«Biz ma‟rifat va ma‟naviyatga tadbirkorlik va tijorat
sohalari tomonidan qilinayotgan homiylikni qo„llab-quvvatlaymiz, bunday
homiylarga yengillik berish lozimligini ham bilamiz. Lekin homiylik mablag„lari
chinakam badiiy asarlarga, chinakam ijodiy tadbirlarga sarflanishi shart.
Xalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bo„lgan bunday
sohalarga birinchi va eng katta homiy – davlatning o„zi»
, dedi. Bu moddiy
jihatdan birmuncha qiyinchilik sezilayotgan bir davrda ma‟naviy hayotimizga davlat
g„amxo„rligining yorqin ko„rinishidir. Zotan, har yili ma‟naviy va ma‟rifiy ravnaq
uchun davlat jamg„armasidan katta miqdorda mablag„ ajratilayotgani, mazkur tarmoq
tashkiliy-ijodiy ishlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birgina
misol sifatida shuni aytish mumkinki, sobiq Ittifoq doirasidagi mamlakatlarning hech
birida O„zbekistondagichalik ko„p miqdorda darsliklar, o„quv-uslubiy qo„llanmalar,
dasturlar nashr etilmagan va ommaviy tarzdagi tadbirlar amalga oshirilmagan.
Bularning hammasi O„zbekistonda milliy madaniyat va ma‟naviyat ravnaqining
keng miqyosli dasturi mavjudligini, unga bevosita davlatning o„zi, hukumatning
rahnamolik qilayotganini ko„rsatadi.
Mustaqillik yillarida ma‟naviy poklanish haqida gap ketganda O„zbek tiliga Davlat
tili maqomi berilishi va uning ahamiyatiga ham kitobxon e‟tiborini tortish lozim.
1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan «O„zbekiston Respublikasining davlat tili
haqida»gi Qonun xalqimiz milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligining
mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma‟naviy
yangilanishida muhim rol o„ynadi.
Qonunning o„zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to„g„risidagi qoidalari
keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O„zbekiston Konstitutsiyasida
mustahkamlab qo„yilgan bo„lib, bu ko„pchilik aholining, respublikada yashovchi
barcha millat va elatlarning namoyandalari tomonidan ma‟qullandi va qo„llab-
quvvatlandi.
Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida
respublikada katta ish qilindi. O„zbek tilini davlat hokimiyati va boshqaruv
organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo„llash to„g„risidagi moddalar
ro„yobga chiqarildi. Xalq ta‟limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub
o„zgarishlar amalga oshirildi. Ko„plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til
asoslariga muvofiq yangilana boshlandi.
Davlat tili respublika ijtimoiy hayotiga chuqurroq kirib bordi. Ayni paytda boshqa
milliy tillarni o„rganish va ulardan foydalanish uchun sharoitlar yaratildi. Til
muammosiga jiddiy ilmiy-amaliy tarzda yondashuv ta‟minlandi. Bu esa, qonun qabul
qilish arafasida ayrim kishilarda paydo bo„lgan til muammolari atrofida, xususan,
Davlat tili bilan bir qatorda rasmiy til ham e‟lon qilinarmish, degan uydirmalar,
soxtakorliklar va siyosiy o„yinlarni bartaraf etdi.
387
Respublikada yashaydigan boshqa xalqlarning tillarini o„rganish va qo„llash
erkinligi ta‟minlanishi bilan birga O„zbekistonda aholining mutlaq ko„pchiligi
foydalanadigan bitta davlat tili bo„lishi kerak, degan nuqtayi nazarga amal qilindi.
Bu sobitqadam yo„l 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Lotin yozuviga
asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida»gi Qonunda va 1995-yil may oyida
Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O„zbekiston Respublikasining
«Lotin yozuviga asoslangan o„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida»gi Qonuniga
o„zgartirishlar kiritish haqidagi Qonunda yanada mustahkamlandi va rivojlantirildi.
Mazkur qonunlar o„zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomining
mustahkamlanishi, mamlakatning har taraflama kamol topishi va jahon
kommunikatsiya tizimiga kirishi uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi.
Mazkur qonunlarni ishlab chiqish jarayonida to„plangan tajriba har taraflama
umumlashtirildi va tahlil etildi, Davlat tiliga o„tish bo„yicha qilingan ishlar xolis
baholandi. Puxta o„ylab, real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga
asoslangan o„zbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni 2005 yilgacha bosqichma-bosqich
amalga oshirib borishga qaror qilindi.
Mutlaqo ravshanki, til islohoti bilan bog„liq barcha sanalar yangi Qonun
hujjatlariga muvofiq holga keltirilishi kerak. Negaki, davlat tilini eski alifboda joriy
etib, so„ngra yangi yozuvga o„tish maqsadga muvofiq emas.
Ana shu holatlarning hammasini hisobga olib, «O„zbekiston Respublikasining
Davlat tili haqida»gi Qonunga zarur o„zgarishlar kiritish ehtiyoji tug„ildi. Bu qonun
respublika hali SSSR tarkibida bo„lgan va madaniy-ma‟naviy sohada o„ziga xoslikni
mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan edi. Shundan beri vaziyat
tubdan o„zgardi.
Qonunning ko„pgina moddalari va qoidalari jiddiy o„zgartirishlar hamda
qo„shimchalar kiritishni taqozo eta boshladi, ayrimlari esa eskirdi.
Davlat va ijtimoiy sohaning barcha tomonlarini isloh qilishning respublikada qabul
qilingan va hayot tasdig„idan o„tgan konsepsiyasi o„zgartirishlarning izchilligi,
bosqichma-bosqichligi tamoyilidan kelib chiqadi. Bu til muammosiga to„la
taalluqlidir.
O„z kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bag„ri keng bo„ladi. O„zbekistonning
mustaqilligi va taraqqiyoti puxta ta‟minlangan, xalqimiz o„zining buyuk kelajagini
dadil bunyod etayotgan bugungi kunda mustahkam zamin yaratmasdan turib,
shoshmashosharlik qilishning zarurati yo„q.
Ko„rilayotgan choralarga qaramay, respublikada istiqomat qilayotgan turli millatga
mansub fuqarolarning barchasi o„zbek tilini tez va erkin o„zlashtirib olishni
ta‟minlaydigan zamonaviy uslubiyotlar, darsliklar va o„quv-ko„rgazmali qo„llanmalar
sekinlik bilan yaratilayotgan edi. Rusiyzabon maktablarda va auditoriyalarda ishlash
uchun maxsus tayyorlangan malakali mutaxassislar – o„zbek tili o„qituvchilari ham
yetarli emas edi.
Qonunning ayrim qoidalari qayta ko„rib chiqishni, tahrir qilishni talab qilardi.
Xususan, 4-modda davlat hokimiyati va boshqaruvning barcha xodimlaridan o„z
388
xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli darajada davlat tilini bilishni taqozo etadi.
Bu borada yoshiga yoki ish stajiga ko„ra hech qanaqa istisno nazarda tutilmagan.
Amaliyot shuni ko„rsatdiki, bu talabni rus tilida o„qigan va uzoq yillar shu tilda kasb-
kor bilan shug„ullangan yuzlab va minglab keksaygan malakali mutaxassislar
bajarishga qodir emas edi. Ularga jamiyat ravnaqi yo„lida xotirjam ishlash va o„z
imkoniyatlaridan loaqal pensiya yoshiga yetgunga qadar samarali foydalanishlari
uchun imkoniyat berish maqsadga muvofiq bo„lib qoldi. Davlat tilini o„rganish
bo„yicha barcha harakatlarni 5–10 yilda davr talabiga mos yangi mutaxassislar
tayyorlaydigan maktablar, texnikumlar, oliy o„quv yurtlariga qaratish lozim bo„lib
qoldi.
Hamma joyda Davlat tili va yangi alifboga o„tish asosli o„quv-uslubiy negizni
yaratishni taqozo etardi. Pedagogika oliy o„quv yurtlari va universitetlarida o„zga tilda
so„zlashuvchilar o„qiydigan maktablar uchun o„zbek tili o„qituvchilari tayyorlash
bo„yicha maxsus fakultetlar va bo„limlar ochish, ilmiy-uslubiy tadqiqotlarni
kengaytirish va chuqurlashtirish, yangi darsliklar va qo„llanmalarni nashr etish lozim
edi.
Ushbu bayon qilingan takliflarni ro„yobga chiqarish til islohoti uchun mustahkam,
o„zaro uyg„unlikdagi qonuniy asosni vujudga keltiradi. Taklif etilayotgan tadbirlar
hamma yerda ancha uyushqoqlik bilan, ortiqcha xarajatlarsiz davlat tiliga o„tish
imkonini beradi. O„zbekistonda ba‟zi mamlakatlardagidan farqli o„laroq, tilga yoki
boshqa belgilariga doir biron bir cheklash yoki senzlar belgilanishi istisno etiladi. Bu
xalqimiz ko„z qorachig„idek ardoqlayotgan barqarorlikni, fuqarolar tinchligini va
millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga ko„maklashishini hisobga olib
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida
«O„zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda qabul
qilindi.
Bu ham mamlakatimizda aholining ma‟naviy barkamolligi uchun xizmat qiluvchi
bir omil sifatida ahamiyatga ega bo„ldi.
Prezident I.Karimovning 2008-yili nashr etilgan «Yuksak ma‟naviyat – yengilmas
kuch» nomli kitobi esa mustaqillik yillarida shakllangan milliy g„oya asosida yuksak
ma‟naviyatni, barkamol jamiyatni barpo etish borasidagi tarixiy tajribalarning yakuni,
bu sohadagi strategik maqsadlarimizning o„ziga xos konsepsiyasi vazifasini
bajarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |