Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

 

 


 

316 


2-§. Pul-kredit siyosatining ishlab chiqilishi. 

Milliy valyuta qadrining oshishi 

 

Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  iqtisodiy    barqarorlikni  ta‟minlashga 



qaratilgan  tadbirlarning  eng  muhimi  qat‟iy  moliya  siyosatini  o„tkazish  bo„ldi.  Shu 

bois  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1995-yil  23-fevraldagi  birinchi 

sessiyasida  «...Bank,  moliya,  kredit  tizimlarini  takomillashtirish,  uni  jahon  talablari 

darajasiga  ko„tarish...  birinchi  bosqichda  muhim  o„rin  olishi  darkor...  Milliy 

valyutamiz  mustahkam  bo„lsagina  davlatimiz  qudratli,  obro„li,  hayotimiz  farovon 

bo„ladi», – degan fikr bildirildi. 

O„zbekistonning 1991–1993-yillardagi, ya‟ni rubl zonasida bo„lib turgan davridagi 

iqtisodiy  siyosati  ishlab  chiqarishning  butunlay  inqirozga  yuz  tutishiga  va  aholi 

turmush darajasining pasayib ketishiga yo„l qo„ymaslikka, savdo balansining ahvolini 

yaxshilashga,  iqtisodiy  tizimini  takomillashtirishga  qaratildi.  Siyosiy  va  iqtisodiy 

islohotlarni amalga oshirishning ikki xil tabiatga egaligi, ya‟ni bir tomondan siyosiy 

mustaqillik, boshqa tomondan yagona rubl zonasida, demak, yagona iqtisodiy zonada 

turganlik  holati  O„zbekiston  uchun  o„ziga  xos  xususiyatga  ega  davr  edi.  Bu  o„z 

navbatida  pul-kredit  siyosatini  belgilashda  ham  o„ziga  xos  yo„lni  ishlab  chiqishni 

taqozo etardi. 

Bu  boradagi  muhim  vazifa  banklar  faoliyatini,  ular  vazifalarini  yangi  talab  va 

ehtiyojlar  asosida  tashkil    qilmoq  edi.  Mamlakatda  ikki    pog„onali    samarali  bank 

tizimini  yaratmasdan  turib  O„zbekistonda  bozor  munosabatlarini  yuzaga  keltirib, 

uning xo„jalik mexanizmini, pul muomalasini qayta  qurib bo„lmasdi. 

1991-yil  15-fevralda  qabul  qilingan  «Banklar  va  bank  faoliyati  to„g„risida»gi 

O„zbekiston  Respublikasi  Qonuni,  shuningdek,  keyin  unga  kiritilgan  qo„shimcha  va 

o„zgarishlar bank sohasini isloh qilish, bozor shart-sharoitlariga mos keladigan bank 

muassasalarini tashkil etish yo„llarini belgilab berdi. 

Mazkur  Qonunga  muvofiq,  SSSR  Davlat  Bankining  mintaqaviy  bo„limi 

O„zbekiston  Respublikasining  Markaziy  Bankiga  aylantirilib,  unga  banknotalar 

emissiyasi,  hukumat  hisob  varaqlariga  xizmat  ko„rsatish,  oltin-valyuta  zaxiralarini 

saqlash,  banklar  faoliyatini  nazorat  qilish,  pul-kredit  siyosatini  amalga  oshirish  va 

boshqa vazifalar topshirildi. 

Ushbu  Qonun  respublika  iqtisodiyotini  isloh  qilishning  boshlang„ich  bosqichida 

qabul qilingan va u o„sha kunlar voqealari talablariga javob berar edi. 

Milliy  valyuta  –  so„mning  joriy  qilinishi  va  moliya  sohasidagi  islohotlarni 

chuqurlashtirish  vazifalari  uning  huquqiy  asosini  yanada  rivojlantirishni,  banklar 

faoliyatining  hamma  jihatlarini  bozor  talablariga  muvofiq  qat‟iy  belgilovchi  alohida 

qonun ishlab chiqishni taqozo etgan edi.  

Shuningdek,  xalqaro  moliya  tashkilotlari  va  xorijiy  banklar  tajribalarini  inobatga 

olib  hamda  mustaqil  mamlakat  pul-kredit  siyosatini  butunlay  yangitdan  izga  solish 

maqsadida Markaziy Bank to„g„risida, banklar va banklar faoliyati to„g„risida alohida 

Qonunlar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi. 




 

317 


1995-yil  21-dekabrda  Oliy  Majlisning  IV  sessiyasida  «O„zbekiston  Respublikasi  

Markaziy  Banki  to„g„risida»,  «Banklar  va  banklar  faoliyati  to„g„risida»  alohida 

Qonunlar qabul qilindi. Bu huquqiy  hujjatlar Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki 

tomonidan  yuqori  baholandi.  O„zbekistonda  hozirgi  vaqtda  20  ta  tijorat  banki 

ro„yxatga  olindi  va  ular  ishlab  turibdi.  1995-yildan  ularning  19  tasi  aksiyadorlik-

tijorat shaklida, 5 tasi mas‟uliyati cheklangan jamiyat, 1 tasi kooperativ, 2 tasi xorijiy 

sarmoya ishtirokidagi, 2 tasi davlat banki sifatida faoliyat ko„rsatmoqda.  

Shuni aytish kerakki, bozor iqtisodiyotiga o„tishning dastlabki bosqichlarida o„tish 

davrining  ijtimoiy-iqtisodiy  qiyinchiliklarini  bartaraf  etishga  mo„ljallangan  davlat 

budjeti  1993-yildan  iqtisodiyotni  strukturaviy  qayta  qurish  omillaridan  biriga, 

makroiqtisodiy  mutanosibliklarni  boshqarish  va  moliyaviy  resurslarni  mamlakat 

iqtisodiyotining ustuvor yo„nalishlarida jamlash vositasiga aylandi. 

1994-moliya  yili  qattiq  pul-kredit  va  budjet  siyosatini  shakllantirishda  burilish 

bosqichi    bo„ldiki,  buning  natijasida  davlat  budjeti  taqchilligi  1995-yilda    YIMga 

nisbatan olganda 3,4 foizdan 2,8 foizgacha pasaydi. 

Davlat  budjetidagi  taqchillikning  pasayishi  ko„p  hollarda  o„tish  davridagi  eng 

barqaror daromad manbayi – bilvosita soliqlar mavqeini oshirish evaziga  ta‟minlandi. 

Davlat  budjeti  daromadlari  tuzilmasida  bilvosita  soliqlarning  ulushi  umumiy 

daromadlarga nisbatan olganda 1991-yildagi 0,7 foizdan 1995-yilda 49,3 foizga o„sdi. 

1996-yilda  butun  daromadning  50  foizdan  ko„prog„ini  aksizlar,  G„G„S  va  bojxona 

bojlari ko„rinishida belgilash mo„ljallangan edi. 

1995-yil  yakunlariga  ko„ra  davlat  budjetining  to„g„ri  (daromad)  solig„idan 

daromadi  38,5  foizni,  shundan  korxonalar  foydasidan  olinadigan  soliqlar  

daromadining 28,6 foizini, aholi daromadidan olinadigan soliq 9,9 foizni va jismoniy 

shaxslarning tadbirkorlik  faoliyati  daromadi solig„i  esa  0,3  foizni  tashkil  etdi.  Yalpi 

milliy mahsulotda davlat daromadlari va xarajatlarini umumiy qisqartirish davlatning 

iqtisodiyotga  aralashuvini  bosqichma-bosqich  cheklash  bozor  prinsiplarining  amalga 

oshirilishiga  tamomila  muvofiqdir.  Shunday  qilib,  bozor  islohotining  o„tgan  besh 

yilida  davlat  budjeti  daromadlarining  YIMdagi  ulushi  49,1  foizdan  37,2  foizga, 

xarajatlarning ulushi esa 52,7 foizdan 40 foizgacha kamaydi. 

Strukturaviy  qayta  qurishning  davlat  tomonidan  qo„llab-quvvatlanishi  imtiyozli 

soliq  va  kredit  siyosati  yuritishdagi  yordamda  ham,  iqtisodiyotning  bazaviy 

tarmoqlariga 

to„g„ridan-to„g„ri  mablag„  ajratish  ko„rinishida  ham  amalga 

oshirilmoqda.  Iqtisodiyotga  joriy  va  kapital  xarajatlar  uchun  solinadigan 

mablag„larining 1996-yilda kutilayotgan o„sishi 13,65 mlrd. so„mni tashkil etadi. 

Ijtimoiy xarajatlar ulushi umumiy xarajatlarning 50 foizi darajasida barqarorlashdi, 

bu  hol  ijtimoiy  ahamiyatga  molik  tarmoqlar  rivojlanishini  va  aniq  maqsadga 

qaratilgan  ijtimoiy    to„lovlarni  oshirish  yo„li  bilan  aholining  muhtoj  qatlamlari  va 

guruhlarining davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanishini ta‟minlaydi. 

Mamlakatimizda  keyingi  yillarda  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishga  qaratilgan 

muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini 

tartibga solish bo„ldi. 



 

318 


Prezident I.Karimov 1993-yil 7-   mayda O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 

sessiyasida  nutq  so„zlarkan, 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish