1417-yili Buxoroda Mirzo Ulug„bek qurdirgan madrasa darvozasiga «Ilm
olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun qarz-u farzdir»,
degan so„zlar
o„yib yozilganida judda katta ma‟no mujassam. Xuddi shuningdek, 1433-yili
Ulug„bek tomonidan G„ijduvonda barpo etilgan madrasa ne-ne avlodlarga ilm-u
ma‟rifat ziyosini tarqatgan.
Bugun ham zamin uzra savlat ko„tarib turgan me‟morchilik obidalari, masjid-u
madrasalar, savdo va hunarmandlar timlari, shifoxonalar va xonaqohlar, hovuzlar,
maydonlar Buxoro boshdan kechirgan buyuk tarixning guvohlaridir.
Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi bo„lib kelgan. Imom
al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mir Kulol, Boboi Samosiy,
Faqnaviy, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo„jayev va boshqa shu kabi
buyuk zotlar yetishib chiqqan, tahsil olgan bu makon bundan buyon ham ilm-u fan,
ma‟rifat va ijod beshigi bo„lib qolaveradi.
Xalqimiz buyuk ajdodlarimiz mo„tabar nomlarini, umuminsoniy ma‟naviyatga va
umuman bashariyat rivojiga katta hissa qo„shgan, go„zal Buxoroni bezab, unga
betakror nafosat, shakl va salobat baxsh etib turgan imorat-u inshootlarni, masjid-u
maqbaralarni, madrasalarni, islom dinining, Sharq falsafasining o„chmas
qadriyatlarini bugungi avlodlarga meros qilib qoldirgan buyuk ajdodlar nomini
abadul-abad saqlaydi.
Muhtaram do„stlar!
Aziz mehmonlar!
Bu yil Buxoro va Xiva shaharlari 2500 yillik muborak sanalarining Parijda keng
nishonlanishi, xalqaro anjuman va ko„rgazmalar o„tkazilishi, bugungi bayram
tantanalarida ko„plab xorijlik aziz mehmonlarimiz – olimlar, faylasuflar, tarixchilar va
din peshvolarining ishtirok etishi o„lkamizning ilmiy, me‟moriy va madaniy merosiga
xalqaro jamoatchilikning tobora oshib borayotgan katta qiziqishidan dalolat beradi.
Tarixini bilmaganning kelajagi yo„q, deydilar. Buxoroning bugungi qutlug„
ayyomi, eng avvalo, o„tmishga ehtirom va buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmatimiz
namoyishidir.
Elim deb, yurtim deb, kelajagini o„ylab zahmat chekkan, Vatanimiz ozodligi
yo„lida kurashgan, millatimiz ravnaqi uchun umrini bag„ishlagan, o„zidan obod
466
shahar-u vohalar, betakror go„zal yodgorliklar qoldirgan ajdodlarimiz mehnatini
yuzaga chiqarish, ularni qadrlash, ruhi poklarini shod qilish, ezgu ishlarini davom
ettirish biz uchun, bugungi avlod uchun ham farz, ham qarzdir.
Buxoroning 2500 yilligi shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroni, jumladan,
yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko„z qorachig„idek avaylab-
asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o„rgatadi. O„zimizning boy o„tmish
merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik
tuyg„ularini uyg„otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari
ekanini anglashga undaydi.
Bu tantanalar biz bugun mustaqillikka erishgan yagona bir xalq sifatida buyuk
kelajak sari intilayotganimiz shunchaki orzu-havas bo„lmay, balki xalqimizning
tarixiy salohiyati, asrlar davomidagi davlatchiligi, madaniyati va qudratidan kelib
chiqib qo„yilgan aniq maqsad ekanini tasdiqlaydi.
Bu masalaning yana bir tomoni borki, uni aytib o„tmasdan bo„lmaydi deb
o„ylayman. Biz bugun istiqlol yo„lida, ozod va obod Vatanimizni qurish yo„lida dadil
qadam qo„yayotgan damlarda, bizning shu intilishlarimizni ko„rolmaydigan,
yo„limizni to„sib olmoqchi bo„lgan yovuz kuchlar tariximizni chalg„itib ko„rsatishga,
yolg„on gaplarni ko„tarishga, shu saxovatli yerda yashayotgan millat va elatlar orasiga
adovat urug„ini sepishga harakat qilayotganlarning to„g„ri bahosini bermog„imiz
darkor. Shuning uchun ham tarixiy haqiqatni bilish, uni muhrlash, yosh avlodga
xolisona yetkazish chuqur ma‟noga ega.
Bu shunday haqiqatkim, ba‟zi ashaddiy millatchilik yo„liga o„tib olgan, o„zgalarni
ko„rolmaydigan, hasad bilan yashaydiganlarning kuchini qirqadi, boshqalarning
tinchligini buzish niyatida osoyishta taraqqiyot yo„liga g„ov bo„ladiganlarning
tomirini qirqadi. Farzandlarimizning ko„zini haqiqatga ochib beradi. Haqiqiy tarix
Do'stlaringiz bilan baham: |