I – mavzu. Sоtsiоlоgiya fаn sifatida rеjа


Dyurkgeym sotsial taraqqiyotning etakchi omili mehnat taqsimoti deb qaragan bo‘lsa-da



Download 1,17 Mb.
bet132/159
Sana05.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#638988
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   159
Bog'liq
Sotsiologiya M.matni 2014

Dyurkgeym sotsial taraqqiyotning etakchi omili mehnat taqsimoti deb qaragan bo‘lsa-da, bu jarayonni avtomatizm tarzida ifodalashdan yiroq edi. Jumladan, haddan tashqari ixtisoslashuv olib kelgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish uchun ijtimoiy birdamlik, hamkorlik organlari—professional uyushmalar tashkil etish g‘oyasi Dyurkgeym sotsial taraqqiyot konsepsiyasida muhim o‘rin tutadi.
P.Sorokin «sotsial genetika»sida uning ijtimoiy taraqqiyot g’oyasi ilgari surilgan. Uningcha, «genetik sotsiologiya» yoki «sotsial genetika» sotsial evolyutsiya nazariyasi bo‘lib, u butun jamiyatning yoki uning muayyan tomonlari, institutlari rivojlanish chizig‘ini yoki tarixiy tendensiyalarini, shuningdek, bu tendensiyalardan og’ish va chekinishlarni tushuntirib beradi. Sorokin birinchilardan bo‘lib sotsiomadaniy o‘zgarishlar dinamikasi nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya bo‘yicha, ijtimoiy voqelik o‘zgarishi qonunli jarayondir. Muayyan ijtimoiy — madaniy ulkan tizimlar (supersistemalar) bir-birlari bilan dialektik ravishda almashinadi. Muayyan jamiyat hukmron bo‘lib turgan dunyoqarashning «o‘tmaslashib qolishi» uning boshqa dunyoqarashga o‘rnini bo‘shatib berishga olib keladi. Bu o‘z navbatida ijtimoiy muassasalar va normalarning o‘zgarishiga, jamiyatning tubdan o‘zgarishiga olib keladi. Jamiyatni bog‘lab, birlashtirib turuvchi bir asos emirilishni va boshqa muqobil madaniy tarzning (etosning) hukmronlikka intilnshi ijtimoiy, madaniy inqiroz, urush va boshqa ijtimoiy to‘fonlarga olib kelishi mumkin. Masalan, Sorokin fikricha, birinchi jahon urushi va 1917 inqilobi G‘arbiy Evropa ijtimoiy-madaniy tizimidagi to‘ntarishlar natija bo‘lib, ularning o‘zi keyingi ijtimoiy larzalarga olib keladi.
Sotsiolog adabiyotda, shuningdek, qator ijtimoiy fanlar doirasida «sotsial rivojlanish», «sotsial bosqich», «sotsial taraqqiyot» tushunchalari ko‘p xollarda sinonim sifatida ishlatiladi. O‘quv va ilmiy ish manfaatlari bu tushunchalarni konkretlashtirishni, ularning o‘z o‘rnida ishlatilishini talab etadi. Sobiq, sho‘ro jamiyatshunosligi aqidalariga muvofiq sotsial rivojlanish sifatiy o‘zgarishlar (revolyutsiya) va miqdoriy o‘zgarishlar (evolyutsiyaning) dialektik birligi harakatlantiruvchi kuchlari ijtimoiy ziddiyat, sinflar kurashi bo‘lgan jarayondir. Sotsial taraqqiyot (progress) esa ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyalarning qonuniy, tabiiy-tarixiy tarzda almashinishi deb ta'riflangan edi. Sotsial rivojlanish tabiatga nisbatan nisbiy mustaqillikka olingan jamiyatning umumiy yo‘nalishidagi harakatini ifodolovchi tushuncha deb olinishi mumkin. «Sotial evolyutsiya» va «Sotsial revolyutsiya» sotsial rivojlanishning shakllari sifatida qaralishi mumkin. Albatga, bunda islohot (reforma) o‘zgarishlarini yo‘lidagi inqilob (revolyutsiya) o‘zgarishlari yo‘lidagi, ularga bo‘ysunadigan rivojlanish shakli deb qarash mumkin emas. Tabiatda ham, jamiyatda ham miqdoriy o‘zgarishlar bilan aloqada bo‘lmagan sifatiy o‘zgarishlar, (bizning misolimizda inqiloblar), bo‘lishi mumkin emas. Sakrashlar, inqiloblar emas, balki evolyutsiya sotsial rivojlanishning shakli bo‘lishi mumkii. Bu sotial evolyutsiyaning sur'ati tashqi va ichki sharoitlar, jamiyatdagi ob'ektiv va subektiv jarayonlar nisbatiga ko‘ra tez yoki sekin bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy rivojlanishda inqiloblar mavjud, lekin, ular ijtimoiy to‘ntarish emas, «tez sur'atdagi evolyutsiya», deb qaralishi mumkin. Jamiyat rivojlanishining asosiy, normal yo‘li esa — reforma, islohatdir.
Jamiyat va uning qismlari, har bir elementi va hodisalaridagi o‘zgarish va rivojlanish ob'ektiv va sub'ektia tomonlarni o‘ziga oladigan qonuniyatli jarayondir. Ijtimoii hayotning har bir sohasida — iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ma'naviy sohalarida o‘zlarining ob'ektiv jarayoni deyilganda, kishilar ijtimoii faoliyat ko‘rsatayotgan, ularning hohish, irodalaridan tashqarida bo‘lgan sharoit va munosabatlar tushuniladi. Ijtimoiy rivojlanishning sub'ektiv jarayoni deyilganda odamlarning mafkuraviy, ahloqiy, siyosiy va emotsial-ruhiy sabablar bilan harakatga keladigan faoliyatlarni ifodalovchi tushuncha anglanadi.
Ijtimoii rivojlanish sub'ektlarning maqsadga muvofiq faoliyati orqali ro‘y beradi. Anglangan ehiyojlar — manfaatlar bu faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlardir. Ijtimoii ehtiyojlar va manfaatlarni qondirilishi uchun sotsial jarayonlar boshqarilishi talab etiladi. Umumiy ma'noda boshqarish takomillashgan (biologik, texnik, sotial) tizimlarning faoliyati ta'minlash uchun, ularning dastur va maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan funksiyadir (vazifadir). Sotsial boshqarish esa jamiyat muayyan tizimining tartiblanishi saqlanishi, mukammallashuvi va rivojlanishini ta'minlaydi. Sotsial boshqarish jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilardan iboratdir: axborotni yig‘ish va uni qayta ishlash; uni analiz etish; taqsimlash; maqsadga erishishga qaratilgan qarorning ishlab chiqilishi; rejalashtirish, dasturlashtirish; loyihalashtirish ko‘rinishda umumiy qarorni bajarish uchun faoliyatni tashkil etadi; bu faoliyatni nazorat etish, kadrlarni tanlash va joy – joyiga qo‘yish bilan birgalikda; faoliyat natijalari haqidagi axborotni to‘plash va qayta ishlash.
Sotsial boshqarish ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilshi, oldindan ko‘ra bilishga asoslanadi. Shuni e'tiborga olish kerakki, bashorat kategoriyasi ikki ma'noda konkretlashadi: oldindan aytib berish (deskriptiv, ya'ni tavsiflash manosida) va oldindan ko‘rsatma berish (preskriptiv, undov, amr, buyruq. ma'nosida). «Oldindan aytib berish» kelajak to‘g‘risidagi axborotni olish, kelajak muammolarining mumkin bo‘lgan yoki kutilayotgan, hohlayotgan istiqbollari, holatlari, yechimlarining tavsifidir. «Oldindan ko‘rsatib berish» I.S. Bestujev-Lada iborasi) — o‘sha muammolarni yechish, kelajak haqidagi axborotdan foydalanish, axborotni shaxs va jamiyatning maqsadiga muvofiq faoliyatiga aylantirishdir. Zotan, sotsial boshqarishning asosiy vazifasi kishilar sub'ektiv faoliyatining ob'ektiv qonuniyatlar talablariga muvofiq kelishiga erishish, bu qonuniyatlardan samarali foydalanishdir. Sotsial boshqarish bu ma'noda ham nazariy, ham amaliy faoliyatni o‘z ichiga oladi.
XX asr bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan boshqarish xususiyatidagi faoliyat menejment paydo bo‘ldi. Menejment (inglizcha-management) — bir necha ma'noni bildiradi. Birinchidan, menejment ishbilarmonlik faoliyatiga, turmush tarzi va siyosat sohasiga ta'sir ko‘rsatuvchi sotsial va iqtisodiy institut deb tushuniladi. Ikkinchidan, menejment xususiy va ijtimoiy bazis sohasida boshqarish mehnati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar majmuini bildiradi. Uchinchidan, menejment, ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarishning texnikaviy tashkiliy, huquqiy, ruhiy va sotsial jihatlarni o‘rganadigan fandir. Oxirgi ma'noda u industrial sotsiologiya va boshqarish sotsiologiyasi bilan mos keladi. Ma'lumki, industrial sotsiologiya va boshqarish sotsiologiyasi boshqarish tizimini, shaxslararo munosabatlar tizimi va mexanizmini, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va motivatsiyasini, tashkiliy faoliyatini o‘rganadi. Menejmentning maqsadi — har qanday ijtimoiy tuzumga mos keladigan bosharishning umumiy tamoyillarini shakllantirish va ularni amalda ko‘llashdir. Bularga boshqarishning maqsad va vazifalarini aniqlash, ularni bajarish uchun konkret tadbirlarni ishlab chiqish, vazifalarni bajarishdagi ketma-ketlikni belgilash, ishni taqsimlash, tashkilot ichidagi turli bo‘linmalar o‘zaro harajatini mutanosiblash, rasmiy ierarxal (yuqori-past) strukturani optimlashtirish (ixchamlashtirish, qulaylashtirish), shuningdek rahbarlikning samarali uslubini, sotsial mas'uliyatni aniqlash kiradi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish