Mavzuga doir material
Tashkilot komitetining majlisi
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ulug„ olim va mutafakkir Mirzo
Ulug„bekning 600 yillik yubileyini o„tkazuvchi respublika tashkilot komitetining
majlisi bo„ldi.
Yubileyni bayram qilish milliy o„zlikni, ma‟naviyatni tiklash ramziga aylanishi,
buyuk mutafakkir ilmiy va madaniy merosini targ„ib qilishga, yosh avlodni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozimligi majlisda ta‟kidlab o„tildi.
Majlis qatnashchilari hukumat belgilagan hamda yubileyni tashkil etish bilan
bog„liq bo„lgan Samarqand, Buxoro, G„ijduvondagi Mirzo Ulug„bek hayoti va
faoliyatiga daxldor me‟moriy obidalarini ta‟mirlashga doir tadbirlarni amalga oshirish
sohasida boshlangan ishlarni tahlil etdilar. Mirzo Ulug„bek nomidagi xalqaro mukofot
haqida nizom ishlab chiqildi, uning asarlarini nashr etish taraddudi ko„rildi, olimning
ijodiy
merosini
o„rganishga
bag„ishlangan
xalqaro
anjuman
o„tkazish
rejalashtirilmoqda. Toshkentda Mirzo Ulug„bek haykalini, uning hayoti va faoliyati
to„g„risidagi filmni yaratish ishi davom etmoqda. Esdalik nishoni, pochta markasi,
turli yodgorliklar va boshqa buyumlar chiqarish belgilanmoqda.
Kengashda Mirzo Ulug„bekning jahon faniga qo„shgan hissasi ta‟kidlandi. Olim va
mutafakkirning 600 yillik bayrami xalqaro ko„lam kasb etishi lozim, deb uqtirildi.
* * *
Umumbashariy boyliklarni o„zlashtirish maqsadida, mamlakat va jahondagi turli
mafkura, e‟tiqod va g„oyalarni o„rganish asosida sog„lom dunyoqarash hamda siyosiy
madaniyatni shakllantirish borasida ham Markaz muayyan ishlarni amalga oshirdi.
Shuningdek, jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlarning,
ommaviy
axborot
vositalarining
o„zaro
hamkorligini
mustahkamlashga
ko„maklashish, ma‟naviy-ma‟rifiy masalalarga doir ko„plab tadbirlar, anjumanlar va
ko„rgazmalar tashkil etish yo„lga qo„yildi. Bular madaniy-ma‟rifiy jarayonni
tezlashtirish, milliy madaniyat va urf-odatlarni keng targ„ib qilish, milliy g„urur va
milliy iftixor tuyg„ularini kuchaytirishda muhim o„rin tutmoqda.
385
Ma‟naviyat va ma‟rifat masalalarini bevosita jamoatchilik yo„li bilan
rivojlantirishga katta e‟tibor berilayotgani bu mazkur soha ravnaqiga ommaviy xalq
harakatini kuchaytirish bilan birga, mamlakat har bir fuqarosi ongi va tafakkurini
amaliy faoliyat asosida kengaytirishdek eng samarali usuldir.
Sir emas, taraqqiyot taqdirini ma‟naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Yuksak
texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma‟naviy barkamollik
asosidagi mustaqil fikrlash orqali olib borilishi kerak. Ana shundan kelib chiqib, shuni
ta‟kidlash lozimki, aqliy zakovat va ruhiy-ma‟naviy salohiyat ma‟rifatli insonning
ikki qanotidir.
O„zbekiston hukumati mamlakat istiqboliga doir choralar belgilar ekan, uning eng
avvalo yuksak ma‟rifat va madaniyat mamlakati bo„lishi, shu asosda barcha
islohotlarning ma‟rifiy negizini yaratish nuqtayi nazaridan ish tutadi. Iqtisodga ham,
huquqiy tamoyillar va siyosiy islohotlarga ham, shuningdek, jahon muammolarini hal
etish, urush va tinchlik masalalariga ham ma‟rifiy ko„z bilan qaraydi, yuksak madaniy
va umuminsoniy qadriyatlar talablari asosida yondashadi.
Shu nuqtayi nazardan mamlakat rahbarining 1996-yil 4-sentabrda «Ma‟naviyat va
ma‟rifat» markazi xodimlarining bir guruhi bilan uchrashuvi, ular bilan dildan
suhbatlashuvi, ma‟naviy va madaniy hayotda katta voqeadir. Ayni chog„da 9-
sentabrda «Ma‟naviyat va ma‟rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada
takomillashtirish to„g„risida» yana bir Farmon qabul qilinganligi ham xalqning
ma‟naviyatini yanada yuksaltirishga, noyob namunalarni to„plashga, avaylab-
asrashga, kishilarni o„z vataniga chinakam sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgandir.
1996-yili sentabr oyi oxirida «Ma‟naviyat va ma‟rifat» jamoatchilik markazi
qoshidagi «Oltin Meros» Xalqaro xayriya jamg„armasini qo„llab-quvvatlash
to„g„risida» ham Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdiki, uni barcha ziyolilar, ijod
ahli zo„r mamnuniyat bilan kutib oldi.
2006-yili esa hukumat qarori bilan Ma‟naviyat va ma‟rifat markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |