Mavzuga doir material
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov janobi oliylariga!
...Samarqand, Buxoro va Xivaga qilgan safarim hayotimdagi hayajonli damlarim
bo„ldi. U yerlar ertaklardagi kabi afsonaviy va tarixiy joylardir.
Men ipak yo„li shu joylardan o„tib, madaniyatlar va dinlarning bir-biriga kirib
kelishiga va Sharq bilan G„arbning muloqotiga ko„maklashganini tasavvur etishga
harakat qildim. Men borgan joylar insoniyat taqdirlari chorrahalari o„tgan buyuk
shaharlar edi.
Hozir biz, tarix bilan hisoblashgan holda, ipak yo„li tinchlik va muloqot yo„li
sifatida xizmat qilishini davom ettirishga ko„maklashmog„imiz lozim.
395
Men Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institutini ochish sharafiga muyassar
bo„ldim. Bu institut ushbu orzu-umidlarni amalga oshirishda YuNESKO tomonidan
berilgan yordamning chinakam namunasidir.
Sizning YuNESKOning barcha vakolatlari doirasidagi faoliyati bilan chuqur
qiziqishingizdan mamnun bo„lganimni aytishimga ham ijozat bergaysiz.
O„zbekiston hukumati bilan YuNESKO o„rtasida bahamjihat harakatlari
to„g„risidagi memorandumning imzolanishi yutuqlarimizni mustahkamladi va
hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi.
Siz bilan biz har tomonlama muhokama qilgan ko„pgina masalalar yuzasidan
hozirning o„zidayoq tegishli qarorlar qabul qilindi va kotibiyat bundan buyongi
hamkorligimiz masalalari yuzasidan Sizning doimiy vakolatxonangiz bilan
mustahkam aloqa qilib turadi.
Taklifingiz va mamlakatingizga tashrifim davomida menga ko„rsatgan olijanob
mehmondo„stligingiz uchun Sizga va Siz orqali butun O„zbekiston Respublikasi
xalqiga yana bir bor minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.
Pirovardida, YuNESKOning qarorgohiga tashrif buyurish haqidagi taklifimni yana
bir bor takrorlamoqchiman. YuNESKOning 50 yilligini bayram qilish davrida Sizni
taklif etish bizga alohida sharaf va mamnuniyat baxsh etadi.
Men Sizga tashrifni 1996-yil aprel oyining oxirlarida yoki may oyining boshlarida,
YuNESKO Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasi ishlab turgan paytda amalga
oshirishni taklif qilgan bo„lardim. Shu munosabat bilan Sizning, ehtimolki, Ijroiya
Kengash huzurida so„zga chiqishingiz hamda shu davrda o„tkazish rejalash-
tirilayotgan temuriylar davri haqidagi O„zbekiston ko„rgazmasini ochishingiz biz
uchun sharafli ish bo„lur edi.
Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasini o„tkazishning tasdiqlangan muddatlarini
mening kotibiyatim YuNESKO ishlari bo„yicha milliy komissiyangizga qo„shimcha
ravishda ma‟lum qiladi.
Janobi oliylari, Sizga zo„r ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Sizni tezroq ko„rish umidi bilan
Federiko Mayor,
YuNESKO Bosh direktori.
«Xalq so„zi». 1995-yil 3-noyabr.
(Maktub qisqartirib berilmoqda).
* * *
Bosh direktor janoblari shunday ulug„ madaniyat va So„g„d, Xorazm, Baqtriya,
Parfiya, Kushon kabi, qolaversa, Amir Temur barpo etgan buyuk davlatchilikning
haqiqiy vorislarigina bunday og„ir sinovlarga chidashi mumkinligini nazarda tutgan
edi. Bu bilan u Prezident orqali butun o„zbek xalqining qudratiga, yaratuvchilik
qobiliyatiga baho bergan edi.
Madaniyat hamisha milliy o„zlikni anglashgagina xizmat qilmaydi. Uning faoliyat
maydoni keng va rang-barangdir. Bir xalq hamisha ikkinchi bir xalqni o„sha
396
madaniyat orqali taniydi, tushunadi. Shu ma‟noda mamlakatlar o„rtasidagi madaniy
aloqalar ravnaqi iqtisodiy birligiga, o„zaro hamkorligiga, taraqqiyotning yangidan-
yangi imkoniyatlarining ochilishiga muhim poydevor bo„lib xizmat qilishi mumkin.
Garchi xalqlar o„rtasidagi totuvlikni ta‟minlashda, murosaga erishishda o„zaro
iqtisodiy bog„liqlik muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblashsa-da, bu borada
madaniyatning roli ham undan kam emas. Zotan, ma‟naviyat, madaniyat yuksak
qadriyat, yengilmas kuch, beqiyos qudratdir.
YuNESKO amalga oshirayotgan «Ipak yo„li – muloqot yo„li» nomli xalqaro
dastur ham aslida ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Shuning uchun ham
O„zbekiston Prezidenti YuNESKO Kengashi 149-sessiyasining yalpi majlisida
so„zlagan nutqida O„zbekiston bu dasturni to„la qo„llab-quvvatlashini ma‟lum qilgan
edi. Barcha xalqlar madaniyati, o„tmishi, o„ziga xos yashash tarzini birday ardoqlab
kelayotgan mazkur tashkilot faoliyatiga yuqori baho berdi. Bugungi taraqqiyot sur‟ati
ko„p jihatdan xilma-xil madaniyatlar va aql-zakovat integratsiyasiga bevosita bog„liq
ekanini qayd etdi. Bu O„zbekistonning jahon taraqqiyotiga o„ziga xos munosabatini,
chuqur ma‟naviy qadriyatini ko„rsatadi.
O„z faoliyatida nafaqat fikrlar, qolaversa, madaniyatlar xilma-xilligi tamoyiliga
tayanadigan YuNESKO bu ishni amalga oshirishda dunyo xalqlarining boshini
qovushtirishday mashaqqatli vazifani bajarmoqda. Shuning uchun ham «murosa» bu
qarorgohda eng ko„p tilga olinadigan so„zlardan biri bo„ldi.
«Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuidagi
ko„rgazmaga qo„yilgan eksponatlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga tegishli bir
necha ming yillik davrni o„z ichiga qamrab oladi. Ko„rgazmaga kelgan kishilar o„zbek
xalqi ijodi, madaniy va ma‟naviy merosi, tasviriy san‟ati namunalari bilan tanishish
imkoniga ega bo„lishgan edi.
Temur o„sha vaqtdayoq Yevropa va Osiyo davlatlarini yagona iqtisodiy makonga
birlashtirishga harakat qilgani barchaga ma‟lum. U barpo etgan buyuk saltanat o„sha
vaqtdagi integratsiya, Buyuk ipak yo„li bo„yida joylashgan madaniyatlar muloqoti
ehtiyojidan kelib chiqqan edi.
Islom Karimov ko„rgazmaning ochilishi marosimida so„zlagan nutqida Yevropa va
Osiyo davlatlari o„rta asrlardayoq o„zini yagona jug„rofiy-siyosiy makonga taalluqli
ekanligini anglaganini Amir Temurning tarixiy xizmati sifatida baholaydi. «Ushbu
madaniyat haftaligining ochilishi Amir Temurning o„sha xizmatlariga dunyo xalqlari
ehtiromi», deb bemalol aytish mumkin, deydi u.
Oradan olti asrdan ko„p vaqt o„tganiga qaramay, Amir Temur g„oyalari hamon
dolzarbligicha, hayotiyligicha qolmoqda. Qolaversa, bu g„oyalar bugungi dunyo
mamlakatlari yalpi integratsiyaga ehtiyoj sezayotgan bir paytda YuNESKOning ham
eng olijanob maqsadlaridan biridir. Temur va temuriylar davrida gullab-yashnagan
madaniyat, ma‟rifat, qaror topgan ma‟naviy qadriyatlar haligacha dunyoni bir butun
holda tasavvur etish, gumanizm va inson o„rtasidagi tenglik, birodarlikka xizmat qilib
kelmoqda.
397
Bu ko„rgazma ochilishiga dasturda belgilanmagan holda shaxsiy qiziqishi va
o„zbek madaniyatiga hurmat-ehtiromi tufayli Fransiyaning o„sha paytdagi Prezidenti
Jak Shirakning rafiqasi bilan tashrif buyurishi ham muhim voqea bo„lgan edi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur marosimda O„zbekiston va
YuNESKO o„rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini
qayta tiklash va targ„ib qilishdagi buyuk xizmatlari uchun YuNESKO bosh direktori
F.Mayorga «Do„stlik» ordenini topshirdi. Fransiyalik mashhur olim, Temur va
temuriylar hukmronligi yillari tarixining zukko bilimdoni, O„zbekiston va Fransiya
madaniyatlarini o„zaro yaqinlashtirish ishining jonkuyari L.Keren janoblari «Shuhrat»
medali bilan mukofotlandi.
YuNESKO bilan O„zbekiston o„rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
borasida o„sha kuni yana bir muhim qadam qo„yildi. O„sha kuni O„zbekiston
hukumati va YuNESKO o„rtasida imzolangan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va
maorif sohalari muammolari bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan,
Orol dengizi qurishi bilan bog„liq muammolarni hal etishning ilmiy yechimini
topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko„ra, ko„p o„tmay Toshkent-
da YuNESKO- ning vakolatxonasi ochildi. Qolaversa, mazkur xalqaro tashkilotning
1997-yili Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini nishonlash to„g„risida qabul
qilgan qarori ham mintaqa xalqlari madaniy hayotida yana bir tarixiy voqea bo„ldi.
O„zbekiston Prezidentining Fransiya Prezidenti bilan Yelitsey saroyidagi dastlabki
uchrashuvi rejada ko„zda tutilganidan deyarli ikki barobar ko„p davom etgani qalblar
yaqinligini, tuyg„ular mushtarakligini ko„rsatadi.
O„zbek-Fransuz aloqalari uzoq tarixga ega. Fransiya Respublikasi Prezidenti
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashganida Amir Temurning 1402-yili
Fransuz qiroli Sharl VI ga yo„llagan maktubini sovg„a qilishida ham teran ramziy
ma‟no bor.
Sohibqiron o„sha maktubida fransuz qirolini Turon zaminiga o„z savdogarlarini
yuborishga chorlagan, ularning xavfsizligiga kafil bo„lishini bayon qilgan bo„lsa,
O„zbekiston Prezidenti bugun Fransuz ishbilarmonlarini o„zaro foydali hamkorlikka
da‟vat etadi, ularning manfaatli ish birligi uchun yaratilgan shart-sharoitlar to„g„risida
hikoya qilishdan charchamaydi. Zero, O„zbekiston va Fransiya o„rtasidagi siyosiy,
iqtisodiy, madaniy hamkorlik miqyosi nihoyatda keng.
O„zbekistonning dunyo siyosatida ham, iqtisodiyotida ham yetakchi o„rinlardan
birini egallab turgan Fransiya Respublikasi bilan xalqaro tashkilotlar, shuningdek,
Yevropa tuzilmalari doirasida hamkorlikni kengaytirishi va chuqurlashtirishi alohida
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |