Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


-§. O„zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

3-§. O„zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan 

ma‟qullanishi 

 

O„zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  e‟lon  qilinganidan  keyingi 



tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlat, xalq o„z taqdirini o„zi belgilaydi, deb e‟lon 

qilish  yetarli  emas  edi.  O„zbekistonning  davlat  mustaqilligi  bilan  bog„liq  qonunlar 

tizimini  yaratish  zarur  edi.  Ayni  paytda  mustaqillik  g„oyasini  ham  faqat  bir 

tomonlama  –  havoyi  va  yuzaki  talqin  qilib  bo„lmas  edi.  Binobarin,  erishilgan 

mustaqillikni  sobitqadamlik  bilan  mustahkamlash,  buning  uchun  izchil  kurashish 

lozim edi.  

O„zbekiston  erishgan  istiqlolni  mustahkamlashda  xalq  tomonidan  uning 

ma‟qullanishini hisobga olib, mamlakatda referendum o„tkazishga qaror qilindi. 1991-

yil 18-noyabrida Oliy Kengash VIII sessiyasi O„zbekiston Respublikasi referendumini 

o„tkazish  to„g„risida  qaror  qabul  qildi.  Shunga  muvofiq  29-dekabrda:  «Siz  Oliy 

Kengash  tomonidan  O„zbekiston  Respublikasi  mustaqil  davlat  deb  e‟lon  qilinishini 

ma‟qullaysizmi?»  –  degan  masalada  referendum  o„tkazishga  katta  tayyorgarlik 

ko„rildi.  Referendumni  uyushqoqlik  bilan  o„tkazish  maqsadida  Markaziy  saylov 

komissiyasi  13  okrug,  7  ming  uchastka  saylov  komissiyalarini  tuzdi.  Ular  joylarda 

referendum  o„tkazish  haqidagi  Qonunning  so„zsiz  bajarilishini  ta‟minlash  borasida 

katta  tashkiliy  ishlarni  olib  bordilar.  Umumxalq  referendumiga  10  millionga  yaqin 

kishi,  yoki  saylov  ro„yxatiga  kiritilganlarning  94,1  foizi  qatnashdi.  Referendumda 

qatnashganlarning 98,2 foizi O„zbekiston Respublikasining mustaqil davlat, deb e‟lon 

qilinishini  yoqlab  ovoz  berdi.  Shuni  aytish  kerakki,  referendum  butun  respublika 

hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy 

faolligi  bilan  o„tdi.  Buni  referendumda  AQSH,  Turkiya,  Malayziya  va  boshqa 

mamlakatlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar. 

O„zbekistonning  mustaqil  respublika,  deb  e‟lon  qilinishi  faqat  mamlakat  xalqi 

emas,  balki  jahon  jamoatchiligi  tomonidan  ham  qoniqish  bilan  kutib  olindi.  Buni 

mustaqillik  kunlarida  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  nomiga  kelgan 

tabriklardan  ham  bilsa  bo„ladi.  Jumladan,  Amerika  Qo„shma  Shtatlarining  o„sha 




 

34 


paytdagi  Prezidenti  Jorj  Bush  I.  Karimov  nomiga  yuborgan  telegrammada  shunday 

deydi: 


«Qadrli janob Prezident. SSSR tarqatilgandan so„ng, Sizning mamlakatingizda yuz 

bergan  tarixiy  o„zgarishlar  munosabati  bilan  shuni  ma‟lum  qilish  menga  qoniqish 

beradiki, Amerika Qo„shma Shtatlari Hukumati O„zbekistonni mustaqil davlat sifatida 

tan oldi». 

Shuningdek, Shvetsiya Bosh vaziri Karl Bilodt o„z telegrammasida: 

«Shvetsiya  hukumati  nomidan  Shvetsiya  hukumati  O„zbekiston  Respublikasini 

suveren  va  mustaqil  davlat  sifatida  tan  olish  haqida  qaror  qilganligini  ma‟lum 

qilishdan baxtiyorman. 

Shu  munosabat  bilan  Shvetsiya  hukumati  nomidan  O„zbekiston  xalqiga  ezgu 

ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman», – degan iliq istaklar bildiradi. 

O„zbekiston mustaqil davlat, deb e‟lon qilingan kunning o„zidayoq mustaqil davlat 

ramzlarini  joriy  qilish  yuzasidan  amaliy  choralar  ko„rildi.  O„zbekiston 

Respublikasining Davlat bayrog„i to„g„risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat 

madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya 

komissiyasining  ekspert  guruhiga  Davlat  bayrog„ining  variantlari  ustida  ishlashni 

davom  ettirish,  Oliy  Kengashning  tegishli  qo„mitalariga  Konstitutsiya  komissiyasi 

ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog„i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini 

ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. 

O„zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o„zining xalqaro talablar va me‟yorlar 

doirasida  qiyofasini  ko„rsatmog„i,  buning  uchun  esa  o„zining  butun  imkoniyatlarini, 

o„ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo„lmog„i lozim edi. Odatda 

ramzlar  shunchaki  ranglar  yig„indisidan  iborat  bo„lgan  shakllar  emas,  ular  ayni  ana 

shu davlatning va shu mamlakat fuqarolarining o„zligidan kelib chiqmog„i, qolaversa, 

davlat siyosatining mazmun-mohiyatini o„zida mujassam etmog„i kerak. 

O„zbekiston  o„z  mustaqilligining  dastlabki  kunlaridanoq  ana  shu  muhim  siyosiy 

hodisaga  alohida  e‟tibor  bilan  qaradi.  Chunki  juda  qisqa  fursatda  o„z  mustaqilligini 

qonun  bilan  mustahkamlab,  uning  jahon  hamjamiyatida  tan  olinishini,  shunday 

mamlakat borligi e‟tirof etilishining muhim yo„llaridan biri sifatida qaradi. Bir qator 

yosh  mustaqil  mamlakatlarda  turli  siyosiy  qarashlar  jazavaga  kelib,  fikrlar 

chuvalashib, «kalavaning uchi topilmay qolgan» bir paytda O„zbekiston o„zining har 

bir kuniga va olis istiqboliga qat‟iy ishonch bilan qaradi. Shuning uchun ham u, eng 

avvalo, davlat ramzlarini qabul qilib, dunyoga ko„z-ko„z etib, uni tan oldirish yo„lidan 

bordi.  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1991-yil  18-noyabrida  bo„lib 

o„tgan  VIII  sessiyasi  «O„zbekiston  Respublikasining  davlat  bayrog„i  to„g„risida» 

qonunni qabul qildi. 

Shuni  alohida  ta‟kidlash  kerakki,  O„zbekiston  Respublikasining  davlat  bayrog„i 

mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo„lgan g„oyat qudratli saltanatlar an‟analariga 

mos  keladigan  ularning  tug„lari  ifoda  etgan  g„oyalarni  davom  ettiradigan,  ulug„ 

ajdodlarimizning  aqida  va  maslaklariga  va  qarashlariga  mos  keladigan  holda  millat 



 

35 


tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma‟naviy jihatlarini ham 

o„zida aks ettirmog„i kerak edi.  

Bayroqdagi 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish