Alifbe : Sizni bu gaplaringiz
Meni hayratga solar
Varaqlarim ochsam
Hamma bola o’qiy olar
Raqs : Jo’jalarim
Qani harflar so’zlasin
Tartib bilan tizilib,
Bolajonlar so’zini
Eshitay mazza qilib
-
A-Shahlo
|
A dan boshlab alifbo Bo’ling der doim a’lo Unlidirman unutmang Bo’lingiz doim dono.
|
B-
Shamshod
|
Bolalarga bosh bo’lar
Sizlarga sirdosh bo’lar
Bahrom, Barno, Botirni
Yozganda yo’ldosh bo’lar
|
D
|
D man davrada doim
Dono bo’ling iloyim
Davron, Dilshod, Dilafruz
Dostdir hamisha hamro’z.
|
E
|
E demang meni ko’rib
Ehtiyot bo’ling kulib
Ekranda Erkin akam
Ertak so’zlar chinakam.
|
F
|
F harfiman men o’zim
Fahmlang har bir so’zim
Farida, Furqat, Farhod
Mendan bishlanar faqat
|
G
|
G ga quloq tutingiz
Gulzorlarga o’tingiz
Gul ushladim qo’limga.
Gilam to’shang yo’limda.
|
H
|
H man hayron bo’lmaglar
Yo’lni to’sib turmanglar
Handalak bor qo’limda
Hamrph bo’ling yo’limda.
|
I
|
I harfini bilingiz
Ishda ilg’or bo’lingiz
Iroda, Izzat, Ikrom
Istagi o’qish tamom.
|
J
|
J harfini bilasiz
Nega jahl qilasiz?
Jamila, Jasur, Javlon
Jo’jani quvdi chunon.
|
K
|
K dan koptok yozamiz
Katta bo’lsak o’zamiz
Kattani aylang hurmat
Keladi baxt – saodat.
|
L
|
L dan lola yozamiz
Limuzinda o’zamiz
Latif, Laylo, Latofat
Loqaydlikka yo’q toqat.
|
M
|
M dan yozilar maktab
Mening do’stimdir kitob
Murod, Maqsud, Mo’tabar
Madina maktub yozar.
|
N
|
N harfini bilamiz
N siz nima qilamiz?
Noz – ne’mat non bo’ldi
Ochil dasturxon bo’ldi.
|
O
|
O oyga o’xshar ekan
Osmonda uchar ekan
Obid, Olim, Ozoda
Ostonang bo’lsin toza
|
P
|
P harfiman bilingiz
Kuzda paxta teringiz
Po’lat, Parfi, Pokiza
Paxta teringiz toza.
|
Q
|
Q dan qayiq yozamiz
Qayerlarga suzamiz
Qishda qarg’a uchadi
Qarang, qorni quchadi.
|
R
|
R ga ruxsat beramiz
Rasm so’zin yozamiz
Ra’no, Rahim, Ruhsora
|
S
|
S man soatga boqing
So’zining mag’zin chaqing
Sobir, Said, Surayyo
So’zdan adashmang aslo.
|
T
|
T man tanib olursiz
To’maris deb yozursiz
Toshkent ona shahrimdir
T harfidan yozgumdir.
|
U
|
U man uchrab ko’p so’zda
Sizga tanish bo’laman
Uzum, ummon, Umida
So’zlarini yozaman.
|
V
|
Men V durman bilursiz
Varrak so’zin yozursiz
Vasila, Vohid, Vail
Yozing kelganda gali.
|
X
|
Qattiq X derlar meni
Yozgum taxta, paxtani
Xo’roz, xona, xola ham
Men bilan bo’ladi jam.
|
Y
|
Y man balki bilursiz
Yo tanimay qolursiz
Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb
Mendan boshlab yozursiz.
|
Z
|
Z deydilar otimni
Bilasizmi zotimni
Zuhra, Zahro, Zokirjon
Mendan boshlanur chunon
|
O’
|
O’ deydilar har zamon
O’tir, o’rtoq bo’laman
O’zbekiston so’zini
Faxr bilan yozaman.
|
G’
|
G’ harfini tanirsiz
G’ayrat bilan o’qirsiz
G’ani, G’ulom, G’afurning
G’amini yo’qotursiz
|
Sh
|
Sh harfiman bilasiz
Shoshib – shoshib kelasiz
Shokir, Shahzod, Shadmonni
Shogirtlikka olasiz.
|
|
|
Alifbe : Rahmat bolajonlarim , dono bilag’onlarim
II-boshlovchi : Qo’shiq : “Alifbomiz bayrami “
I-boshlovchi: Qadrli Alifbe kitobi.Endi davramizdan joy oling va bolajonlarning bayram tadbirini tomosha qiling.
Aka – singil suhbati :
Singil- Sh. Zebo: - Aka , Vatan nima ? Vatanni nima uchun ona yurt deymiz ?
Aka- Lazizbek - Vatan - onamiz kabi mehribon. Biz uning bag’rida voyaga yetamiz. Shuning uchun uni ona Vatan deymiz
Odina : Vatan ona, Vatan chamandir
Vatan quyosh, Vatan osmondir
Vatan she’rdir, Vatan xayoldir
Vatan tuproq , Vatan iymondir
Iskandar : Izlab uni men birinchi
Topdim onam quchog’idan
Otam ,akam, opalarim
Qadrdon uy tuprog’imdan
Shahlo: Tongda buvim sog’gan sutning
Qaymog’ida uni ko’rdim
Non yopib qizrgan yuzning
Yanog’ida uni ko’rdim
Suxrob : - Men Vatanni ko’rib qoldim
Ustozlarim ko’zlarida
O’gitlari dunyo bo’lgan
Maktab, kitob so’zlarida
Sevdo : - Ko’rdim uni dong’I ketgan
O’zbegimning bayrog’da
Madhiyamiz jarangidan
Qalbim titragan chog’ida
Vatanimni yaqqol ko’rdim
Ustozlarim so’zlaridan !!!
II-boshlovchi :Raqs : “Do’ppi” O’gil va qiz bolalar ijrosida
II-boshlovchi : Qaysi bog’da , qaysi meva
Qay chamanning gulisiz
Elingizning oti nima ?
Qaysi millat o’g’lisiz
Hamma: O’zbekiston
I – boshlovchi : Vatanimiz Poytaxti qayer?
Hamma : Toshkent
II- boshlovchi: Mustaqilligimiz asoschisi kim ?
Hamma: Islom Abdug’aniyevich Karimov
Shahlo: O’zbekiston Respublikasining 1-prezidenti IslomAbdug’aniyevich Karimov
(Rasmi ko’rsatiladi)
I.A.Karimov so’zi
Suxrob : Jannat bir o’lka qoldi
Siz boshqargan davlatdan
Xotirjam bo’ling bobo
Dono baxtli avloddan
Siz boshlagan yo’l ulug’
Undan shaxdam yuramiz
Xuddi siz istaganday
Buyuk davlat quramiz
Ruxshona : Bobomizning o’gitin
Doim esda tutamiz
Yuksak e’tiboriga
Loyiq farzand bo’lamiz
Hamma: Bobojon biz sizni hech qachon unutmaymiz
II- boshlovchi: O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’z Davlat ramzlariga ega bo’ldi
Sevdo : 1991-yil 18-noyabrda o’zbekiston Respulikasining Davlat bayrog’i
Shiddat : 1992- yil 2- iyulda O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi
Odina : 1992-yil 8-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Mirziyod : 1992-yil 10-dekabrda Ozbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan
I-boshlovchi : O’zbekiston Respublikasining Prezidenti
Hamma: Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Lazizbek: Balqdi adolatning quyoshi
Yetib xalqim sabr – bardoshi
Yo’lda boshlar dono yurtboshim
Porlar istiqbolim quyoshi
Anvar : Bobomizday oqil bo’lishga
Rasuljon: Yurtboshimday yurtni sevishga
Lazizbek: Vatanimni ko’zday saqlashga
Shahzoda: Xalq ishonchin dildan oqlashga
Nazirboy: Yaxshi – yomon isni bilishga
Sh. Zebo: Ustozlar o’gitin dildan oqlashga
Marjona : Ona yurtga kerak bo’lishga
Odilbek : Ona sutin ildan oqlashga
Shamshod : Doim ulug’ ishlar qilishga
Qasamyod qilamiz
II-boshlovchi: Murg’ak qalbini Vatan hissi, g’urur iftixor tuyg’usi chulg’ab olgan farzandgina “Men ozod O’zbekiston farzandiman” deya dadil ayta oladi
Iskandar: Men ozod O’zbekiston farzandiman
T. Zebo : Men ozod O’zbekiston farzandiman
Barcha : Biz ozod O’zbekiston farzandimiz
Hamma: Tillar birlashsa , agar,
Yo’llar birlashsa agar
Qo’llar birlashsa agar
Bitta bo’ston bo’lamiz
O’ZBEKISTON bo’lamiz
I-boshlovchi :Qoshiq : “O’zbekiston”
Alifbe : Ko’rdim , bugun donosiz
Hammadan ham a’losiz
O’qish-yozishni bilgan
Aqlingiz ham rasosiz
Endi boray , dam olay
Sizga baxt –omad tilay
Ongingiz charxlash uchun
Barcha kitobni chorlay
Hamma: Hayr senga Alifbe , Rahmat senga Alifbe
(O’qish , ona tili, matematika, ingliz tili kitoblari kirib keladi)
O’qish : Assalom bolajonlar
Ilmi zo’r jonajonlar
Endi menga qo’l bering
Boling zo’r bilag’onlar
Aytib turli rivoyat
So’zlab ming bir hikoyat
Aqlingizni charxlayman
Ma’rifatga chorlayman
Ona tili : Men ham sizga do’st bo’lay
Qolgan kamu ko’st bo’lay
Harf, tovush, unli-undosh
Barin puxta o’rgatay
Husnixat , bayon ,insho
Menla bo’lsangiz oshno
O’rgataman yurakdan
Do’st bo’laman doimo
Matematika : Matematika o’zim
Quyoshday issiq yuzim
Raqamlardan boshlanar
Tingalasangiz gar so’zim
O’nta raqam jo menda
Kerakdirman har yerda
Aqlingizni charxlayman
Har misol , har amalda
Madina: Ey kitoblar tashnamiz
Ilmu xazinanggizga
Sizni kutar chanqoq dil
Gul to’shay yo’linggizga
II-boshlovchi: Raqs : Lazgi Bir guruh qizlar ijrosida
Do'stlaringiz bilan baham: |