4-§. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va
an‟analarning tiklanishi
Xalq turmush tarzi va ma‟naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari,
odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga
oshirilgan ma‟naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash
borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta‟kidlash lozim.
Bu borada avvalo 80-yillar oxiridagi ba‟zi nomaqbul yo„l-yo„riqlarni ko„rsatib
o„tish kerak. 1986-yil yanvar-fevralda O„zkompartiyaning XXI syezdi bo„ldi.
Syezdda «din millatchilik va shovinizmga har doim yo„l ochishini iqtisodiy, sotsial
taraqqiyotga to„sqinlik qilishini, sotsialistik turmush tarzi, kommunistik
ma‟naviyatning qaror topishiga to„sqinlik qilishini har doim esda tutmoq kerak» – deb
ko„rsatma berildi. Bunday yo„l-yo„riq 1986-yil oktabr oyida bo„lgan partiya Markaziy
Komitetining III Plenumida yana bir bor ta‟kidlandi.
Ana shu ko„rsatmalarga amal qilinib, 1980-yillar o„rtalarida o„zbek xalqi azaldan
sevib, ardoqlab kelgan urf-odatlar va marosimlar, bayramlar cheklab qo„yildi,
ba‟zilarining o„rniga boshqa bayramlar va marosimlar to„qib chiqarildi. Natijada
avvallari nishonlanadigan «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa
xalq bayramlari unutib qo„yildi. «Navro„z» bayrami esa avval taqiqlandi, so„ng sun‟iy
tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi.
O„ylamay, xalq bilan maslahatlashmasdan qilingan bunday nojo„ya harakatlar
xalqning dilini qattiq og„ritdi. Ana shunday bir paytda Respublika rahbarligiga kelgan
I.A.Karimov kishilarning ma‟naviy boyishiga, milliy madaniyatlarning bir-biri bilan
yaqinlashuvi va o„zaro rivojlanishiga yordam beradigan xalq an‟analari va
bayramlarini tiklashga katta e‟tibor berdi.
Bu o„rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish «Navro„z»
bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo„ldi. 1991-
yildan boshlab mamlakatda Prezident Farmoniga ko„ra, 21-mart – Navro„z umumxalq
bayrami sifatida nishonlanadigan bo„ldi.
404
Darhaqiqat avlodlarimiz Navro„zni juda muqaddas bilganlar, uni g„oyat
qadrlaganlar. Shuning uchun ham bu shodiyona kunlarda inson dilini og„ritish juda
qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar
izhor etganlar. Gina-kuduratlar unutilgan, adovat o„rniga ezgulik tuyg„ulari jo„sh
urgan. Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o„tib kelgan azaliy an‟ana yana
hayotdan mustahkam joy ola boshladi.
Navro„zni xalqning sevimli bayramiga aylanib ketishi ma‟lum. Ushbu shodiyona –
Navro„z kunlarida qadimda, hatto, urushlar ham to„xtatilgan, el-yurt osoyishta hayot
kechirgan. Navro„z go„zallik va yaxshilik, mehr-oqibat, muruvvat bayrami sifatida
qadrlangan. Bu qadimiy bayramni xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir
boisi shundaki, Navro„z rizq-ro„zimiz bo„lmish dehqon yilining boshlanishi hamdir.
O„zbekistonning hamma joylarida har yili «Navro„z» tantanalarini har
qachongidan ham shod-u xurramlik bilan kutib oladilar. Paxtakorlar-u chorvador,
bog„bon-u sohibkorlar, sanoat, transport xodimlari, quruvchilar va ziyolilar Navro„z
kayfiyati bilan astoydil mehnat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |