, chunki inqirozlar, omadsizliklar, ta`qiblar mavjud).
8) Inson mas`uliyat hissidan qochib qutilmaydi (u gumanistik pozitsiya va individuallikni uyg’unlashtirish orqali shunday vaziyatdan chiqadi).
Demak, insoniyat o’ziga xos moddiy voqelik sifatida mavjud bo’ladi. Ammo, insoniyat o’z holicha mustaqil mavjud bo’lmaydi.
Aniq insonlar yashaydilar va harakat qiladilar. Insoniyat alohida vakillarining mavjud bo’lishi «individ» tushunchasi bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |