Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Aytish  joizki  keyingi  yillarda  hukumat  diqqat  markazida  bo„lib  kelgan



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Aytish  joizki  keyingi  yillarda  hukumat  diqqat  markazida  bo„lib  kelgan 

ikkinchi masala – bu iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlarini kengaytirish va 

chuqurlashtirishdan iborat bo„ldi.

 

Bu  borada  asosiy  e‟tibor  soliq  yukini  kamaytirish,  soliq-budjet  siyosatini 



liberallashtirish va unifikatsiya qilish, soliqqa tortish tartibini soddalashtirish, soliq va 

moliya  organlari  mas‟uliyatini  kuchaytirishdek  aniq  maqsadlarga  yo„naltirilgan 

siyosatni amalga oshirishga qaratilganini ta‟kidlash joiz. 

2005-yilda  yuridik  shaxslar  daromadlari  (foyda)dan  olinadigan  soliq  stavkasi  18 

foizdan  15  foizga  tushirildi, bu  esa qariyb  40  milliard  so„mlik mablag„ni  korxonalar 

ixtiyorida  qoldirish  imkonini  berdi.  Yagona  ijtimoiy  to„lov  stavkasi  31  foizgacha 

qisqartirildi,  jismoniy  shaxslarni  soliqqa  tortish  tizimi  o„zgartirildi,  mulk  solish 

stavkasi esa 3,5 foizgacha kamaytirildi. 

Amalda  jami  15,2  foizni  tashkil  etgan  soliq  va  to„lovlar  o„rniga  13  foiz 

miqdoridagi  yagona  soliq  to„lovining  joriy  etilishi  tadbirkorlik  faoliyatini 

rivojlantirishda, ayniqsa, kichik korxonalar uchun muhim ahamiyatga ega bo„ldi. Bu 

o„z  navbatida  kichik  korxonalarga  faqat  2005-yilning  ikkinchi  yarmida  qariyb  10 

milliard so„m mablag„ni tejash imkonini berdi. 

Soliq  yukini  kamaytirish  borasida  ko„rilgan  choralar  tufayli  davlat  budjetiga 

to„planayotgan kirimlar, ya‟ni fiskal chegirmalar 22,6 foizgacha qisqartirildi. 

Natijada korxonalar ixtiyorida qoldirilgan 130 milliard so„mdan ziyod pul ularning 

aylanma 

mablag„larini  to„ldirishga  yo„naltirildi  va  moliyaviy 

ahvolini 

mustahkamlashda muhim omil bo„lib xizmat qildi. 

Xo„jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish faolligini oshirish va moliyaviy 

barqarorligini  ta‟minlashda  puxta  o„ylangan,  birinchi  navbatda  soliq  yukini 

kamaytirishga  qaratilgan  soliq  siyosatining  o„tkazilishi  muhim  ahamiyat  kasb  etdi. 

2006-yil  yuridik  shaxslar  daromadlari  (foyda)dan  olinadigan  soliq  stavkalari  15  fo-

izdan 12 foizgacha, dividend va foizlardan olinadigan soliq 15 foizdan 10 foizgacha, 

yagona  ijtimoiy  to„lov  esa  31  foizdan  25  foizgacha  kamaytirildi.  Ekologiya  solig„i 

butunlay bekor qilindi. 

Soliq imtiyozlaridan foydalanish natijasida respublikamiz korxona, kompaniya va 

xo„jaliklari  2006-yilda  o„z  moliyaviy  resurslarini  qo„shimcha  ravishda  425  milliard 



 

311 


so„mga  ko„paytirdi.  Bu  esa  investitsiyalarning  aylanma  mablag„ini  to„ldirish  va 

mehnatga haq to„lashni oshirish uchun qo„shimcha manba bo„lib xizmat qildi. 

Naqd  pul  olishdagi  cheklovlarning  bekor  qilinishi  va  bu  boradagi  talablarga 

banklar  tomonidan  qat‟iy  rioya  etilishi,  naqd  pul  tushumining  o„z  vaqtida  va  to„liq 

topshirilishi 

ustidan 


nazoratning 

ko„chaytirilishi 

bank-kredit 

tizimini 

liberallashtirishda  muhim  qadam  bo„ldi.  Tijorat  banklari  uchun  ularning  Markaziy 

bankdagi  korrespondentlik  hisob  raqamlaridan  cheklovsiz  foydalanish  imkoniyati 

yaratilgani, shuningdek, naqd va naqd bo„lmagan pul aylanmalarini unifikatsiya qilish 

bo„yicha  ko„rilgan  keyingi  chora-tadbirlar,  naqd  pulsiz  hisob-kitobning  ilg„or  shakli 

bo„lgan  plastik  kartochkalarning  amaliyotda  keng  joriy  etilishi  tufayli  o„tgan  yilda 

bunday kartochkalarning soni taxminan besh barobar ortgani muhim ahamiyatga ega, 

albatta. 

2005-yilda  O„zbekiston  Respublikasi  tashqi  savdoni  liberallashtirishda,  jahon 

xo„jalik aloqalariga integrasiyalashuv borasida yanada salmoqli natijalarga erishdi. 

Bunda  mamlakatimizda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  eksport  qilishni 

rag„batlantirish,  eksport-import  operatsiyalarini  bojxona  tariflari  orqali  tartibga 

solishni  yanada  takomillashtirish,  bojxona  to„lovlarini  unifikatsiya  qilish,  soliq  va 

bojxona  ma‟muriyatchiligi  bilan  bog„liq  jarayonlarni  soddalashtirish  bo„yicha 

ko„rilgan chora-tadbirlar muhim rol o„ynadi. 

2006-yil  12-fevral  kuni  Vazirlar  Mahkamasining  2006-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish  yakunlari  hamda  2007-yilda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning 

eng  muhim  ustuvor  yo„nalishlariga  bag„ishlangan  majlisi  bo„ldi.  Majlisda 

O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ma‟ruza qildi. 

Davlatimiz  rahbari  ma‟ruzasida  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  iqtisodiyotni 

erkinlashtirish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida iqtisodiy o„sishning 

barqaror  yuqori  sur‟atlari  inflatsiya  darajasining  pasayishi  va  xalq  farovonligining 

oshishi tendensiyalari mustahkamlanganligini qayd etdi. 

2006-yil  yakunlari  bo„yicha  yalpi  ichki  mahsulot  7,3  foizga,  sanoat  mahsulotlari 

ishlab  chiqarish  hajmi  10,8  foizga,  qishloq  xo„jalik  mahsulotlari  yetishtirish  6,2 

foizga, pulli xizmatlar ko„rsatish 19,3 foizga, pudrat qurilish ishlari 12,8 foizga o„sdi. 

Respublika  iqtisodiyotiga  jalb  etilayotgan  xorijiy  investitsiyalar,  eng  avvalo 

to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar hajmi o„sdi. 

Jami  investitsiyalarning  yarmidan  ko„prog„i  ishlab  chiqarish  bazasini 

modernizatsiya  qilishga  va  texnologik  jihatdan  yangilashga,  yangi  asbob-uskunalar 

sotib  olishga  yo„naltirildi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  rivojlandi,  mahsulotni  eksportga 

chiqarish hajmi ko„paydi, tashqi savdo va to„lov balanslari mustahkamlandi. 

Qishloq  xo„jaligida  islohotlar  davom  ettirilmoqda.  Bugungi  kunda  Respublikada 

yetishtirilayotgan  qishloq  xo„jalik  mahsulotlarining  asosiy  qismi  fermer  xo„jaliklari 

hisobiga to„g„ri kelmoqda, aholining ish bilan bandlilik darajasi o„sdi. Masalan, 2006-

yil  oxirida  mamlakatda  190  ming  fermer  xo„jaligi  faoliyat  ko„rsata  boshladi,  shu 

yilning  o„zida  birgina  kasanachilikni  joriy  qilish  evaziga  60  ming  odam  ish  bilan 

ta‟minlandi,  birgina  2006-yil  570  ming  ishchi  o„rni  yaratildi.  Keyingi  yillarda 



 

312 


aholining turmush darajasi birmuncha yaxshilandi. Birgina 2006-yil barcha toifadagi 

ishchi  xizmatchilarning  real  ish  haqi  36  foizga  o„sib,  o„rtacha  ish  haqi  185  ming 

so„mni tashkil qildi. 

2006-yilga  mo„ljallangan  rejalar  oshirib  bajarildi.  Jumladan,  yoqilg„i  energetika 

majmuasi va rangli metallurgiya tamoqlari yuqori sur‟atlarda o„sdi. O„tgan yili faqat 

yoqilg„i-energetika majmuasini rivojlantirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish 

uchun 250 million dollar hajmidagi xorijiy sarmoya jalb qilindi. 

2006-yilda  o„sish  sur‟ati  mashinasozlik  va  metallni  qayta  ishlash  sanoatida  25,7 

foiz,  kimyo  va  neft-kimyo  sanoatida  19,6  foiz,  oziq-ovqat  sohasida  28  foiz,  yengil 

sanoatda  20  foiz,  yog„ochni  qayta  ishlash  va  mebel  sanoatida  18  foiz,  qurilish 

materiallari sanoatida 12 foizga oshdi. 

Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini 

himoya  qilishni  mustahkamlashga  qaratilgan  choralarning  amalga  oshirilishi 

mamlakatimizda  investitsiya  muhitini  yaxshilash  hamda  hajmi  tobora  ortib 

borayotgan xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda ijobiy ta‟sir ko„rsatdi. 

2006-yilda  moliyalashning  barcha  manbalari  hisobidan  o„zlashtirilgan  kapital 

mablag„lar hajmi 3 milliard 140 million AQSH dollariga teng darajani tashkil etdi. 

Iqtisodiyotga  yo„naltirilgan  sarmoyalarning  qariyb  50  foizi  texnologiyalarni 

yangilash va zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflandi. 

Barcha 


sarmoyalarning 

77,5 


foizini 

tashkil 


etadigan 

markazlashmalar 

sarmoyalarning  asosiy  o„sishi  xorijiy  investitsiyalarni  to„g„ridan-to„g„ri  jalb 

qilish,korxonalarning o„z mablag„i va bank kreditlari hisobidan ta‟minlandi. 

 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish