Ulug„ o„zbek olimi, munajjim, matematik, fizik, me‟mor, temuriylar sulolasining
munosib davomchisi, yirik davlat arbobi Muhammad Tarag„ay – Ulug„bek (Mirzo
Jamoat fikrini quvvatlab, allomaning jahon ilm-fani va madaniyati ravnaqiga
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta‟lim, fan va madaniyat sohasidagi tashkiloti
(YuNESKO) Bosh konferensiyasining 27-sessiyasi qaroriga ko„ra Mirzo Ulug„bek
yubileyi jahon qadriyatlari ro„yxatiga – 1994-yilda dunyo miqyosida nishonlanadigan
bayramlar qatoriga kiritilgani va shu munosabat bilan tashkil etiladigan xalqaro
tadbirlarni hamda Respublikada olib borilayotgan ulkan xayrli ishlarni inobatga olib:
Yosh avlod qalbida milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg„ularini shakllantirish,
ularning ilm-ma‟rifatga bo„lgan intilishini rag„batlantirish maqsadida hamda mustaqil
383
* * *
Bundan tashqari, O„zbekistonda har yili Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat, Fitrat,
Cho„lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi ulug„ shoir va ma‟rifatparvarlar
kunlarini o„tkazish an‟anaga aylanib qoldi. Masalan, 1992-yil may oyida
mamlakatimiz poytaxtida boshlangan Mashrabxonlik kunlari uning vatani
Namanganda keng nishonlandi. Ushbu shaharda uning nomi bilan ataluvchi katta
istirohat bog„i barpo etildi.
Birgina shu emas. Xalqimizning ulug„ daholari, jahon madaniyati ravnaqiga katta
hissa qo„shgan, insoniyat tafakkurida keskin burilish yasagan bobokalonlari kuni har
yili turli shaklda nishonlanadi. Dunyoda hech bir xalq o„zbeklarchalik buyuk madaniy
va ma‟naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xazinani
ochish, uni o„rganish, undan bahramand bo„lish imkoniyati tug„ildi. Xalqimiz bundan
foydalanish yo„lidan bormoqda.
Mustaqillik yillarida Cho„lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo„jayev, Ogahiy,
Ajiniyoz, Berdaq singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o„tkazish
yuzasidan ko„rilgan chora-tadbirlar ham ma‟naviy hayotdagi muhim qadamlardir.
Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil 17-dekabr kuni
Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o„g„li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18-
dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Qo„siboy o„g„li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil
24-oktabr kuni esa Farg„onada Ahmad al-Farg„oniy tavalludining 1200 yilligi keng
nishonlandi.
Xususan, shu davrda Behbudiyning «Padarkush» asari, Fitratning «Qiyomat»
qissasi va «Abulfayzxon» tarixiy dramasi nashr qilindi. Cho„lponning ayrim she‟rlari
«Guliston» jurnalida, «Kecha va kunduz» asari esa «Sharq yulduzi» jurnalida e‟lon
qilindi. Keyinroq ular alohida kitob holida nashr etildi.
Ulug„ shoir Abdulhamid Cho„lponning adabiy-badiiy merosi xalqimizning bebaho
ma‟naviy mulkidir. Uning har bir asari, har bir she‟ri odamlarni o„zaro hamkorlikka,
ijtimoiy adolat uchun kurashga, nohaqlikka nisbatan murosasizlikka da‟vat etadi.
Cho„lponning
Do'stlaringiz bilan baham: