400
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
F a r m o n i
Samarqand shahrini «Amir Temur» ordeni
bilan mukofotlash to„g„risida
Temuriylar davlatining poytaxti sifatida jahon ilm-u fani, madaniyati va
me‟morchilik san‟atining rivojlanishiga hamda davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni,
xalqlar o„rtasidagi do„stlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qo„shganligi va shahar
ahlining o„zbek xalqi tarixiy va ma‟naviy merosini ko„p asrlar mobaynida avaylab-
asrab, jahonga mashhur etishdagi g„oyatda katta xizmatlarini e‟tiborga olib, mustaqil
mamlakatimizda tub islohotlarni amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyotini
jadallashtirishdagi faol ishtiroki uchun hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining
660 yilligi munosabati bilan Samarqand shahri «Amir Temur» ordeni bilan
mukofotlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: