Mavzuga doir material
Makroiqtisodiy vaziyatdagi o„zgarishlar
* Islohotlarning jo„shqin rivojlanishi tufayli muayyan ijobiy makroiqtisodiy va
ijtimoiy o„zgarishlar ro„y berdi.
* Yalpi ichki mahsulot hajmlarining pasayishi sur‟atlari kamaydi. Chakana tovar
aylanishi hajmi 8 foiz kamayganiga qaramay, 1995-yilda sanoat mahsulotlari va
iste‟mol mollari ishlab chiqarish nisbatan barqaror bo„ldi. Iqtisodiyotning eng yirik
sektori bo„lgan qishloq xo„jalik mahsulotlari ishlab chiqarish 2,3 foiz oshdi. Eksport
ancha, deyarli 16 foiz ko„paydi va birinchi marta savdo balansida ijobiy saldoni
ta‟minladi.
* 1996-yilda 1994-yilga nisbatan pulning qadrsizlanish jarayonlari keskin
ravishda, 3,7 baravar kamayib, asta-sekin moliyaviy barqarorlikka va aholi real
daromadlarining oshishini ta‟minladi. Agar 1995-yilning birinchi choragidagi pul
qadrsizlanishining o„rtacha oylik darajasi 11 foizni tashkil etgan bo„lsa, uchinchi
chorakda u faqat 6 foiz bo„ldi. Yil oxiriga borib u yana birmuncha oshgan bo„lishiga
qaramay, 1994-yil darajasidan ancha past bo„ldi.
* Pul qadrsizlanishining kamayishi natijasida aholining real ish haqi va real
daromadlari oshdi.
* Investitsiya faoliyati faollashib, aholi bandligining qo„shimcha oshishini
ta‟minladi. 1995-yilda islohotlar boshlangandan keyin birinchi marta investitsiyalar
hajmi oshdi.
* To„lov balansining sezilarli yaxshilanishiga erishildi, u milliy valyuta kursining
mustahkamlanishiga va uning qisman ichki konvertatsiyalanishini joriy etishga ta‟sir
ko„rsatdi.
* Iqtisodiyot tarmoqlari strukturasida qayta qurish jarayonlari sezilarli bo„lib qoldi:
ustun tarmoqlarga investitsiyalar hajmi ko„paydi, baza tarmoqlari va yuqori
texnologiyali tarmoqlar tezroq rivojlana boshladi.
* Ichki ishlab chiqarishning oshishi asosida aholining go„sht, mevalar, sabzavotlar
kabi qimmatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste‟mol qilinishi oshdi.
* Noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida ish haqining ildamroq indeksatsiyalanishi
hisobiga iqtisodiyot tarmoqlari bo„yicha o„rtacha ish haqining ish tabaqalanishi
birmuncha qisqardi.
301
* Aholining 1992-yil 1-yanvargacha jamg„arma banklar depozitlariga qo„ygan pul
omonatlarini 40 baravar indeksatsiyalash va 1996-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-
bosqich to„lash haqida qaror qabul qilindi.
* 16 yoshgacha bo„lgan bolalarga pul nafaqalarini ko„paytirish haqida qaror qabul
qilindi, bu oilalar, ayniqsa, ko„p bolali oilalar daromadlarining oshishiga
ko„maklashadi.
* Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni ko„paydi, ular aholining,
ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining mehnatini sarflash sohalarini ancha
kengaytirish imkonini beradi, shuningdek, aholining daromadlarini ko„paytiradi.
Makroiqtisodiyot va statistika
vazirligining 1996-yilgi ma‟lumotlaridan.
Do'stlaringiz bilan baham: |