chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta‟minlashning g„oyat muhim sharti –
bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, demokratik andozalarni joriy etish
Bu boradagi asosiy vazifa – mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish
jarayonining muhim tarkibiy qismi bo„lmish matbuot, televideniye, radio faoliyatini
yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta‟minlashdan
60
Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir
bo„layotgan voqealar to„g„risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga,
birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyati haqidagi
tanqidiy fikrlarni, islohotlar va yangilanishlar yo„lidan ilgari borishimizga to„siq
bo„lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar xususida oshkor, professional
tahliliy materiallarni kutadi.
Shuni tan olish kerakki, biz mustabid tuzum merosi va aqidalaridan, uning
mafkurasi, ma‟muriy nazorati va senzurasidan juda katta qiyinchilik bilan xalos
bo„lyapmiz.
Haligacha jurnalistlar faoliyatida o„z-o„zini senzura qilish, yuqoridan buyruq
kutish kayfiyatlari sezilib turibdi.
Ayni paytda shuni ham qayd etish zarurki, axborot erkinligini ta‟minlamasdan,
ommaviy axborot vositalarini odamlar o„z fikri va g„oyalarini, sodir bo„layotgan
voqealarga munosabatini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib,
demokratiyani chuqurlashtirish va aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning
mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki to„g„risida so„z yuritib
bo„lmaydi, degan tushuncha jamoatchiligimiz o„rtasida tobora kuchayib va
mustahkamlanib bormoqda.
To„rtinchidan:
navbatdagi o„ta muhim masala – davlat tashqi siyosati ustuvor
yo„nalishlarini belgilab olish.
O„zbekiston tarixan qisqa davr – 1991 – 2009-yillar ichida dunyo hamjamiyatida
o„zining munosib o„rnini egalladi, uning faol subyektiga aylandi.
O„zbekistonning jahondagi obro„-e‟tibori yuksalib borayotgani eng avvalo:
– yurtimizda demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlarini amalga oshirish
natijasida qo„lga kiritilayotgan ulkan ijobiy o„zgarishlarda, ularning xalqaro
hamjamiyat tomonidan e‟tirof etilishida mujassam bo„lmoqda;
– bu – davlatimizning jahon ahliga yaxshi ma‟lum bo„lgan, mintaqamizda
barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarining amaliy
samarasida o„z ifodasini topmoqda;
– va nihoyat, bu – mamlakatimizning xalqaro siyosat maydonida olib borayotgan
har tomonlama puxta ishlangan, chuqur o„ylangan tashqi siyosatining natijasi sifatida
namoyon bo„lmoqda.
O„zbekiston bugun keyingi yillar uchun mo„ljallangan tashqi siyosatning ustuvor
yo„nalishlarini belgilashda dunyoda va mintaqamizda vujudga kelayotgan murakkab
va ziddiyatli vaziyatni inobatga olib, hayotiy ahamiyatga ega bo„lgan milliy
manfaatlarimiz va mamlakatimiz xavfsizligini ta‟minlash nuqtayi nazaridan
yondashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: