Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


birinchidan ,  ichki  va  tashqi  sarmoyalarni  jalb  qilish,  ikkinchidan



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

birinchidan

,  ichki  va 

tashqi  sarmoyalarni  jalb  qilish, 

ikkinchidan

,  istiqbolli  texnologiyalar  joriy  qilish  va 

boshqaruvga  oid  yangicha  uslublarni  tajribada  qo„llash  maqsadida  maxsus  huquqiy 

tartibotga  ega  bo„lgan  hududda  xo„jalik  yuritishdir.  Qolaversa,  bunday  zonalarni 

respublikada  tashkil  qilinishi  kishilarda  iqtisodiy  bilimlarni  kengaytirish  uchun  ham 

kerak edi. 

Erkin  iqtisodiy  zonalar  orqali  ish  yuritish  rivojlangan  mamlakatlarda  keng 

tarqalgan.  Masalan,  Amerika  Qo„shma  Shtatlarida  2000  dan  ortiq  maxsus  huquqqa 

ega  bo„lgan  iqtisodiy  zonalar  mavjud.  Turkiya,  Janubiy  Koreya,  Xitoy  kabi 

mamlakatlarning iqtisodiy rivojida ham ana shunday erkin iqtisodiy zonalar salmog„i 

katta. Singapurning jadal rivojlanishining asosiy sababi mamlakatni butunlay «Erkin 

iqtisodiy  zona»  deb  e‟lon  qilinganidandir.  Shu  sabab,  Singapur  «Umumjahon 

omborxonasi» deb ta‟riflanmoqda. 

Rivojlangan  G„arb  mamlakatlari  ham  bundan  istisno  emas.  Ularda  ayrim  hudud, 

shaharlar uzoq o„tmishdan hozirgacha maxsus huquqlarga ega. Erkin shahar Genuya, 

Bremen, Rotterdam, Gamburg – bularning ro„yxatini davom ettirish mumkin. Bunday 

hudud  va  shaharlar  aytish  mumkinki,  o„sha  mamlakat  iqtisodining  rivojlanishiga 

«lokomotiv» bo„lib hissa qo„shyapti. 

Keyingi  yillarda  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo„stligiga  kiruvchi  mamlakatlarda  ham 

erkin  iqtisodiy  zonalar  tashkil  qilishga  intilish  kuchaydi.  Jumladan,  Rossiyada, 

Qozog„istonda va boshqa mamlakatlarda shunday zonalar barpo qilindi.  

Shu  maqsadda  O„zbekistonda  erkin  iqtisodiy  zonalar  haqidagi  Qonun  loyihasi 

tayyorlandi. Loyihani tayyorlash mobaynida yuqorida zikr etilgan mamlakatlar qonun 

va  boshqa  me‟yoriy  hujjatlari  har  tomonlama  o„rganildi.  Xorij  tajribalariga  suyanib 

erkin iqtisodiy zonalarni bir necha guruhga, ya‟ni: erkin savdo, erkin ishlab chiqarish, 

erkin  ilmiy-texnik  va  boshqa  zonalar  tarzida  tuzilishi  qonun  loyihasiga  kiritildi  va  u 

1996-yil 26-aprelda Oliy Majlisning V sessiyasida qabul qilindi. 

1995–1998-yillarda  eksport  tarkibida  ham  sezilarli  o„zgarishlar  ro„y  berdi.  Agar 

1995-yilda paxta tolasi eksportning 50 foizini tashkil qilgan bo„lsa, 1998-yilda uning 

ulushi  43  foizgacha  kamaydi.  Ayni  paytda  tayyor  mahsulotlar  ulushi  17  foizdan  25 

foizgacha,  mashina  va  uskunalar  ulushi  2  foizdan  4  foizgacha,  xizmatlar  ulushi  8 



 

307 


foizdan  9  foizgacha  ortdi.  Import  tarkibidagi  xuddi  shunday  o„zgarishlar  mustaqil 

davlat iqtisodiyotining qad ko„tarish jarayonini yaxshi aks ettiradi. Agar ilgari asosiy 

import  qilinadigan  mahsulotlar  oziq-ovqat  (1994-yilda  34,7  %)  va  yoqilg„i  (24,2  %) 

bo„lsa,  hozirgi  paytda  oziq-ovqat  importi  ikki  barobar  qisqardi  (1998-yilda  15,2 

foizgacha), yoqilg„i importi esa deyarli umuman to„xtatildi. Mamlakat don va yoqilg„i 

mustaqilligiga erishdi, ushbu strategik tovarlarga bo„lgan ehtiyoj endilikda uning o„z 

ishlab  chiqarishi  hisobiga  qoplanmoqda.  Natijada  bo„shagan  valyuta  mablag„lari 

iqtisodiyotni  rivojlantirishga,  import  o„rnini  bosuvchi  va  eksportga  mo„ljallangan 

ishlab chiqarishlarni barpo etishga, zamonaviy uskuna va texnologiyalar sotib olishga 

qaratildi. Shunga muvofiq ravishda, import tarkibida mashina va uskunalar ulushi shu 

davrning ichida 15,9 foizdan 47,3 foizgacha oshdi. 

2007-yilga kelib mamlakatimiz 80 dan ortiq jahon mamlakatlari bilan savdo qiladi. 

Tashqari  savdo  muomalasi  o„sib,  1998  yilda  9  mlrd.  dollardan  oshib  ketdi,  bu  esa 

1994-yildagidan taxminan ikki barobar ortiq. Tashqi savdoning jug„rofiy tarkibi ham 

o„zgarib  bormoqda:  agar  1994-yilda  tovar  muomalasining  58  foizi  sobiq  sovet 

respublikalariga  to„g„ri  kelgan  bo„lsa,  1998-yilda  ularning  ulushi  faqat  27  foizni 

tashkil qildi. 

Respublika  makroiqtisodiy  barqarorlikka  birinchilardan  bo„lib  erishdi.  1996-

yildayoq yalpi ichki mahsulot 1,7 foiz, 1997-yilda u 5,2 foiz, 1998-yilda esa 4,4 foiz 

ko„paydi.  

Xuddi  shunday  o„sish  keyingi  yillarda  ham  kuzatildi.  2005-yilning  nihoyasidagi 

yakunlar  tahlili  shuni  ko„rsatmoqdaki,  o„tgan  yilda  deyarli  barcha  makroiqtisodiy 

ko„rsatkichlar  bo„yicha  prognoz  hajmi  va  ko„rsatkichlariga  erishildi,  aksariyat 

ko„rsatkichlarning esa sezilarli darajada oshirib bajarilishi ta‟minlandi. 

2005-yilda  yalpi  ichki  mahsulotning  o„sish  sur‟atlari  7  foizni,  inflatsiya  darajasi 

esa 7,8 foizni tashkil etdi. 

Sanoat  ishlab  chiqarishi  7,3  foizga,  jumladan,  iste‟mol  tovarlari  ishlab  chiqarish 

17,7  foiz,  qishloq  xo„jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  esa  6,2  foizga  o„sgani 

quvonchli hol, albatta. 

2005-yil 

davlat 

budjeti 


yalpi 

ichki 


mahsulotga 

nisbatan 

kutilgan  

1  foiz  taqchillik  o„rniga  0,1  foiz  profitsit  bilan  bajarildi,  uning  daromad  qismi  esa 

prognoz ko„rsatkichlaridan 39 foiz ziyod bo„ldi. 

Yalpi ichki mahsulotning barqaror sur‟atda o„sib borayotgani, so„nggi 2005-2006-

yillarda  bu  ko„rsatkichning  7  foizdan  ortayotgani,  ayniqsa,  diqqatga  sazovor.  Shuni 

ta‟kidlash  zarurki,  O„zbekiston  erishayotgan  barqaror  iqtisodiy  o„sish  sur‟atlarinint 

asosiy manba va omillari tariqasida dunyo xomashyo va tovarlar, avvalo, neft va gaz 

bozorlarida  mavjud  bo„lgan  qulay  konyunktura  va  qandaydir  tashqi  omillar 

ko„maklashib turgani yo„q. 

Iqtisodiyotimizda  erishilgan  natijalar  negizida  avvalo  bozor  islohotlari  va 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishning  puxta  o„ylangan  modeli  va  uzoq  muddatga 

mo„ljallangan  dasturini  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  bo„yicha  olib 

borilayotgan tizimli, izchil va qat‟iy harakatlar turganini kuzatish qiyin emas. 



 

308 


2005-yilda  iqtisodiyotimizni  isloh  qilishning  eng  muhim  yo„nalishlarini  quyidagi 

misoldan ko„rish mumkin. 

Birinchi yo„nalish – iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan izchil yangilash. 

Bu  boradagi  harakatlar  avvalo  iqtisodiyotda  makroiqtisodiy  mutanosiblikni 

ta‟minlash,  iqtisodiy  o„sishda  yetakchi  o„rin  tutishi  lozim  bo„lgan  ishlab  chiqarish, 

soha  va  tarmoqlarni  jadal  rivojlantirish,  shu  bilan  birga,  O„zbekistonning  o„ziga  xos 

demografik  xususiyatlari,  bandlik,  aholi  daromadlarini  ko„paytirish  bilan  bog„liq  va 

boshqa o„ta muhim muammolarni hal etishga qaratildi. 

Mamlakatimiz  uchun  ustuvor  bo„lgan  mazkur  vazifaning  ahamiyatini  yana  shu 

bilan  izohlash  lozimki,  ichki  va  tashqi  investitsiyalarni  kiritishni  talab  etadigan 

tarkibiy  o„zgarishlarni  amalga  oshirmasdan  turib,  xomashyo  yetishtirishga 

yo„naltirilgan  bir  yoqlama  iqtisodiyotdan  xalos  bo„lish,  tom  ma‟nodagi  iqtisodiy 

mustaqillikka erishish mumkin emas. 

Ko„rilayotgan  qat‟iy  tadbir  va  choralar  amalga  oshirilayotgan  islohotlar natijalari 

mamlakatda  ishlab  chiqarilayotgan  yalpi  ichki  mahsulotning  tarkibiga  ijobiy  ta‟sir 

ko„rsatmoqda.  Yetakchi  sohalarimizdan  bo„lmish  sanoatning  ulushi  2002-yildagi  14 

foiz o„rniga 2005-yilda 20,7 foizni tashkil etgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. 

2006-yilda  iqtisodiyotning  o„sishi,  solishtirma  narxlarda  olib  qaraganda,  2000-

yilga nisbatan 45 foizni tashkil etdi, bunda sanoat ishlab chiqarishi 1,6 marta, qishloq 

xo„jaligi  1,5  barobar,  tashqi  savdo  aylanmasi  1,7  marta,  eksport  hajmi  1,9,  oltin-

valyuta zaxirasi 3,7 barobar, real ish haqi esa 4 marta oshganini ko„rish mumkin. Shu 

bilan birga, inflatsiyaning yillik darajasi 4 martadan ziyod pasayganini ham qayd etish 

lozim. 

Ayni  paytda,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  borasida  ham  jiddiy 

yutuqlarga erishildi. Buning natijasida sanoatda mehnat unumdorligi 1,7 marta oshdi. 

Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur‟atlar bilan o„sishi 

an‟anaviy  xomashyo  tarmoqlari,  jahon  bozoridagi  qulay  konyunktura  va  ayrim 

xomashyo  turlari  hamda  materiallar  narxining  yuqoriligi  hisobidan  emas,  balki 

birinchi  navbatda  raqobatga  bardoshli  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  hamda 

zamonaviy xizmat ko„rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni belgilab beradigan jiddiy 

tarkibiy  o„zgarishlar  va  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  evaziga  ta‟min-

lanmoqda. 

2006-yilda  sanoatning  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  2000-yildagi  14,2  foiz 

o„rniga 22,1 foizni, xizmatlar ko„rsatish sohasining ulushi 30 foiz o„rniga 39,5 foizni 

tashkil etdi. Qishloq xo„jaligida esa aksincha – bu ko„rsatkich pasayib, 32 foizdan 24 

foizga tushdi. 

Xizmat ko„rsatish sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Sohaning yalpi ichki mahsulot 

tarkibidagi  ulushi  38,5  foizdan  oshgani,  jumladan,  kommunikatsiya,  transport  va 

aloqa  tarmoqlari  bo„yicha  xizmat  ko„rsatish  hajmi  besh  yil  mobaynida  bir  yarim 

baravar o„sgani buning yaqqol tasdig„idir. 

2006-yilda  yalpi  ichki  mahsulot  7,3  foizga  o„sdi.  Ishlab  chiqarish  hajmining 

sanoatda  10,8,  qishloq  xo„jaligida  6,2  foizga  oshgani,  investitsiyalarning  11,4, 




 

309 


qurilish-pudrat  ishlarining 12,8, xizmat  ko„rsatish sohasidagi  ko„rsatkichlarning  19,5 

foizga o„sgani iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari bo„lib xizmat qiladi. 

Shuni  alohida  ta‟kidlash  kerakki,  o„tgan  yilda  erishilgan  ana  shunday  o„sish 

sur‟atlari va yuksak makroiqtisodiy ko„rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini 

tubdan isloh qilish va yangilash bo„yicha amalga oshirilgan ko„p yillik mashaqqatli va 

murakkab ishlarining mantiqiy natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va barqaror 

rivojlantirishning amaliy namoyoni bo„ldi. 

Ayniqsa,  keyingi  yillarda  telekommunikatsiya  aloqasi  va  moliya-bank  tizimida 

xizmatlarning yangi turlari tez sur‟atlar bilan rivojlanayotgani e‟tiborga sazovor. 

Mamlakatimiz  iqtisodiyotida  amalga  oshirilayotgan  tarkibiy  islohotlar  va  ulardan 

ko„zlangan  maqsadlarning  bajarilishi  yengil  sanoatning  jadal  sur‟atda  rivojlanishida 

ham o„z ifodasini topmoqda. 

Bu tarmoqlar 2005-yilda o„sish sur‟ati 2004-yilga nisbatan 12 foizni tashkil etgani, 

shu  jumladan,  to„qimachilikda  17  foiz,  tikuvchilikda  24,5  foiz,  trikotaj  mahsulotlari 

ishlab chiqarishda 53 foiz o„sish kuzatilganini qayd etish zarur. 

Zamonaviy  texnika  va  uskunalar  bilan  jihozlangan  korxonalarning  ishga 

tushirilishi,  xorijiy  investorlar  bilan  hamkorlikda  yangi  ishlab  chiqarish 

quvvatlarining tashkil etilishi, jahon bozoriga raqobatga bardoshli tayyor engil sanoat 

mahsulotlarini  eksport  qilish  hajmining  sezilarli  darajada  ortib  borayotgani  – 

bularning barchasi mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridir. 

Eng muhimi, bunday o„zgarishlar natijasida yangi ish o„rinlari yaratilmoqda, aholi, 

ayniqsa, xotin-qizlar ish bilan ta‟minlanmoqda. 

2005-yilda  chetga  mahsulot  eksport  qilish  hajmi  11,5  foizga  o„sgani  yurtimizda 

amalga  oshirilayotgan 

islohotlar 

va 


iqtisodiyotni 

modernizatsiya 

qilishda 

erishilayotgan yutuqlarning muhim natijasi desak hech qanday mubolag„a bo„lmaydi. 

Ayni  paytda  umumiy  eksport  hajmida  tayyor  mahsulot  va  xizmatlar  ulushi  50 

foizdan oshdi. 

Bu esa tashqi savdoda mustaqillik yillaridagi eng yuqori ko„rsatkich – 1,3 milliard 

AQSH  dollari  miqdoridagi  ijobiy  saldoga  erishish  imkonini  berdi.  Natijada 

mamlakatimizning  oltin-valyuta  zaxirasi  1,3  marta  ko„paydi,  bu  esa,  avvalo, 

iqtisodiyotimizning  tashqi  bozor  o„zgarishlariga  barqarorligi  ortib  borayotganidan 

dalolat beradi. 

O„zbekiston  iqtisodiyotida  yuz  berayotgan  sifat  o„zgarishlarini  baholash  uchun 

e‟tiborni yana bir misolga qaratsak. 

Agarki  yaqin-yaqinlargacha,  ya‟ni  2000-yilda  eksport  tarkibida  paxta  tolasining 

hissasi 27,5 foiz bo„lgan bo„lsa, 2005-yilda bu ko„rsatkich 19 foizni tashkil etganining 

o„zi ko„p narsani bildiradi, deb aytish mumkin. 

Shu  davrda  importning  tarkibi  ham  o„zgarib,  mamlakatga  olib  kirilayotgan 

umumiy  mahsulot  hajmida  texnika  va  uskunalar  ulushi  44  foizdan  ortgani  ayniqsa 

e‟tiborga loyiq. 



 

310 


Shu  bilan  birga,  iqtisodiyot  tarmoqlarining  sifat  jihatidan  yuksalishi  ko„p 

tomondan  investitsiya  hajmidagi  tarkibiy  o„zgarishlar  bilan  bog„liq  bo„lib,  ularning 

yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 20 foizdan oshdi. 

Markazlashtirilgan holda mablag„ bilan ta‟minlash hajmi qisqarayotgan bir paytda 

korxonalar  va  aholining  xususiy  mablag„-qo„yilmalari  keskin  oshib  bormoqda, 

to„g„ridan-to„g„ri  xorijiy  investitsiyalar  va  tijorat  banklari  resurslari  faol  jalb 

etilmoqda. 

Buni 2005-yilda nomarkaz investitsiya manbalari ulushi 76,6 foizni tashkil etgani, 

to„g„ridan-to„g„ri  xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlar  hajmi  esa  qariyb  1,5  barobar 

ko„paygani ham ko„rsatib turibdi. 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish