330
* * *
Hozirgi kunda «O„zmilliybank» – xalqaro moliya bozorlarida mamlakat bank
tizimining yaqqol timsolidir. Samarali boshqaruv mexanizmini, taraqqiyot
strategiyasini tanlab olgan bank qat‟iy ishonch bilan jadal rivojlana borib, o„z
mijozlari o„rtasida professional moliya muassasasi va ishonchli sherik sifatida
mustahkam obro„ga ega bo„ldi.
Mamlakat moliyaviy industriyasining peshqadami bo„lgan mazkur muassasaning
kattagina resurs bazasi, O„zbekiston bank tizimi sarmoyasi jamlama hajmining 50
foizidan oshadigan sarmoyasi va aktivlari (respublika bank aktivlarining qariyb 62
foiz) Milliy bankka katta va uzoq muddatli kreditlar berish, investitsiyalarni jalb qilish
uchun xalqaro moliya bozorida O„zbekiston banklari orasida eng yaxshi mavqega ega
bo„lish imkonini berayotir.
Bank yil sayin O„zbekiston moliya bozorining barcha ustuvor segmentlarida
ishtirokini kengaytirib bormoqda. 2006-yil ham bundan mustasno bo„lmadi.
Bankning xalqaro aloqalari faol rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda Milliy
bankning vakillik tarmog„i 612 dan ortiq yetakchi xalqaro banklarni o„z ichiga olgan.
2006-yil yakunlari bo„yicha «O„zmilliybank»ning milliy valyutada jamlama
balansi hajmi 3 854 milliard so„mni tashkil etdi.
O„tgan yil mobaynida bank daromadi 40,2 milliard so„mga yetib, uning kapitali
esa 27 milliard so„m ko„payib, 497 milliard so„mdan ortdi.
Milliy bankning kredit portfeli hajmi 2007-yil 1-yanvar holatiga ko„ra, 2,1 trln.
so„mni tashkil etdi. Bunda Milliy bank kredit portfelining asosiy ulushi uzoq muddatli
kreditlarga to„g„ri kelib, ularning solishtirma hajmi bankning kreditlar berish ishida
65,6 foizga teng bo„ldi. Bank aylanma kapitalni, eksport va importni moliyalash,
loyihalarni moliyalash uchun bir yilgacha (qisqa muddatli kreditlar) va bir yildan ortiq
(uzoq muddatli kreditlar) muddatga kreditlar ham bermoqda.
Bankning 2006-yilga mo„ljallagan kredit siyosatiga muvofiq, berilgan kreditlar
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini taraqqiy ettirish, ishlab turgan korxonalar
modernizatsiyasini moliyalash va yangi yuksak samarador korxonalarni joriy qilish,
kichik biznesni qo„llab-quvvatlash, mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlashga
asoslangan, import o„rnini bosuvchi iste‟mol tovarlari ishlab chiqaradigan
korxonalarni tuzish va rivojlantirish uchun sarflanmoqda.
Kichik biznesni qo„llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturi doirasida bir qancha
xorijiy banklar va moliya muassasalari, respublika budjetdan tashqari jamg„armalari
va bank o„z mablag„larining kredit yo„nalishlarini o„zlashtirish bo„yicha loyihalarni
ko„rib chiqish va moliyalash uchun qabul qilish ishlari olib borildi. Hozirgi vaqtda
hammasi bo„lib umumiy qiymati 445,1 million AQSH dollariga teng bo„lgan 147 ta
loyiha moliyalashga qabul qilindi. Bank o„z mablag„lari hisobidan berilgan kreditlar
hajmi 113,1 milliard so„mni (istiqbol ko„rsatkichining 130 foizini) tashkil etdi.
Respublikaning barcha hududlarida joylashgan bankning 93 bo„lim va filiali
korporativ va chakana mijozlarga keng ko„lamdagi zamonaviy bank xizmatlarini
amalga oshirmoqda. Korporativ va chakana mijozlar soni 1,2 milliontaga yetgani yoki
331
o„tgan yilning shu davridagiga nisbatan 35,2 foiz ko„paygani (2006-yil 1-yanvar
holatiga ko„ra, 898,8 ming) shundan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: